Kuchaytirishni loyihalashning asosiy tamoyillari.
1. Qurilish konstruktsiyalarini kuchaytirish uchun u yoki bu usulni tanlash, bino
rekonstruktsiyasining texnikaviy vazifasiga bog‘liq, unga hajmiy-rejaviy
yechimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari, yuklar va ekspluatatsiya sharoiti kiradi.
2. Qurilish konstruktsiyalarini kuchaytirishning oqilona variantini tanlashda
ularni haqiqiy ish tavsifini, tushadigan yukni aniqlash muhimdir. Mavjud ustunning
deformatsiyalangan sxemada hisoblash uning hisobiy yuk ko‘taruvchanligini
oshirish imkonini beradi. Shu maqsadga yig‘ma rigellarni, orayopmalarni
tomyopmalarni va umuman qurilish konstruktsiyalarni birga ishlashini hisobga olish
orqali erishish mumkin.
3. Mavjud konstruktsiyalarga tushadigan yukni aniqlashda texnologik
qurilmaning va qurilish materiallarining xususiy og‘irligi haqidagi ma’lumotlardan
foydalanish lozim, chunki bu kattaliklarning yangi qurilayotgan inshootlarni
loyihalash uchun mehyorlashtirilgan qiymatini qabul qilish, haqiqiy tahsir etuvchi
yukni anchagina oshirishga va buning orqasida konstruktsiyani asossiz, qimmatbaho
kuchaytirishga olib keladi.
4. Tekshiruv hisoblarini bajarishda po‘lat va betonning mustahkamlik
tavsiflarini hisobga olish rekonstruktsiyalashda materialsarflilik va mehnatsarflilikni
pasaytirishning mahlum rezervi hisoblanadi. Ammo materiallarning haqiqiy
mustahkamlik tavsiflaridan foydalanish ayrim konstruktsiyalarning va umuman
inshootning ekspluatatsiyaviy inshonchliligiga putur yetkazmasdan amalga
oshirilishi lozim.
5. Kuchaytirishda industrial konstruktsiyani yuksizlantirishni talab
qilmaydigan usullarga ko‘proq afzallik berish lozim.
6. Qurilish konstruktsiyalarini, xususan temirbeton konstruktsiyalarni
kuchaytirish, qoida sifatida ko‘p mehnatsarfli va qimmatbaho jarayon, shu sababdan
kuchaytirish bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin yangi ekspluatatsiya sharoitlarida
mavjud konstruktsiyalardan foydalanish imkoniyatini chuqur taxlil qilish lozim.
7.
Kuchaytirish
variantlarini
tanlashda,
kuchaytiriladigan
konstruktsiyalarning
kuchaytirish
elementlari
bilan
birgalikda
ishlashini
tahminlovchi va qo‘shimcha tushuvchi yukning katta aniqlik bilan to‘ishga imkon
beruvchi yechimga afzallik berish lozim. Bunda kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar
nafaqat yukning istiqbolda oshishini hisobga olish, shu bilan birga tekshirish vaqtida
aniqlangan nuqsonlarni: himoya qatlami kattaligi bo‘yicha loyihadan chekinish;
armaturaning diametri, sinfi va miqdori bo‘yicha xatolar; betonning loyihaviy
sinfining pasayishi, ustundagi vertikal bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydigan og‘ish, darz,
siniq, o‘yiq va boshqalarni yo‘qotishni nazarga olish lozim.
8. Kuchaytirish loyihasi ko‘pgina dastlabki ma’lumotlarni hisobga olish orqali
ishlab chiqiladi: qurilish konstruktsiyasi va ijro sxemalarining ishchi chizmalari,
kesim va uzellarning haqiqiy o‘lchamlarini loyihaviy yechimdan chekinishi,
maydonning injenerlik va gidrogeologik sharoiti, cho‘kish, egilish, kreplar, siljish
va boshqalarni aniqlash uchun binoning geodezik shemkasi: texnologik yukning
kattaligi va tavsifiga ko‘ra ekspluatatsiya muddati, beton va armaturaning fizik-
mexanik tavsiflari.
9. Konstruktsiyani mustahkamlash ikki sxema bo‘yicha amalga oshirilishi
mumkin:
- qo‘shimcha yukni to‘la yoki qisman o‘ziga qabul qiluvchi yangi yuksizlantiruvchi
yoki almashtiruvchi konstruktsiya barpo qilish;
- mavjud konstruktsiyaning yuk ko‘taruvchanligini oshirish (uni hisobiy sxema va
zo‘riqish holatini o‘zgartirmasdan yoki o‘zgartirib, kuchaytirishning maxsus
usullarini qo‘llab amalga oshirish mumkin).
10. Kuchaytirish elementlari uchun:
1) Oldindan zo‘riqtirilmagan konstruktsiyalar uchun A-I, A-II, A-III sinfli ishchi
armaturalarni qo‘llash tavsiya qilinadi;
2) Oldindan zo‘riqtirilgan konstruktsiyalarni kuchaytirish uchun (shprengellar,
tortqichlar) – A-IIIv, A-IV, A-V, A-VI.
3) Tajovvuzkor sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadigan konstruktsiya uchun – A
t
-
IVK, A
t
-VCK.
Po‘lat arqonlar va yuqori mustahkamsimli bog‘lamlar ochiq yoki pazlarda
joylashgan kuchaytiruv konstruktsiyalarini faqat notajavvuzkor va zaiftajavvuzkor
muhitlarda qo‘llash lozim.
11. Kuchaytiriluvchi temirbeton konstruktsiyasini hisoblash materiallarning
haqiqiy mustahkamlik tavsifi va armaturalash orqali amalga oshiriladi.
Kuchaytirish elementining betoni kuchaytiriluvchi element betonidan bir sinf
yuqori bo‘lishi lozim, ammo, V15 dan (er osti konstruktsiyalari uchun) va
poydevorlar uchun V 12,5 dan (150, 200) kam bo‘lmasligi kerak.
Teshiklarni berkitish, himoya suvog‘i va boshqalar uchun ishlatiladigan
qorishmaning mustahkamlik sinfi V 12,5 dan oshiqroq qabul qilinadi.
Portlandtsement markasi 400 dan yuqori bo‘lishi lozim.
12. Temirbeton konstruktsiyalarni kuchaytirishning samaradorligi beton
qorishmasining sifati, to‘ldiruvchining turi va yirikligi orqali aniqlanadi. Quyuq
armaturalangan kuchaytirish elementlarida to‘ldiruvchining yirikligi armatura
sterjenlari orasidagi toza masofaning 0,75 qismidan oshishi kerak emas. Qumning
yiriklik moduli 2,2-2,5 dan kam bo‘lmasligi va g‘ovaklik miqdori 40% dan
oshmasligi kerak.
13. Kuchaytirish elementidagi oldindan zo‘riqtirilgan armaturaning beton
himoya qatlami 20 mm qabul qilinadi. Ko‘proq mahsuliyatli kuchaytirish uzellarini
doimiy namlanish mintaqasidan tashqarida joylanishi tavsiya etiladi.
14. Kuchaytirish konstruktsiyasini hisoblash chegaraviy holatlarning I va II
guruhlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatdagi ekspluatatsiya sharoitlarida
joylashgan konstruktsiyalar uchun kuchaytirish nuqsonlar va yuk ko‘taruvchanlikni
pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, hisoblash faqat chegaraviy holatlarning I
guruhi bo‘yicha amalga oshiriladi.
15. Kuchaytirilgan elementlarni mustahkamlikka hisoblash xuddi odatdagi
konstruktsiyalardagidek, bo‘ylama o‘qqa nisbatan me’yoriy va qiya kesimlar
bo‘yicha amalga oshiriladi, hamda yukning mahalliy tahsiriga, egilish, bosilish, uzib
olishni keltirib chiqaradi.
16. Kuchaytiruvchi elmentlar uchun beton va armaturaning mustahkamlik
tavsiflarini mehyoriy va hisobiy qiymatlari QMQ 2.03.01-98 ga ko‘ra qabul qilinadi,
kuchaytiriladigan element uchun shunday tavsiflar yuqorida berilgan tavsiyalarga
ko‘ra qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |