Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
86
6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
 
REJA: 
 
1.
Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati.
3.
Bilishning asosiy turlari va shakllari.
4.
Ong-tafakkur va borliqning birligi.
5.
Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi. Falsafada metod va metodologiya, metodika 
tushunchalari.
Tayanch tushunchalar:
Sezgi, idrok, xotira, xayol, tasavvur, empirik bilim, kuzatish, 
eksperiment,ilmiy dalil, nazariy bilim, muammo, ilmiy muammo, muammoli vaziyat, gipoteza, 
nazariya, kategoriya, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha,mulohaza, xulosa, intuitsiya, induktiv 
tafakkur. Metod, metodologiya, metodika, metafizika, yangi metafizika, sofistika,eklektika, 
sinergetika, bifurkatsiya, umumilmiy yondashuvlar, tadqiqot metodlari, xususiy ilmiy metodlar, 
fan metodlari, fanlararo tadqiqot metodlari, xususiy fanlar metodlari, empirik tadqiqot 
metodlari,kuzatish, eksperiment, sotsiometriya metodi, o‘yin metodlari, kumatoid.
«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim»,
«ilm» va «logos» – «ta’limot», «fan» so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi – «bilish 
haqi dagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan, 
falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. 
SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda
«epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish 
nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan,
«episteme» so‘zi «pistis» – «e’tiqod» so‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, «biz biladigan» (gnosio) va 
«biz ishonadigan» (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy 
bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. SHu bois G‘arbiy Evropa 
falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. Umuman 
olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda, 
falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning 
muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini 
o‘rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. 
Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek, 
diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunda esa bilish 
(ong)ning mohiyati to‘g‘risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» 
atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga 
harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda: 
1)
 
insonning dunyoni bilish imkoniyati; 
2)
 
insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 
3)
 
bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi; 
4)
 
bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati 
o‘rganiladi. 
Shunday qilib, umuman olganda, 
gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz,ongning o‘z-o‘ziga, boshqa 
odamlarga va umuman, jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish