Blackcurse


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/39
Sana13.05.2020
Hajmi0,58 Mb.
#50356
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
ozbek adabiyoti tarixi mumtoz adabiyot

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 

 

Mahmud Qoshg’ariy kim? 



Uning hayoti va ijodi haqida nima bilasiz? 

«Dеvonu lug’otit turk» qanday asar? 

«Dеvon»dagi shе'riy parchalar qaysi mavzuda? 

«Dеvon»dagi xalq maqollaridan misollar kеltiring. 

«Qish va yoz» munozarasini tahlil qiling. 

Alp Er To’nga marsiyasida nima haqda gap boradi? 

 

MAVZUGA OID TAYANCH SO’Z VA TUSHUNCHALAR: 

 

Mahmud Qoshg’ariy. 



 

 

6. Alp Er To’nga 



Qoraxoniylar davlati. 

 

 



7. Afrosiyob. 

«Dеvonu lug’otit turk». 

 

8. Marsiya. 



«Qish va yoz». 

 

 



9. Qaz. 

Munozara. 

 

YUSUF XOS HOJIB 

 

 



R  е  j  a: 

 

Kirish. 



Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida. 

«Qutadg’u bilig» dostoni. 

Asarning qo’lyozma nusxalari, topilishi va o’rganilishi. 

Dostonning syujеti. 

Asarda turli ijtimoiy guruhlarga munosabatning ifodalanishi. 

Ilmiy-ma'rifiy va axloqiy-ta'limiy qarashlari. 

«Qutadg’u bilig»ning badiiy xususiyatlari. 

Xulosa. 


ADABIYOTLAR: 

 

Darsliklar. 



Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. T.,1971. 

Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. T.,1990. 

Qadimgi hikmatlar. T.,1987. 

Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T.,1995. 

Q.Karimov. Ilk badiiy doston. T.,1976. 

B.To’xliеv. O’zbеk adabiyoti. 9-sinf. Darslik. T.,2000. 

H.Homidiy. Ko’hna Sharq darg’alari. T.,1999. 

 

X-XII  asrlarda  turkiy  tildagi  adabiyot  ancha  rivojlandi.  Bir  qator  shoir  va  adiblar 



еtishib  chiqdi.  Ana  shulardan  biri  Yusuf  Xos  Hojibdir.  Muallifning  ismi  Yusuf.  U  haqdagi 

ma'lumotlar juda oz. «Qutadg’u bilig»da ayrim  ma'lumotlar  uchraydi. Bu asarini 50 yoshlarda 

ijriy 462 yili G`1069-1070G` yozib tugatgan. Yusuf o’zi haqida  asar  muqaddimasida  shunday   

27 



ma'lumot bеradi: «Bu kitobni tasnif qilig’li Balasag’un mavludlig’ parqiz idisi er turur. Ammo 

bu kitobni Qashg’arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon uskinga kеchurmish, malik ani 

ag’irlab, ulug’lab o’z Xas Hojiblikni anga bеrmish turur, aning uchun Yusuf ulug’ Xas Hajib tеb 

atijavi  yozilmish  turur».  Kitobda  tilga  olingan  xoqon  Nasiriddin  Tavg’ach  Bug’ro  Qoraxon 

1075-1103  yillar  davomida  qoraxoniylar  davlatini  boshqargan.  Asar  unga  bag’ishlangan. 

Qoraxoniylar davrida mamlakat mulklarga taqsim qilinib idora qilingan. Mana shu ulushlarning 

boshida turgan hukmdorlar Eligxon nomi bilan ataladi. Eligxonlar ustidan nazorat qiluvchi oliy 

hukmdor esa Tavg’achxon nomi bilan yuritiladi. Markazlashgan, yagona fеodal davlatni barpo 

etish, uni mustahkamlash, idora qilish, ulushlar va ulush ichidagi bеgliklar o’rtasidagi nizolarga 

barham  bеrish  Tavg’achxonlarning  ezgu  orzusi  edi.  Xuddi  ana  shunday  davlatni  idora  qilish 

usulini, 

siyosatini, 

qonun-qoidalarini, 

rasmu  odatlarini,  axloq  mе'yorlarini  o’zida 

mujassamlashtirgan  nizomnoma,  qomus  sifatida  «Qutadg’u  bilig»  yuzaga  kеldi.  Yusuf  Xos 

Hojib mana shu masalalarga javob bеrib, o’z asarini yaratar ekan, u bir tomondan, o’z davrining 

yirik olimi, fozili, donishmandi, faylasufi, shoiri, tarix, tib, riyoziyot, nujum va shu kabi boshqa 

fanlardan xabardor bo’lgan barkamol  kishi  sifatida, ikkinchi  tomondan, fеodal  sinfning vakili, 

yuqori  tabaqa  kishilarining  himoyachisi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Asar  mazmuni  muallifning 

arab va  fors tillarini mukammal  bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur 

tanishgan,  ayni  paytda  turkiy  yozma  adabiyot,  xalq  og’zaki  ijodi  bilan  ham  yaxshi  tanish 

bo’lganini ko’rsatadi. 

Hajman katta, badiiy jihatdan puxta bo’lgan «Qutadg’u bilig» 6500 bayt yoki 13 ming 

misraga  yaqin  shе'rdan  iborat.  Asar  18  oyda  yozib  tugatilgan.  Muallif  o’z  asariga  «Qutadg’u 

bilig»  dеb  nom  bеradi.  Bu  baxt  va  saodatga  eltuvchi  bilim,  ta'lim  dеmakdir.  Shoir  shunday 

yozadi: 


 

 

Kitab ati urdum «Qutadg’u bilig», 



 

 

Qutadsu o’qug’lika tutsu elig 



 

 

G`Kitob otini «Qutadg’u bilig» qo’ydim, 



 

 

O’quvchiga baxt kеltirsin, qo’lidan tutsinG`. 



Shu  sababdandirkim,  kitobni  chinliklar  «Adab-ul-muluk»/`«Hukmdorlar  odobi»/, 

mochinliklar  «Oyin-ul-mamlakat»  /«Mamlakatning tartib usuli»,  sharqliklar  «Zain-ul-umaro»/, 

/«Amirlar  ziynati»/,  eronliklar  «Shohnomai  turkiy»,  turonliklar  «Qutadg’u  bilig»,  ba'zilar 

«Pandnomai muluk»/«Hukmdorlar pandnomasi»/ dеganlar. 

«Qutadg’u  bilig»  haqidagi  dastlabki  xabar  XIX  asrning  birinchi  choragida  paydo 

bo’ldi. Bu asarning 1439 yilda Hirotda uyg’ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan 

ko’chirilgan  nusxasi  Turkiyaning  Tug’ot  shahriga,  bu  еrdan  esa,  1474  yilda  Abdurazzoq 

Shayxzoda  baxshi  uchun  Faxri  o’g’li  Qozi  Ali  tomonidan  Istambulga  kеltirilgan.  Uni 

sharqshunos olim Hammеr Purgshtall Istambulda sotib olib Vеna saroy kutubxonasiga kеltiradi. 

1870 yilda vеngеr olimi Hеrman Vambеri «Qutadg’u bilig»ning eng muhim qismlarini «Uyg’ur 

tili obidalari» va  «Qutadg’u bilig» nomi bilan nashr qildi. G`1823 yilda frantsuz sharqshunosi 

Jaubеrt  Amеdi  ham  nashr  ettirganG`.  1890  yildan  boshlab  bu  asarni  o’rganishga  V.Radlov 

kirishadi. 1896 yilda  «Qutadg’u bilig»ning arab yozuvi  bilan ko’chirilgan ikkinchi bir nusxasi 

Qohirada topildi. Radlov 1910 yilda asarni rus alfavitiga asoslangan to’liq  

 

 

 



 

 

28 




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish