9. Otlarning turlanishi
(Die Deklination der Substantive)
Otlarning kelishiklarda o`zgarishi turlanish deyiladi.
Nemis tilida 4 ta kelishik bor.
Bular:
Der Nominativ ( Bosh kelishik)
Der Genetiv (Qaratqich kelishigi)
Der Dativ (Jo`nalish kelishigi)
Der Akkusativ (Tushum kelishigi)
O`zbek tili kabi bu kelishiklarning o`ziga xos so`roqlari mavjud.
Nominativ ( Bosh kelishik) – Wer? Was? - (Kim? Nima?)
Genetiv (Qaratqich kelishigi) – Wessen? – (Kim?, Nima?)
Dativ (Jo`nalish kelishigi) – Wem? – (Kimga? Nimaga?)
Akkusativ (Tushum kelishigi) – Wen? Was? (Kimni?, Nimani?)
ESLATMA: O`zbek tilidagi o`rin payt va chiqish kelishiklarning
ma`nosini nemis tiliga Dativ kelishigi va predloglar zimmasida
yuklatiladi.
Otlarning turlanishi uch tipga bo`linadi:
1. Kuchli turlanish.
2. Kuchsiz turlanish.
3. Jenskiy turlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |