2. Arpa donini chiqindilardan tozalash.
Elevatordan arpa doni yorma zavodining donni tozalash bo`limidagi qora
bunkerlarga uzatiladi. Bunkerlardan keyin don avtomatik tarozida o`lchanadi
va ikkita fraktsiyaga ajratish uchun birinchi separatorga (ZSP, A1-BIS) o`zi
oqar trubalar yordamida uzatiladi.
Birinchi separatorda katta va kichik fraktsiyalarga ajratilgan arpa doni
fraktsiyalari alohida separatorlarda yirik, mayda va yengil chiqindilardan
tozalanadi.
Ikkinchi separatorda tozalangan katta fraktsiya doni A9-UTK-6 markali
trierda dondan kalta bo`lgan chiqindilardan tozalanadi.
Uchinchi separatorda tozalangan kichik fraktsiya doni A9-UTO-6 trierida
dondan uzun bo`lgan aralashmalardan tozalanadi.
Tozalangan arpa donlari fraktsiyalari RZ-BKT tosh tozalagich
mashinasida mineral aralashmalardan (tosh, shisha, kesak) tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |