Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana13.05.2020
Hajmi0,99 Mb.
#50257
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
pedagogik aksiologiya va undan boshlangich talim tizimida foydalanish texnologiyasi

I-bob.Boshlang‘ich 
ta’lim 
tizimida 
pedagogik 
aksiologiyadan 
foydalanishning nazariy  pedagogik  asoslari 
1.Boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  pedagogik  aksiologiyadan  foydalanish 
pedagogik muammo sifatida 
     O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Abdug‘aniyevich  Karimov 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  yig‘ilishidagi  ma’ruzasida: 
“Asrlar 
mobaynida 
xalqimizning 
yuksak 
ma’naviyat, 
adolatparvarlik, 
ma’rifaisevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va  islom dini ta’limoti bilan 
uzviy bog‘liq ravishda rivojlandi”,
3
- deb ta’kidlashlari bejiz emas. 
Ta’limiy  qadriyatlarni amaliyotga tatbiq etish  eng qadimgi davrlardan boshlab 
O‘rta    Osiyo  zaminida  amal  qilgan  ta’lim  mazmuni,  shakl,  usul  va  vositalarining 
boy  jamg‘armasini  atroflicha puxta  o‘rganishni talab qiladi.Ularni bilish,  didaktik 
qadriyatlardagi  zamonaviy  ta’lim  amaliyotiga  mos  hayotbaxsh  g‘oyalarni  yangi 
mazmun  va  shakllar  bilan  boyitgan  holda  amalda  joriy  etish,  shu  asosda  ta’limiy 
qadriyatlarimizni mazmunan va shaklan rivojlantirish zarur. 
Sharq  xalqlarining  ma’rifiy  tamadduni  uzoq  va  ibratli  tarixga  ega. 
K.Ye.Bendrikovning  “  Ocherki  po  istorii  narodnogo  obrazovaniya  v  Turkistane” 
(“Turkiston  xalqi  ta’limi  tarixidan  ocherklar”)  kitobida  qayd  etilishicha,  O‘rta 
Osiyo xududida ming yillar ilgari Eron guruhidagi mahalliy tillarga mo‘ljallangan 
alifbo  yozuvi  mavjud  bo‘lgan.  Xususan,  Xitoy  sayyohi  Syuzan  Szyanning  qayd 
etishicha, VII  asr boshlarida Samarqandda o‘g‘il bolalarga besh yoshdan boshlab 
hisob va yozuvdan ta’lim berilgan.
4
 
Zero,  maktablarning  shakllanishida  yozuvning  vujudga  keliishi  va  rivojlanishi 
muhim  omil  hisoblanadi.  Sababi  u  axborot  uzatishning  nisbatan  murakkab  shakli 
sifatida  o‘qitish  va    o‘rgatishni  talab  etadigan  jarayondir.Yozuvning  vujudga 
kelishi bilan inson faoliyatining aqliy va jismoniy turga bo‘lingan ikkinchi muhim 
                                           
3
 I. Karimov. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishidagi ma’ruzasi. 
4
 К.Й. Бендрико “ Очерки по исtории народного образования в Tuркисtане”. 


 
 
13 
omil  bo‘lib,  bu  turli  ixtisoslik  va  kasblarning  shakllanishiga  olib  kelgan.  Oila, 
davlat va diniy muassasalar (maktab va madrasalar) eng qadimgi davrlarda o‘qitish 
tizimining  markaziy  figuralari  hisoblanar  edi.  Shu  sababali  ta’limning  turli 
shakllari oilada o‘qitish, machitlar qoshidagi maktablarda ta’lim olish, xususiy va 
madrasa ta’limi vujudga keldi. 
O‘rta  asrlarda  (XIII  –  XIV)    Yevropadagi  shahar  maktablarida  ona  tili  va  lotin 
tilida  dars  o‘tilar,  ta’limda  amaliy  bilimlarni  o‘rgatish  birlamchi  ahamiyatga  ega 
edi. 
O‘zbekistonda  esa  didaktik  qadriyatlarning  rivojlanish  va  shakllanish  davri  eng 
qadimgi  davrlarga  to‘g‘ri  keladi.  Farzand  tarbiyasining  bosh  mummosi 
hisoblangan  bolani  zakovatli,  bilimdon  qilib  voyaga  еtkazish  tilagi  sababli  ota-
bobolarimiz  unga  qanday  qilib  bilim  berish,  ta’lim  mazmunini  belgilash,  o‘qitish 
jarayonida bolaning shaxsiy xususiyat va fazilatlarini nazarda tutish, ta’lim metod 
va usullarini qo‘llash kabilrga e’tibor berishgan.Lekin, hozirga qadar  Pedagogika 
oliy  o‘quv  yurtlari  uchun  yaratilgan  “Pedagogika”  va  “  Pedagogika  tarixi” 
darsliklarida  didaktik  qadriyatlarni  o‘rgatishga  еtarlicha  e’tibor  berilmay 
kelinmoqda.Bizningcha,  buning  asosiy  sababi  didaktik  qadriyatlarning  tizimli 
ravishda o‘rganilmaganligidadir. 
   Bugungi  kunda  “qadriyat”  so‘zini  tez-tez  qo‘llash  oddiy    holga  aylandi.   
Qadriyatlar  maxsus  fan  hisoblangan  “Aksiologiya”  tarkibida  o‘rganilmoqda. 
“Aksiologiya”  (yunoncha  qadriyat,  ta’lim)  falsafa  fanining  bir  bo‘limi  bo‘lib,  u 
qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etadi. 
Endilikda  faqat  o‘tmish  bilan  bog‘liq  hodisalarigina  emas,  balki  yangi  davr 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari,  mustaqillik  sharoiti  va  imkoniyatlari  asosida 
shakllanayotgan ijtimoiy- ma’naviy hodisalar ham qadriyat deb atalmoqda. 
Olima M.O. Inomovaning talqiniga ko‘ra, - “Qadriyat- bu inson yoki jamiyatning 
u yoki bu ehtiyojini qondiradigan va ular manfaatiga xizmat qiladigan moddiy  va 
ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar bo‘lib, ular hayotga qimmatdorlik nuqtai-nazaridan 
yondoshishga  asos  bo‘la  oladi.  Umuman  qadriyatlar  jamiyat  hayotining  tarixiy 


 
 
14 
taraqqiyoti  jarayonida  shakllangan  va  rivojlangan  o‘tmishda,  hozirgi  kunda  va 
kelajakda  ham  ijtimoiy-  siyosiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  taraqqiyotga  ijobiy  ta’sir 
etadigan kishi ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy 
boyliklardir”
5

Qadriyatlar  mazmuniga  ko‘ra  siyosiy,  huquqiy,  diniy,  ma’naviy,  axloqiy, 
umummadaniy,  umuminsoniy,  turmush  va  mehnat  qadriyatlari  kabi  turlarga 
bo‘linadi. 
Umummadaniy  qadriyatlar  turiga  mansub  bo‘lgan  pedagogik,  didaktik,  ta’limiy, 
tarbiyaviy qadriyatlar atamalari pedagogika fanida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. 
Didaktik    ta’limiy  qadriyatlar  atamasi  mazmunini  yoritib,  pedagog  olim 
SH.Mardonov  unga  shunday  t’rif  beradi:  “Ta’limiy  qadriyatlar  shaxsga  ilmiy-
nazariy  bilimlarni  berish,  unda  yuksak  ma’naviy-  axloqiy  sifatlarni  tarbiyalash, 
uning  har  tomonlama  barkamol  bo‘lib  voyaga  еtishida  muhim  ijtimoiy  pedaogik  
axamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obektiv va 
subektiv omillar majmuidir”. 
   Ta’limiy  qadriyatlarning  boy  xazinasini  o‘rganish  bunday  ming  yil  avval  ham 
mutafakkirlar  tomonidan  ta’limga  olid  muhim    g‘oyalar  ilgari  surilganini 
ko‘rsatadi.  Xususan,  olim  Abu  Rayhon  Beruniy  “Aql  haqidagi  risola”,  “Kitobi 
axloq”  kabi  asarlari  orqali  boshlang‘ich  ta’limni  nazariy-  amaliy  rivojlantirishga 
muyyan  hissa  qo‘shgan.  U  bolalarga  bilim  berishni  nisbatan  erta  (5-6  yoshdan) 
boshlash,  bunda  o‘qituvchi  o‘z  fanini  yaxshi  bilishi,  pokiza  va  rostgo‘y  bo‘lishi 
zarurligini uqtirgan. 
O‘rganilgan  manbalar  didaktik  qadriyatlarning  boy  tuzilmaga  ega  ekani,    ularni 
davrlar  bo‘yicha  tayanilgan  didaktik  tamoyillar,  o‘qitish  metodlari,  o‘qitish 
vositalari o‘qitish shakllari asosida chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. 
Pedagogika  fanida  ta’limiy-  tarbiyaviy  qadriyatlarni o‘rganish muammosi  ilmiy- 
metodik jihatdan kengqamrovli tadqiqi etilmagan. 
                                           
5
 M.O. Inomova. “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash”. T.: 2000 y. 


 
 
15 
Shunga    ko‘ra,  “  Pedagogik  aksiologiya”  fanini  ilmiy  asosda  yoritishga  katta 
e’tibor  berilmoqda.Xususan,  X.I.Ibragimov  va  SH.A.  Abdullayevalarning 
pedagogika  va  psixologiya  yo‘nalishidagi  oliy  o‘quv  yurti  magistrantlari  uchun 
yozilgan  (“Istoriya  pedagogika  i  obrazovaniya”)  (Pedagogika  va  ta’lim  tarixi) 
darsligi ana shunday ishlardan xisoblanadi. 
Milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  nafaqat  shaxs  shakllanishiga,  shuningdek, 
jamiyatda 
zamonaviy 
ta’lim  sifatiga,  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu  bois  Mustaqillik  yillarida 
mamlakatimizda  qadriyatlarga  alohida  e’tibor  qaratildi  va  iqtisod  va  ijtimoiy 
sohada,  jamiyatning  ma’naviy-axloqiy  yangilanishida  muhim  yutuqlarga  erishdi. 
Natijada,  jamiyatda  yangi  ijtimoiy  muhit,  yangi  ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlar 
shakllandi. 
Jamiyat o‘z rivojining har bir bosqichida ta’lim oldiga aniq maqsadlarni qo‘yadi 
va ma’lum bir vazifalarni yuklaydi. Shunga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish 
va  uning  mazmuniga,  ta’limdagi  yakuniy  natijaga  nisbatan  talablar  qo‘yilgan. 
Boshqacha aytganda, davlat va jamiyat ta’limga nisbatan ma’lum bir siyosatni olib 
borib,  jamiyatda  ishlab  chiqilgan  qadriyatlarga  muvofiq  yosh  avlodni 
shakllantiradi. 
Ta’lim  —  ijtimoiy  faoliyat  sohasi  sifatida  bugungi  kunda  jamiyatdagi, umuman 
jahon  tamadduni  qadriyatlarini  o‘zlashtirish  jarayonida  shaxs  rivojlanishi  uchun 
shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Shuning uchun ta’lim va bilish faoliyati, tarbiya 
va  o‘z-o‘zini  tarbiyalash,  rivojlanish,  o‘z-o‘zini  rivojlantirish  va  ijtimoiylashtirish 
uyg‘unlashuviga  aylanib bormoqda.  Ta’lim  tizimiga,  xususan,  Kadrlar tayyorlash 
davlat dasturi asosiga ham qadriyatlarni shakllantirish singdirilgan. Ta’lim maqsadi 
—  har  bir  shaxs,  jamiyatni  rivojlantirish  va  global  miqyosda  moddiy,  madaniy, 
ma’naviy  qadriyatlarni  saqlash  hamda  rivojlantirishdir.  Mustaqil  va  erkin 
fikrlovchi  shaxsni,  vatanparvarlik,  mustaqillik  va  demokratiya  g‘oyalariga  sodiq 
fuqaro, malakali mutaxassisni shakllantirish uchun shart-sharoitni ta’minlash  talab 
etiladi.  


 
 
16 
Ijtimoiy-siyosiy  hayotda  ongli  ishtirok  eta  oladigan,  mamlakat,  oila  taqdiriga 
mas’ul shaxsni shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish - kadrlar 
tayyorlash  bo‘yicha  milliy  dasturning  asosiy  ustuvor  tomonlaridir.  Ta’limda  va 
mustaqil  amalga  oshiriladigan  o‘rganishda  malaka  oshiriladi,  bilim  orttiriladi. 
Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashda umum e’tirof etilgan qadriyatlar qabul qilinadi 
va ishlab chiqiladi. Keng ma’noda tarbiya — bu, maxsus tashkil qilingan, shaxsni 
rivojlantirish  uchun  avloddan-avlodga  ijtimoiy  tarbiya  tajribasini  еtkazish 
jarayonidir. Tor ma’noda esa, tarbiya — bu katta yoshdagilarning bolalarni jamiyat 
hayotining  aniq  bir  vaziyatiga  kiritish,  uning  rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlarni 
shakllantirish  bo‘yicha  qo‘shma  faoliyatdir.  Ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  va 
kommunistik  mafkura  hukmronligi  sharoitida  rasmiy  jamoatchilik  ongi 
individuallikning  ko‘rinishlariga  nisbatan  inson  huquqlarini  tan  olmagan.  O‘ziga 
xoslik  bir  tomonlama  —  o‘z-o‘zini  o‘ylash,  xudbinlik  deb  tushunilgan.  Bu  o‘sha 
davr tuzumiga qulay va ma’qul edi. Ushbu sharoitdan kelib chiqib ta’lim jarayoni 
“o‘rtacha  o‘quvchi”ga  va  bir  xildagi  o‘quv  rejalari  hamda  dasturiga  mo‘ljallanib 
qurilgan.  
Insonning  o‘ziga  xosligi  irsiy  qobiliyatlar  asosida  tarbiya  jarayonida  va  ayni    
paytda  o‘z-o‘zini  rivojlantirish,  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  jarayonlarida  shakllanadi. 
Ta’limda  o‘ziga  xoslikni  hisobga  olish  har  bir  shaxsning  imkon  qadar  yuqori 
rivojlanish  imkoniyatlarini  ochish,  psixologik  o‘ziga  xosligining  betakror  va 
bebaholigini  tan  olishdan  kelib  chiqqan  holda  rivojlanish  shart-sharoitlarini 
yaratishni  bildiradi.  Ta’limga  individual  yondoshuv  bir    odamni  boshqalari  bilan 
emas,  bitta  va  aynan  o‘sha  shaxsni  uning  o‘z  hayot  yo‘lidagi  turli  bosqichlarida 
qiyoslashni  talab  qiladi.  O‘ziga  xoslikni  namoyon  etish,  uning  tiklanishi  va 
rivojlanishi uchun oqilona shart-sharoit yaratish — ta’limning muhim vazifalaridan 
biridir.  
Agar  ta’limning  gumanitar  tamoyillariga  rioya  etilsa,  bolani  bir  paytning  o‘zida 
ham  tarbiya  obekti,  ham  subekti  deb  tasdiqlash  noto‘g‘ri.    Bola  o‘ziga  ta’lim 
subekti sifatida  qarashi  mumkin.  Ilgari  ta’lim  tizimi  shunday  tuzilgan  ediki, hatto 


 
 
17 
yuqori  sinf  o‘quvchilari  va  talabalar  o‘qituvchining  o‘z  shaxsiyatini  ko‘rsatish 
vositasiga,  pedagogik  dastur  va  rejalarni  amalga  oshirish  vositasiga  aylangandi. 
Ta’lim  oluvchini  ta’lim  jarayonida  erkinlikka  yo‘naltirilgan  insonparvarlik 
pedagogikasi  ta’lim  faoliyatining  barcha  subektlari  vositalari  va  maqsadlari 
uyg‘unlashuviga  olib  boradi.  Bunday  pedagogika  tarbiya  va  pedagog,  bola  va 
guruh  mohiyati  ifodasi  hisoblanadi.  Ta’lim  obekti  esa  faqat  ta’lim  materiali 
bo‘lishi mumkin.  
Yangilanayotgan    jamiyat  o‘z  a’zolari  o‘rtasida  birgalikda  harakatlanish, 
hamkorlik,  bag‘rikenglik,  o‘zaro  yordamga  asoslangan  yangi  munosabatlarni 
shakllantiradi.  Ijtimoiy  munosabatlarning  bu  qadriyatlari  ta’lim  jarayonida  o‘z  
ifodasini  topishi  zarur.    O‘qituvchi    bolalarga    nisbatan  mehr  va  ishonch  bilan 
yondoshsa,  o‘quvchilar  esa  o‘z  qobiliyatlari  va  qiziqishlarini  amalda  qo‘llashda 
erkin  bo‘lgan  faoliyat  yuzaga  kelganda  o‘zaro  tushunishga  erishiladi.  Ziddiyat  va 
kurash  barham  topganda,  bolalar  kattalar  maslahatiga  quloq  tutib  boshlaganda 
o‘zaro tushunish paydo bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning har qanday vaziyatda, 
o‘qish  yoki  hayotiy  masalalariga  oid  qiyin  vazifalarni  hal  etishda  chin  do‘stga 
aylanadi. 
Hamkorlikdagi  pedagogika  o‘zaro  tushunish,  ishonch,  bir-birini  qo‘llab-
quvvatlashni, ijodiy hamkorlikka tayyorgarlikni yuzaga keltiradi va yoshlarning asl 
qadriyatlarni anglashi hamda tan olishini ta’minlaydi.  Ta’lim jarayonida jismoniy, 
psixologik,  ijtimoiy  xavfsizlikni  ta’minlovchi  va  yoshlarda  o‘zini  hamda 
boshqalarni  himoya  qilish  qobiliyatini  shakllantirishga  yo‘naltirilgan  choralar 
tizimini  yaratish  lozim.  Shuningdek,  aniq  pedagogik  harakatlar,  shaxs 
rivojlanishining  psixologik  va  ijtimoiy  omillar  muvofiqligi  va  kelishuvchi,  katta 
yoshdagilar va bolalarning bir-biriga yuqori darajada ishonchli munosabatlari ham 
nazarda tutiladi. Albatta, bu bolani butun muammolar va qiyinchiliklardan qurshab 
turadigan  sun’iy  sharoit yaratish degani emas.  Pedagogik himoya o‘quvchining 
butun  qobiliyatini   rag‘batlantirish,  o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qila olishini 
rivojlantirish  asosida  hayotdagi  og‘ir  vaziyatlardan  chiqishning  aniq  usullarini 


 
 
18 
birgalikda  izlab  topish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Bu  faoliyat  ko‘rsatish 
(masalan,  bolalarning  jismoniy  va  ruhiy  salomatligini  saqlash  hamda 
mustahkamlash),  ijtimoiy-pedagogik va  psixologik yordam,  huquqiy himoya va 
maslahat  yo‘nalishlarida  himoyalanishning  maxsus  usullari  hamda  tarbiya 
texnologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etishni nazarda tutadi. 
Shaxsning  jamiyatga,  ijtimoiy  hayotga  kirib  borishi  murakkab  va  ko‘p  rejali 
jarayon.  Bir  tomondan  u  shaxsga  jamiyatning  faol  va  teng  huquqli  a’zosi  sifatida 
ishlashiga  imkoniyat  yaratuvchi  ma’lum  bir  qadriyatlar  tizimini  (meyor, 
namunalar, bilim, tasavvur) o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan - bu 
shaxsiy    ijtimoiy  tajribaga  ega  bo‘lish  va  o‘zini    faol  sur’atda  qayta  qurish 
jarayonidir. 
Ta’lim  va  kasbiy  dasturlar  o‘z  asosiga  xalqlarning  boy,  intellektual,  ma’naviy-
ahloqiy  merosi,  umuminsoniy  qadriyatlar,  fan,  texnika,  texnologiya  va 
madaniyatning  ilg‘or  yutuqlarini  singdirmoqda.  Maktabgacha  ta’lim  darajasida 
bolalarning  ma’naviy-ahloqiy  tarbiyasi  uchun  shart-sharoit  yaratish,  maktabgacha 
ta’lim  muassasalari  va  oilaviy  tarbiyaning  turli  ko‘rinishlari  uchun  xilma-xil 
dasturlarni  tanlash  imkoniyatini  ta’minlash,  maktabgacha  ta’limning  barcha 
masalalari  bo‘yicha  malakali  maslahat  xizmatini  olish,  bolalarni  maktabda 
muntazam  ta’lim  olishga  tayyorlashni  nazarda  tutadi.  Umumiy  o‘rta  ta’limning 
yangi  tuzilmasi  o‘quvchilarning  intellektual  va  ahloqiy  qudratini    ochib  berishga, 
xususan,    o‘z  imkoniyati,  qobiliyatiga  muvofiq  ta’limga  farqlangan  yondoshuvni 
tatbiq  etishga  yo‘naltirilganlikni  nazarda  tutadi.  Ta’lim  oluvchilarni  kasbiy 
yo‘naltirish  va  psixologik-pedagogik  tashxislar  markazlarining  yaratilgan 
tarmog‘idagi  iqtidorli  bolalar  va  yoshlarni  aniqlash,  keyingi  ta’lim  yo‘nalishini 
to‘g‘ri,  ongli  tanlash,  o‘quvchilarning  doimiy  o‘zgaruvchan  mehnat  bozori  va 
ta’lim  xizmatiga  bo‘lgan  moslashishlarini  ta’minlashi  kerak.  Kadrlar  tayyorlash 
bo‘yicha Milliy dasturni amalga oshirish natijasi shaxsni  erkin, ayni paytda mas’ul 
qilib  shakllantirishda  o‘quv-tarbiyaviy  jarayonining  mo‘ljali  bo‘lishi  lozim. 
Boshqacha  aytganda  inson  bizning  jamiyatimizda   o‘z  qobiliyatlarini,  o‘zining 


 
 
19 
ta’lim  va  kasb  yo‘lini  erkin  tanlashni  amalga  oshira  olishini,  turli  ma’naviy  va 
moddiy ehtiyojlarini qondirishini, ayni paytda ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotga 
ko‘maklash-gan holda  jamiyat  qonunlariga  rioya  etib  mas’ulligini  to‘liq  his  etishi 
lozim. 
Ushbu ma’noda zamonaviy ta’limning muhim xususiyati uning farqlashuvi, ya’ni 
darajalashuvi 
bo‘lib 
qoladi. 
Darajalashtirish 
o‘quvchilarning 
individual 
xususiyatini,  ularning    qiziqishlari,  moyilligi,  imkoniyatlari  qadriyat  va  kasb 
mo‘ljallarini  hisobga  olishga  imkon  beruvchi  turli  xil  ta’lim  shakllarini 
ta’minlaydi.    Boshqacha  aytganda,  ta’limning    darajalashuvi    shaxs  tomonidan 
ta’lim  va    kasb  yo‘lini    tanlash  jarayonini  ta’minlaydi  hamda  rag‘batlantiradi. 
Ta’lim  vazifalaridan  biri  -  avlodlarni  birlashtirishdir.  Har  bir  ta’lim  jarayoni 
ishtirokchisining  o‘zini  o‘zi  baholashi  va  birgalikda  faoliyat  yuritishga  saflanishi 
bu  jarayonga  xos  xususiyat  sanaladi.  Dunyoga  va  o‘ziga  o‘zining  munosabatini 
o‘zlashtirish  orqali  bola  ijtimoiy  munosabatlar  tizimida  o‘z  o‘rnini  topish,  o‘zini 
faol  namoyon  qilish,  o‘zini  boshqalar  bilan,  jamiyat,  dunyo  bilan  qiyoslash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.  
Shu  sababli  o‘zaro  foydali  tamoyillar  va  meyorlar  zamonaviy  ta’limni  tashkil 
etish va uning mazmuniga kiritilishi lozim. Ularni pedagogik vosita sifatida qayta 
anglash  —  bu  pedagogikani  shaxsni  rivojlantirish  qadriyatlariga  mo‘ljallashning 
aniq  yo‘lidir.  Mazkur  tamoyillar  xamda  meyorlarni  o‘zlashtirish  pedagog  va 
bolalarning  birgalikdagi  harakatida  amalga  oshiriladi.  Bu  ta’lim  makonini 
kengaytirishga  imkon  yaratadi,  o‘zlashtirish  dinamikasi  esa  boy  munosabatlarni 
yaratishga yordam beradi.  
O‘zaro  foydali  hamkorlik  insonlarning  barcha  faoliyat  turlarida  birgalikdagi 
harakatlari  ma’nosida  ham  ta’lim  qadriyati  sanaladi.  Masalan,  hamkorlik  tajribasi 
turli  xil  o‘yinlar,  treninglar,  model  yoki  loyihali o‘qishda  o‘zlashtiriladi.  Pedagog 
ma’lum  bir  vaziyatlarda  tarbiyalanuvchiga  nisbatan  o‘z  yondoshuvini  belgilash 
kerak  bo‘lganda  hamkorlikdan  shaxslararo  munosabatlarni  rivojlantirish 


 
 
20 
mexanizmi sifatida ham foydalanishi mumkin. Mazkur holatda bu pedagog uchun 
shaxsga va kasbga oid muhim vazifa bo‘lib qolishi kerak.   
Vatanimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni odobli,aql-farosatli va bilimdon 
qilib  tarbiyalash  davr  talabi.  Yoshlarni  har  tomonlama  ma’naviy  еtuk  barkamol 
shaxs  sifatida  tarbiyalash  murakkab  va  muhim  vazifalardan  bo‘lib,  oila,  ta’lim 
muassasalari,  mahalla  va  jamoatchilik  bu  yuksak  maqsadni  amalga  oshirishda 
bevosita  birdek  mas’uldirlar.    Barkamol  shaxsni  tarbiyalashda,  bolani  dunyoga 
kelganidan  boshlab  to  voyaga  etguniga  qadar  bo‘lgan  davrdagi  psixologik 
xususiyatlarini  bilish,  tug‘ma  layoqatlarini  aniqlash,  shuningdek  qulay  muhit 
yaratish,  ta’lim  tizimida  faol  ishtirokini  ta’minlashda  tarbiyachilar,  pedagoglar  va 
psixologlar,  ota-onalar  mas’ulligini  oshirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki 
oilaviy  tarbiya  bolani  ta’lim  tizimiga,  ya’ni  maktabgacha  tarbiya  muassasasi 
faoliyatiga  tayyorlaydi,  maktab  hayoti  esa  bolalarga  yangi  bir  dunyoni  ochib 
beradi. Aynan maktab davrida bolaning asosiy faoliyati o‘zgaradi.  Har bir jamiyat 
a’zosi oila bag‘rida voyaga еtadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy 
fazilatlarni  namoyon  etadi.  Yoshlarni  hayotga,  ongli  mehnat  faoliyatiga 
tayyorlashda    oila  va  pedagogik  faoliyatning  tarbiyaviy  jarayonni  to‘g‘ri  tashkil 
etishi zaruriy vazafadir. Shu maqsadda mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida 
ma’naviyat  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohatlar,  avvalo,  oila  qadriyatlarini 
eng ilg‘or  an’analarini  tiklashga qaratilgandir.  Oila va  mahalla  boshqa  tarbiyaviy 
muassasalardan  farqli  ravishda  odamning  butun  hayoti  davomida  uning  barcha 
tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila 
va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o‘ziga xos 
xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo‘ni-qo‘shniligi, muhabbati,  yaqinligi, ishonchi, 
burch  xissi,  obro‘ligi  va  hokazolar  bilan  ta’minlanadi.  Oila  va  jamoatchilik 
hamkorligidagi  tarbiyaning  qimmatliligi  va  ahamiyati  yana  shundaki,  kichik 
bolalik  paytida  oilada  egallagan  narsalar  bir  umr  saqlanib  qoladi.  Oila  tarbiyasi 
orqali bola ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yashashdan maqsad haqida 
dastlabki  tasavvurlar  hosil  bo‘ladi.  Oilada  shaxsning  ijtimoiy-qimmatli  fazilatlari 


 
 
21 
o‘sa  boshlaydi.  O‘zbekiston  sharoitida  oilaviy  tarbiya  mazmuni  tashkil  etilishiga 
oid  pedagogik  omillar  mavjudki,  bularni  hisobga  olishga  majburdirmiz.  Bola 
maktabga qadam qo‘yganda yaxshi va yomon narsalar haqida o‘z tasavvuriga ega 
bo‘ladi.  O‘qituvchi  bolada  qanday  axloqiy  tushunchalar  mavjudligini  va  axloqiy 
fazilatlar  qanday  sharoitda  shakllanganligini  ham  bilmog‘i  kerak.  Shuning  uchun 
ham muallim o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog‘lab, bolani tarbiyalashda 
ular  bilan  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yishi  darkor.  Tarbiyaning  samaradorligi 
ko‘pincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qo‘ya bilishiga bog‘liq. 
Shuning  uchun  ham  pedagogik  axloqda  o‘qituvchi  bilan  ota-onalarning  o‘zaro 
munosabatlari,  muomalasiga  katta  e’tibor  beriladi,  muallim  oila  bilan  aloqa  va 
hamkorlik  qilmasdan  turib,  bolani  ma’naviy  -ma’naviy  -axloqiy  tarbiyalash 
vazifasini  bajara  olmaydi.  Chunki  maktab  oilada  shakllangan    ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni  mustahkamlashi  yoki  illatlarni  yo‘qotishi  lozim  bo‘ladi.  Maktabda 
bolaga  chuqur  bilim,  ta’lim-tarbiya  mafkuraviy  g‘oya,  o‘zbekona  milliy 
qadriyatlar,  xalol  mehnat,  biror  bir  kasb-hunarni  egallashlari  uchun  mustahkam 
poydevor yaratishdek mas’ul vazifani zamonaviy talab darajasida amalga oshirish 
lozim.    Bolalarni  barkamol  inson  qilib  еtishtirishda  maktabni  oila  bilan 
bog‘lamasdan,  muvaffaqiyatga  erishib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  maktab  ota-
onalar  o‘rtasida  ta’lim-tarbiyaga  oid  ishlarni  kengaytirishi  lozim.  Ota-onalarning 
o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvida aytgan fikrlari ayniqsa, ota-onalar uchun 
qimmatlidir, chunki ular o‘z farzanlari to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladilar. 
Shunday ekan, bola tarbiyasining tub mohiyatini unutgan har bir ota-ona oila bilan 
maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. Bola maktabga kirib, 
to  uni  tamomlab  chiqqunga  qadar  ota-ona  maktab  bilan  yaqin  aloqa  o‘rnatishi, 
farzandining  o‘zlashtirishi,  xulq-atvoridan  hamisha  xabardor  bo‘lishi  tarbiya 
masalalari bo‘yicha o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng 
bolani  nima  bilan  mashg‘ulligidan  xabardor  qilishi  lozim.  U  o‘z  navbatida 
o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, xulqi, maktabda o‘zini tuti bilishi haqidagi 
ma’lumotlarni  ota-onaga  еtkazishi,  zaruriyat  tug‘ilganda  hosil  bo‘lgan 


 
 
22 
muammolarni birgalikda hal etishi zarur. Shundagina o‘quvchi oldiga bir hil talab 
qilishiga  erishiladi.  Bolasi  maktabga  borgan  ota-ona  shu  jamoaniig  a’zosiga 
aylanadi.  Shu  sababli  ota-onalar  maktabning  ijtimoiy  hayotida  faol  qatnashishlari 
shart. 
Xullas,  qadriyatlar  nafaqat  insonning  shaxs  sifatida  shakllanishiga,  milliy  va 
umuminsoniy  fazilatlarni  saqlab  qolishgagina  emas,  ta’lim  tizimida  еtuk 
mutaxassis  tayyorlashga  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatuvchi  o‘ta  muhim  omil 
sanaladi.Manbalarni  o‘rganish  natijalari  o‘tmishda  yoshlar  ta’lim-  tarbiyasida 
foydalanilgan  ta’lim-tarbiya  usullari,  shakllari  va  vositalarini  hozirgi  davr 
darajasida  qo‘llash,  yosh  avlodga  o‘rgatish  pedagogik  aksiologiyaning  muhim 
vazifalaridan hisoblanadi. 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish