A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

 
8-rasm.
 Bank menejmentining huquqiy asoslari
Boshqaruv (Direktorlar kengashi)ga odatda, bankning umumiy boshqaruviga, 
uning strategik maqsadlarining bajarilishiga javobgar hisoblanadi. Boshqaruv 
kengashiga bankning raisi (prezidenti, boshqaruvchisi), uning o‘rinbosarlari, 
bankning muhim boshqarma boshliqlari kiradi. 
Umumiy masalalar boshqarmalarining oldida bank faoliyatining istiqbollarini 
belgilash, metodologiyani tayyorlash va ishlab chiqish, yuridik xizmat va 
xavfsizlik xizmati kabi masalalarni hal qilish turadi. Shuningdek, ushbu bo‘lim 
oldida Markaziy bank tomonidan belgilangan me’yorlarga (aktivlarning sifati, 
kapitalni yetarliligi, likvidlilik va h.k.) amal qilish vazifalari yuklatilgan bo‘ladi. 
Moliya boshqarmasi ham odatda shular jumlasidandir. 
Tijorat faoliyatiga bankning turli xizmatlari – kreditlash, investisiyalash, 
valyuta, trast va boshqa aktiv operatsiyalar, shuningdek, turli pullik to‘lovlar 
kiradi. Ya’ni, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi blok asosiy bankning 
daromadini keltiradigan boshqarmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Xususan, kredit 
boshqarmasi, operasion boshqarma, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlash boshqarmasi, 
valyuta operatsiyalari boshqarmasi. Ushbu funksional blok bank daromadalari 
shakllanadigan asosiy bo‘linmalar hisoblanadi. 
Kreditlash banklarning asosiy operatsiyalaridan biri bo‘lib, tijorat 
banklarining asosiy daromadalari shakllanuvchi manba hisoblanadi. Kreditlash har 
bir tijorat bankida mustaqil amalaga oshirilib, bankning kredit siyosatiga 
asoslanadi.
Bank menejmentining 
xuquqiy asoslari 
“O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy 
banki to’g’risida”gi 
qonun. 
Bank aksionerlik 
yig‘ilishi 
“Banklar va bank 
faoliyati to’g’risida”gi 
qonun 
Bank kengashi; 
Markaziy Banki 
Yo‘riqnomalari 
Bank boshqaruvi 
xujjatlari; 


31 
Hisob-kitob operasion bo‘lim mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro 
hisob-kitoblarni amalga oshirib, naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi.
Tijorat banklari boshqa sub’ektlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli 
qog‘ozlarga investisiya kiritishi va ular o‘rtasida vositachilik xizmatlarini ko‘rsatib 
borishi mumkin. Bundan tashqari tijorat boshqa turli bo‘limlarni tashkli etish va
undan foydalanib bank xizmatlarini ko‘rsatish mumkin. 
Moliya bloki bankning daromad va xarajatlarining hisobini yuritadi. 
Buxgalteriya, hisob-kitob markazi, kassa, banklararo vakillik munosabatlari bilan 
shug‘ullanuvchi bo‘linmalar kiradi.
Avtomatlashtirish bloki banklar faoliyatining muhim bo‘g‘ini bo‘lib 
ma’lumotlani elektron ko‘rinishga keltirish, ularni qayta ishlash, uzatish va qabul 
qilish kabi vazifalarni bajaradi. 
Ma’muriy blokka kadr, kanselyariya, xo‘jalik bo‘limi, binoga xizmat 
ko‘rsatadigan barcha xodimlar va boshqalar kiradi. 
Amaliyot ko‘rsatishicha, yuqoridagi bo‘limlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, 
faoliyatni amalga oshirishda zaruriy ma’lumotlar almashadi. Bank faoliyatini 
tashkil etishda yuqoridagi kabi bo‘limlarning tashkil etilishi bank faoliyati 
yo‘nalishi, hajmi ko‘lamiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatini barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan 
ushbu 
sohadagi 
faoliyat 
xalqaro 
moliyaviy 
tashkilotlar 
tomonidan 
ma’qullanmoqda. Ma’lumki xalqaro amaliyotda banklarni boshqarishga oid bir 
necha yondashuv va talablar qabul qilingan bo‘lib, ular respublika tijorat banklari 
tomonidan keng qo‘llanilmoqda. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi 
faoliyatini alohida ta’kidlash zarur. U jaxonda banklar faoliyatini muvofiqlashtirish 
imkonini beruvchi yagona standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
Jumladan, Bazel qo‘mitasining asosiy me’yoriy xujjatalari quyidagilar: 
1.Bank nazoratining asosiy qoidalari (1997 yilda ishlab chiqilgan va 2006 
yilda takomillashtirilgan) 
Bazel qo‘mitasining 1997 yilda kabul kilingan nazoratning asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat: 

samarali bank nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar;

lisenziyalash va mulk tarkibi;

yurisprudensial talablar va tartibga solish;

banklarni joriy tartibga solish uslubi;

ma’lumotlarni takdim etish bo‘yicha talablar;

nazorat kiluvchi bo‘linma vakolatlari;

xalkaro bank amaliyotlari.
2. Bazel 1 “kapitalni baholashning xalqaro konvergensiyasi”(1988) 
3. Bazel 2 “kapitalni o‘lchash va kapital standartlarining xalqaro 
konvergensiyasi”(2004) 
4. Bazel 3 banklarning kapitallashuv darajasiga qo‘yilgan yangi 
talablar(2010) 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan 2010 yil 26 


32 
noyabrda qabul qilingan “2011
yillarda Respublika moliya bank tizimini 
yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting 
ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, 
respublikamiz bank tizimiga Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini joriy etish, 
tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash tizimini yanada takomillashtirish 
talab etildi. 
Bazel 3 tavsiyalariga binoan banklar likvidligini baxolash tizimiga quyidagi 
ikkita talab kiritildi. 
1.Banklarning 30 kunga bo‘lgan joriy majburiyatlarining likvid aktivlar 
bilan 100 foiz qoplanishi zarurligi; 
2.Uzoq muddatli likvidlik me’yoriga qo‘shimcha sifatida banklarning bir 
yilgacha bo‘lgan aktivlari barqaror passivlari bilan 100 foizgacha ta’miinlangan 
bo‘lishi shart qilib qo‘yildi. Natijada iqtisodiyotni innovasion taraqqiy ettirish, 
islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bank menejmentida risklarni samarali 
boshqarish va baxolash bank boshqaruvidagi muhim omillardan biri bo‘ldi. Jahon 
moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotgan, moliya bozorlarida keskin raqobat 
kuchayoyatgan bir paytda risk menejmentini, bank aktivlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
risk darajasini aniq o‘lchash, zamoanaviy boshqarish usullarini qo‘llash katta 
ahamiyatga ega.
Bank riski deganda uning faoliyatiga ta’sir etuvchi turli omillar (iqtisodiy, 
moliyaviy, texnikaviy, ijtimoiy, siyosiy) ta’siri natijasida bank faoliyatiga 
moliyaviy zararlar ko‘rish xavfi va bank likvidligini to‘la yoki qisman yo‘qotish 
xavfiga aytiladi. Tijorat banklarining bosh maqsadi mijozlarga sifatli xizmat 
ko‘rsatish orqali yuqori foyda olishdir. Tadbirkorlikda foyda olish doimo risk 
darajasi bilan bog‘liq. Bank faoliyatini boshqarishda bir tomondan tavakkalchilik 
darajasi bilan foyda olish o‘rtasidagi optimal nisbatni topishdir. 
Tijorat banklari motivlarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish 
bosqichlari quyidagilardan iborat: 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish