48
-
birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov
topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik
bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan
kassa
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul
shaxsi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va
bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos
bo’ladi;
-
uchinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan
mahsulot etkazib beruvchiga beriladi;
-
to’rtinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan
g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga
budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks
ettirish uchun asos bo’ladi;
-
beshinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi
bilan va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’
oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’
oluvchining
vakolatli xodimiga beriladi.
b) to’rt nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib
beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa:
-
birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov
topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik
bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va
bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos
bo’ladi;
49
-
uchinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan
g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga
budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks
ettirish uchun asos bo’ladi;
-
to’rtinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi
bilan va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining
vakolatli xodimiga beriladi.
v)
uch nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat
ko’rsatuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa:
-
birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov
topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik
bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi
tomonidan imzolanadi, G’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va
g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi.
-
uchinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “To’langan” belgisi bilan
va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining
vakolatli xodimiga beriladi.
Budjet tashkilotlari o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga
mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari,
hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va budjet
tashkilotining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa
hujjatlar, shuningdek budjet tashkiloti zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak
to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak
to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun budjet tashkiloti uning zimmasiga
50
etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan
hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
Budjet tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan to’lov
hujjatlari va ularga
ilova qilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro
uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra
ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
Moliya organlari budjet tashkilotlari taqdim etgan hujjatlarni ularning
talablarga muvofiqligi masalasida tekshiradilar. Budjet
tashkilotlari taqdim etgan
to’lov va boshqa hujjatlar talablarga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni
budjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga
ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22
dekabrdagi PQ-1275-sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010 yildan boshlab
vazirlik va idoralarning, budjet tashkilotlarining
barcha budjetdan tashqari
jamg’armalari mablag’larini davlat budjetining g’azna ijrosi mexanizmi bilan
qamrab olish amalga oshirilmoqda. Bunda, budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag’lari bo’yicha bank hisobvaraqlari yopilib, G’aznachilikda tegishli
shaxsiy hisobvaraqlar ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: