Metodologik funksiyasi
u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek, borliqni
nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi
(bu
tushuncha yunoncha «methodos» – «yo‘l»,«tadqiqot», «tekshirish» so‘zidan kelib chiqqan).
Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir.
Falsafaning integrativ funksiyasi
real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy
tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek, ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va
hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyoj.
Falsafaning madaniy funksiyasi
odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish
uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi. U
dunyoni o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini
o‘zidamujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va
xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning o‘tmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq
tushunish imkonini beradi, g‘oyalar almashinuvi va madaniy an’analarning o‘zaro ta’siriga
ko‘maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarni echishda
muhim ahamiyat kasb etadi
.
Falsafaning aksiologik funksiyasi
(yunon. «axia» – «qadriyat»)
hayotning ma’nosi, o‘lim va
umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga «yaxshi»,
«yomon», «muhim», «foydali», «foydasiz» kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon
bo‘ladi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi
odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar
ta’sirida shakllanuvchi xulq-atvori. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari
va jamiyatdagi amaliy rolifalsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga
keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o‘rnatiladigan me’yorlar va qoidalarga
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday me’yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari, ularning munosabatlari, o‘zaro til
topish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda,
jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya
– axloqiy funksiyani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |