1
SOBIR MATKARIMOV VA ISOQOV DONIYORBEK
7-SINF
O’ZBEKISTON TARIXI
SAVOL-JAVOBLAR TO’PLAMI
2
Kirish
1. 7-sinf O’zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o’z ichiga oladi?
J: IV-XV asrlarni o’z ichiga oladi
2. Qabila begi, hukmdor ma’nosini
beruvchi so’zni toping.
J: O’zbek
3. Mamlakatimizda Arab xalifaligi hukumronligi qachon o’rnatilgan?
J: VIII asrning boshlariga kelib
4. 2014-yilning 15-16-may kunlari Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy
merosiga bag’ishlangan konfrensiya qaysi shaharda bo’lib o’tgan?
J: Samarqandda
5. Markaziy Osiyo mintaqasi ilmiy-madaniy yuksalish Sharq Renessansi qaysi
davrda ro’y bergan?
J: IX-XII va XIV-XV asrlarda
1-§. IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR
1. Ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa vakillari qanday nomada atalgan.
J: dehqon
2. Ilk o’rta asrlarda ziroatchi oddiy qo’shchilar qanday nom bilan atalgan?
J: kashovarz
3. Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi nima deb atalgan?
J: kadivar
4. Ilk o’rta asrlarda dehqon mulkini qo’riqlovchi , harbiy posbonlar nima deb
atalgan?
J: chokar
5. V asr o’rtalariga kelib sug’oriladigan yerlarning asosiy qismi qaysi tabaqa
vakillari qaramog’ida edi?
J: qishloq jamoalariga qaramog’ida edi
2-§. ILK O‘RTA ASRLARDA XORAZM, XIONIYLAR, KIDARIYLAR
3
DAVLATLARI
1. III asrda Xorazm davlatining poytaxti qaysi shahar xarobasi o’rnida bo’lgan?
J: Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan
2. Xorazmda IV-X asrlarda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
J: Afrig’iylar
3. Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini qaysi shaharga
ko’chirgan?
J: Kat shahriga ko‘chiradi.
4. Xorazmda afrig’iy hukumdorlar qachon kumush tanga zarb ettirgan?
J: 305-yida
5. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilgan?
J: Siyovushlar
6. Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan davrni
aniqlang.
J: III asrda
7. Qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor tasviri tushirilgan tanga qaysi
shahardan topilgan?
J: Tuproqqal’adan
8. Qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanga qaysi shahardan
topilgan?
J: Anqaqal’a yaqinidan
9. O’rta Osiyoda IV asrning 70-yillardan V asrning ikkinchi yarmigacha
hukumronlik qilgan davlatni toping.
J: Xioniylar davlati
10. Xioniylar davlati markazi qaysi hududda joylashgan
J: Zarafshon vohasida bo‘lgan
11. Ilk O’rta asrlarda O’rta Osiyoda 120 yil hukmronlik qilgan davlat nomini
aniqlang.
J: Xioniylar davlati
12. O’rta Osiyo hududiga V asrning 20-yillarida kirib kelgan xalqni anilang
J: Kidariylar(toxarlar)
13. Ilk o’rta asrlarda faoliyat ko’rsatgan Kidariylar davlatining poytaxti qaysi
4
shahar bo’lgan?
J: Balx
14. Kidariylar va sosoniylar o’rtasida jang qaysi yilda sodir bo’lgan?
J: 456-yil
15. Kidariylar shimoliy Hindistonda necha yil hokum surgan?
J: 75 yil
3-§. EFTALLAR DAVLATI. EFTALLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA
MADANIY HAYOT
1. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha O’rta Osiyoda qaysi davlat
faoliyat ko’rsatgan?
J: Eftallar davlati
2. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi qaysi shaharlar
bo’lgan?
J: Poykant va Varaxsha
3. Eftallar nomi qaysi hukumdor nomidan olingan?
J: “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vaxshunvar”
4. Eftallar qaysi yilda Xitoyga elchi yuborgan?
J: 456-yilda
5. Eftallar bilan bo’lgan 484-yildagi jangda vafot etgan sosoniy hukumdorni
aniqlang.
J: Pero’z
6. Eftallarda hukumdor qaysi nomda atalgan?
J: Sho (shoh)
7. Samarqand viloyatining janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg’om
kanali qachon barpo etilgan?
J: V asr
8. Baqtriya yozuvi asosida shakllangan Eftallar alifbosi nechta harfdan iborat?
J: 25 ta
9. Ilk o’rta asrlarda qaysi xalq o’t (olov) va quyoshga sig’inuvchi otashparast
bo’lishgan?
J: eftallar
10. O’rta Osiyoda shishasozlik qachon rivojlangan?
5
J: V asr
4-§. O‘RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI DAVRIDA
1. Turk xoqonligi davlati qachon vujudga keldigan.
J: VI asr o‘rtalarida
2. Turk xoqonligi asoschisini aniqlang
J: Bumin
3. Bumin qachon “xoqon" deb e’lon qilingan?
J: 552-yilda
4. Turklarni g’arbga tomon yurishlariga boshchilik qilgan Istamiga qanday
unvon berilgan?
J: “Yabg‘u xoqon”
5. Turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni
qachon egallagan?
J: 555-yil
6. Eron shohi Xusrav I Anushervon yillarini aniqlang.
J: 531-579
7. Eron va Turk xoqonligining 563-yilda Eftallarga qarshi boshlangan yurishi
necha kunlik shiddatli jangdan so’ng Eftallar mag’lubiyati bilan tugaydi?
J: 8 kunlik
8. Turk xoqonligida ko’chmanchi chorvador axoli qanday nom bilan atalgan?
J: Budun yoki qora budun
9. O’n o’q budun yoki elning hokimi nima deb atalgan?
J: “yabg‘u” yoki “jabg‘u”
10. Turk xoqonligida o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni qanday nomada yuritilgan?
J: shod
11. Tuk xoqonligi davrida dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq
qanday atalgan?
J: Yasoq
12. Turk xoqonligi qachon ikkiga bo’linib ketgan?
J: VI asrning 80-yillari oxirlarida
13. Sharqiy xoqonlikning poytaxti qaysi hududda joylashgan?
6
J: O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston)da
14. G’arbiy turk xoqonligi markazini aniqlang.
J: Yettisuv
5-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
1. G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan davrni aniqlang.
J: VII asrning birinchi choragida
2. G‘arbiy turk xoqoni To’ng yabg’u hukumdorlik qilgan yilni aniqlang.
J: 618-630-yillarda
3. To’ng yabg’u islohotiga ko’ra mahalliy hukumdorlarga berilgan unvonni
aniqlang.
J: Yabg’u
4. G‘arbiy turk xoqonligida qaysi hudud savdogarlarining mavqei baland
bo’lgan?
J: So’g’d savdogarlarini
5. Turklar zulmiga qarshi 585-586-yillarda Buxoroda kimning boshchiligida
qo’zg’olon yuz bergan?
J: Abruy
5-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
1. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi nima bilan mashg‘ul edi?
J: o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan
2. VII asrning birinchi choragida qaysi davlat nihoyatda kuchaygan?
J: G‘arbiy Turk xoqonligi
3. VII asrning birinchi choragida qaysi davlatning sharqiy chegarasi Oltoyga,
janubda esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan?
J: G‘arbiy xoqonlik
4. 618-630-yillarda hukmdorlik qilgan G’arbiy Turk xoqonligi hukmdorini
aniqlang.
7
J: To‘ng yabg‘u
5. Xoqon To‘ng yabg‘u hukmronlik qilgan davrda mahalliy hukmdorlarga
xoqonlikning qaysi unvoni berilgan?
J: “yabg‘u”
6. Savdo sohasida ayniqsa qaysi hudud savdogarlarining mavqeyi baland edi?
J: Sug‘d
7. G‘arbiy turk xoqonligi bilan qaysi davlat o‘rtasida VII asrning birinchi yarmida
iqtisodiy aloqalar faollashdi?
J: Xitoy
8. VII asrda qaysi davlatdan Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari
yuboriladi?
J: G’arbiy Turk xoqonligi
9. 585-586-yillarda Buxoroda kim boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tgan edi?
J: Abro’y
10. Turk xoqoni Qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin
qaysi qo’zg’olonni bostirish uchun yuboriladi?
J: Abro’y
6-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI
1. V-VII asrlarda O’rta Osiyo 15 dan ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi.
Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi qaysi?
J: Sug‘d ixshidlari
2. Qaysi ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan
Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining o‘n bitta yirik mulklari birlashgan edi?
J: Sug‘d ixshidlari
3. 718-yilda hadya tariqasida qaysi shahardan yuborilgan dubulg‘adan nusxa
olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temir qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min
etganlar?
J: Samarqand
4. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni
o‘z ichiga olgan bu tarixiy viloyat qaysi?
J: Toxariston
8
5. Toxariston poytaxti?
J: Balx
6. Qaysi davlat Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon, Xutlal va boshqa 27 ta tog‘
va tog‘oldi viloyatlaridan iborat bo‘lgan?
J: Toxariston
7. Qaysi hudud hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” nomi
bilan atalgan?
J: Toxariston
8. Farg‘ona hukmdorlari nima deb atalgan?
J: “ixshid”
9. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) shaharlari qaysi davlatda
joylashgan?
J: Farg‘ona
10. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar
chiqargan davlatni aniqlang.
J: Farg‘ona
11. Chochning markazi qaysi shahar edi?
J: Choch shahri
12. Eloqning markazi?
J: Tunkat
13. Qaysi davlatning hokimlari “dehqon” deb ataladi?
J: Eloq
14. VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik
qarorgohini qaysi viloyatga ko‘chiradi?
J: Choch viloyatiga
15. Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi qaysi hududlarga ichki va tashqi
savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko‘payishiga imkon bergan?
J: Choch va Eloqqa
16. O‘rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo‘lgan?
J: 3
17. O‘rta asrlarda yashagan arab mualliflari (Ibn Xavqal va Ishtaxriy) qayd
etishicha, qaysi shaharning 22 ta darvozasi bo‘lgan?
J: Binkat (Toshkent)
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/6351
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/6351
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/6351
Do'stlaringiz bilan baham: |