A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


 Tijorat banklari faoliyatini korporativ boshqarishning mazmuni



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

5.1. Tijorat banklari faoliyatini korporativ boshqarishning mazmuni 
 
O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tijorat 
banklarining halqaro moliya bozorlarida mavqei mutahkamlanib ularning 
raqoatbardoshligi oshirilmoqda. Tijorat banklarining faoliyatida risklarni 
boshqarish tizimi va strategiyasini ishlab chiqishi hamda uni amalga oshirishni 
nazorat qilish, bank kengashining rolini oshirish va qarorlar qabul qilish 
protsedurasini takomillashtirish talab etiladi. Bunga esa bevosita tijorat banklarida 
korporativ boshqaruv shaklini keng joriy qilish orqali erishish mumkin. 
Shuningdek, banklarning mustaqil rivojlanishi va resurslarni samarali boshqarishi 
ularda bank menejmenti sifatini oshirishni talab etadi va bu ham korporativ 
boshqaruv bilan bog‘liq.
Korporativ boshqaruv tushunchasi 1970 yillarning oxirida AQShda 
qo‘llanilgan. Buning sababi o‘sha paytlarda AQShdagi yirik kompaniyalar va 
firmalar siyosiy partiyalarni moliyalashtirish va korrupsiyaning rivojlanishi 
natijasida mulkni boqsharishning jamoaviy shakliga o‘tishga majbur bo‘lgan.
Nazariy jihatdan korporativ boshqarish banklarni aksionerlik jamoaviy 
shaklida boshqarilishini tushunamiz. Lekin, ba’zi hollarda uning mohiyati turlicha 
talqin qilinish hollariga duch kelamiz. Masalan ba’zi olimlar bankning jaradigan 
operatsiyalarini boqsharish tizimi deb tushuntirsa, boshqalari esa bank resurslarni 
boshqarish deb o‘rganishadi. Korporativ boshqarishda bankning ichki va tashqi 
omillari hisobga olingan holda boshqarish tizimiga aytiladi.
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv – aksionerlik mulkchilik shakli 
asosida banklar faoliyatini taktik va strategik boshqarish tizimidir.
 
20-rasm. Korporativ boshqaruvning ma’lum bo‘lgan 3 ta ta’limoti 
tijorat 
banklarida 
korporativ 
boshqaruv 
"agentlik" ta’limoti; 
boshqaruv" 
ta’limoti 
"ижтимоий 
жавобгарлик" 
назарияси 
таълимоти 


66 
Korporativ boshqaruvning ma’lum bo‘lgan 3 ta ta’limoti mavjud:
· "agentlik" ta’limoti;
· "boshqaruv" ta’limoti;
· "ijtimoiy javobgarlik" nazariyasi ta’limoti.
“Agentlik” ta’limotiga asosan boshqaruv direktori aksionerlar yollagan xodim 
bo‘lib, u aksionerlarga hisobot beradi va ularning manfaatlarini yuqori qo‘yadi.
"Boshqaruv" ta’limotiga muvofiq direktor sifatida maxsus vakolatlar, 
xuquqlar va majburiyatlar berilgan shaxs hisoblanadi (ya’ni ularning maqomi 
yuqori bo‘ladi); bunga ixtiyoriy tartibli shaxs bo‘lishi va qonunlar asosida ishlashi 
lozim.
"Ijtimoiy javobgarlik" nazariyasi "aksionernaya kompaniya" chegaralarini 
kengaytiradi, va u "boshqa manfaatdor shaxslarni" o‘z ichiga oladi. Oxirgi ta’limot 
bo‘yicha barcha shaxslar jamiyat, kreditorlar, aksionerlar, omonatchilarni ham o‘z 
ichiga oladi. 
Bank boshqaruvi korporativ boshqarishni o‘zida bank faoliyatini boshqarish
tizimi va faoliyat yo‘nalishlarini mujassamlashtiruvchi tartiblar va asosiy 
ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solinishini nazarda tutadi.
Korporativ boshqaruvni ikki xil yondashuv asosida - aksionerlar konsepsiyasi 
va ishtirokchilar konsepsiyasi asosida tahlil qilish mumkin.. Korporativ 
boshqaruvni birinchi aksionerlar konsepsiyasiga muvofiq yondashish tor ma’noda 
bo‘lib – aksionerlik jamiyatining hisobdor shaxslari bo‘lib boshqaruvchilar 
hisoblanadi va bu yuqoridagi 2 ta’limotga asoslanadi. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish