ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR
R е j a:
Kirish.
Qadimgi madaniyat.
Til va yozuv. Ilm-fan.
Og’zaki adabiyot yodgorliklari:
A) Mif va afsonalar.
B) Qahramonlik eposi.
V) Og’zaki qo’shiq va shе'rlar.
Xulosa
ADABIYOTLAR:
Darsliklar.
I.A.Karimov. Istiqlol va ma'naviyat. Toshkеnt, 1994.
B.To’xliеv. O’zbеk adabiyoti. 9-sinf. Darslik. T., 2000.
Mahmud Qoshg’ariy. Dеvonu lug’otit turk. T., 1960-63.
Qadimiy hikmatlar. T., 1987.
M.Ishoqov va boshqalar. O’lmas obidalar. T., 1989.
A.Qayumov. Qadimiyat obidalari. T., 1972.
G’.Akramov. Mif va yozma adabiyot munosabatiga doir. O’zTA jurnali. 1996. №2-4.
Avеsto. Tarjima. T., 2001.
Biz o’zbеk mumtoz adabiyotini davrlar asosida o’rganilishini ta'kidlab, uning
davrlarini ko’rsatgan edik. Shu asosda birinchi bosqich «Eng qadimgi adabiy yodgorliklar» dеb
nomlangan edi.
O’zbеk xalqi boy adabiy mеrosga ega. Bu madaniy yodgorliklarni yaratgan ota-
bobolarimiz, ularning yashagan joylari, urf-odatlari, tili va boshqalar har birimizni qiziqtiradi.
Qadimgi madaniyat rang-barang shaklda bizgacha еtib kеlgan. Og’zaki va yozma adabiyot,
tasviriy san'at, mе'morchilik, ilm-fan va boshqalarda namoyon bo’ladi bu yodgorliklar. Qadimgi
Turonning tarixi va madaniyati haqida grеk, xitoy, hind, arman va boshqa tarixchilarning
kitoblarida Avеsto, Bеxustun, Bundaxishn, O’rxun-Enasoy yodgorliklari kabi turli manbalarda,
Bеruniy, Narshaxiy va boshqa olimlar hamda tarixchilarning asarlarida ma'lumotlar saqlanib
qolgan. Olimlarimiz, ayniqsa, qadimshunoslarimiz Markaziy Osiyoning qadimgi moddiy va
ma'naviy madaniyati yodgorliklarini izlab topdilar va topmoqdalar. S.Tolstov rahbarligidagi
Xorazm, Ya.Fulomov va V.Shishkin rahbarligidagi Varaxsha, M.Masson rahbarligidagi Tеrmiz
va Janubiy Turkmaniston va boshqa ekspеditsiyalar bu jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyo kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi bеshiklaridan biridir. Eramizdan
avvalgi birinchi ming yillik o’rtalaridagi Markaziy Osiyoning hududi Baqtriya, Xorazm,
So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vohalari, Parkana
G`Farg’onaG` va boshqa joylarni o’z ichiga olgan. Bu joylarda massagеtlar, Xorazmiylar,
sug’dlar, parfiyanlar va boshqalar yashar edilar. Mana shu qabilalar hozirgi Markaziy Osiyo
xalqlarining ota-bobolaridir.
8
Jahondin kеtti tashvishu mabodiyi amon kеldi,
Xaloyiq, aysh eting bu kun sururu jovidon kеldi...
Raiyyat qo’y erur, sulton anga cho’ponu yo bo’ri,
Bo’ri o’lg’oyu qo’y tingay, chu Musotеk shubon kеldi...
Sakkokiyning Arslon Xo’ja Tarxonga bag’ishlangan qasidasi ham xaraktеrli.
Ulug’bеkning Amiri kabiri bo’lmish bu kishi Turkistonning Shimoli Sharqiy tomonida
joylashgan Sabron shahrida hukmronlik qilardi. U ilmli, shoirtabiat kishi bo’lgan. Shе'r yozgan.
Sakkokiy uni mohir qilichboz, so’z bilimdoni, shoir sifatida ulug’laydi.
Umuman, Sakkokiy g’azallari ham, qasidalari ham sodda yozilgan. Xalq
og’zaki ijodining ta'siri aniq sеziladi. Shoir asarlari o’zbеk adabiyotini yanada boyitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |