1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“TASDIQLAYMAN”
O’z.R.S.S.V.ning Fan va o’quv yurtlari bosh
boshqarmasi boshlig’i, prof. Sh.E.Ataxanov
___________________________
2009 y. “_____”_____________
№_______ bayonnoma
MAVZU: Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun uslubiy
qo’llanma
Ta’lim yonalishi-
720000-“Sog’liqni saqlash”
5720100-“Davolash ishi”
TOSHKENT-2009
“KELISHILDI”
O’z.R.S.S.V.ning Tibbiy ta’limni rivojlantirish
markazi direktori M.S. Yusupova
___________________________
2009 y. “_____”_____________
№_______ bayonnoma
2
Tuzuvchilar:
1. Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich,
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor
2. Solihov Mirilhom Usmonovich, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
1. Bobojonov S.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti fakultet, gospital terapiyasi,
sharq tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori
2. Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasi mudiri professor
“Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”mavzusidagi o’quv-uslubiy
qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun moljallangan.
Uslubiy qo’llanma TTA MUKida muxokama qilindi.
2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
Uslubiy qo’llanma TTA Ilmiy kengashida tasdiqlandi.
2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
Ilmiy kengash kotibi (F.I.Sh., imzosi)
Oliy o’quv yurtining gerbli muhri bosilishi shart.
3
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich va kafedra katta
o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik
tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga taqriz
Mualliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi
kafedrasi ishchi dasturi asosida talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasini
yaratishgan. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik tarixi yozishga oid mavzuda yaratilgan bo’lib, unda
talabalar tomonidan kasallik tarixini yozishda ahamiyat berilishi kerak bo’lgan barcha jihatlar to’la
tarzda bayon qilingan. Bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi,
bemor hayoti tarixi chuqur yoritilgan xamda epidemiologik, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi
keltirilgan. Ayniqsa bemorlarni umumiy va mahalliy ko’ruvdan o’tqazish batafsil yoritilgan. A’zolar
tizimi ob’ektiv ko’rigida perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan. Bemor
kasalligini rivojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni
to’ri qo’yishga xizmat qiladi.
Talaba uchun bu metodik qo’llanmaning yana bir qulayligi shuki unda qo’shimcha tekshiruv
usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma nafaqat talaba balki, yosh pedagoglar xamda U.A.Sh. shifokorlari
uchun xam foydali metodik qo’llanma sifatida tavsiya etilgan va buni to’liq oqlaydi deb o’ylayman.
Bobojonov S.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti fakultet, gospital terapiyasi, sharq
tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori
4
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti
ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira
fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich va kafedra katta
o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik
tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga taqriz
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi kasb
kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D.,
professor Sh. Ya. Zokirxo’jayev va kafedra katta o’qituvchisi M. U. Solihov hammuallifligida yozilgan
talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasi yangi o’quv yilida lotin grafikasida
talabalarni mustaqil ishini yozishda juda muxum qo’llanmadir. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik
tarixi yozishga oid mavzuda yaratilgan bo’lib, unda talabalar tomonidan kasallik tarixini yozishda
ahamiyat berilishi kerak bo’lgan barcha jihatlar to’la tarzda bayon qilingan. Bemor shikoyatlari tizimlar
bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi, bemor hayoti tarixi chuqur yoritilgan xamda
epidemiologik, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi keltirilgan. A’zolar tizimi ob’ektiv ko’rigida
perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan. Bemor kasalligini rvojlanishini grafik
tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni to’ri qo’yishga xizmat qiladi.
Talaba uchun bu metodik qo’llanmaning yana bir qulayligi shuki unda qo’shimcha tekshiruv
usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma talabalarga klinika sharoyitida kasallik tarihini to’g’ri tuzishga,
bu orqali diagnostika jarayonini to’g’ri olib borishga o’rgatadi. Qo’llanma yosh pedagoglar xamda
U.A.Sh. shifokorlari uchun xam foydali metodik qo’llanma vazifasini bajaradi deb o’ylayman.
Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasi mudiri professor
5
Talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasi Davolash fakulteti III kurs
talabalari ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o’tish jarayonida bemorlar bilan birinchi bor mustaqil
ishlay boshlashlari sababli muxim qo’llanmadir. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik tarixi yozishga
oid mavzuda yaratilgan. Talabalar ichki kasalliklar propedevtikasidan olgan nazariy bilimlarini amalda
qo’llashlari ularning mustaqil ishlarida o’z aksini topadi. Talabalar bemorlar bilan muloqotda
deontologiya qoyidalariga rioya qilishlari, xar bir savolni muloxaza bilan o’ylab bemordan so’rashlari
zarur. Qo’llanmada bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi, bemor
hayoti tarixi xamda epidemiologik,, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi keltirilgan. Bemorlarni
umumiy va mahalliy ko’ruvdan o’tqazish o’quv adabiyotlarida batafsil yozilganini xisobga olgan xolda
ularni o’tqazish usuli qaytadan yozilmadi, lekin bu tekshiruv usullarini qadamma-qadam bajarish va
kasallik tarixida yozish talab etiladi. A’zolar tizimi ob’ektiv ko’rigida perkussiya, auskulitatsiya,
palpassiya natijalari tartibi keltirilgan ularni xam qadamma-qadam bajarish va kasallik tarixida yozish
talab etiladi. Bemor kasalligini rvojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur
qilishga xamda diagnozni to’g’ri qo’yishga xizmat qiladi.
Metodik qo’llanmada qo’shimcha tekshiruv usullarini tahlilini yozish va tahlilga asoslangan
xolda klinik diagnozni qo’yish tavsiya etiladi. Metodik qo’llanma talabalarni terapevtik klinikada
bemor bilan dastlabki muloqoti bo’lishi tufayli ular kasallik tarixini ichki kasalliklar propedevtikasi
fani talablari asosida yozishadi, boshqa klinik fanlarda o’sha fanlar talablaridan kelib chiqqan xolda
ushbu sxemaga biroz qo’shimchalar qo’shilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |