Modul. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi
4.1.1-qism Mavzu: Pedagogning mas’uliyati va moslashuvchanlik psixologiyasi
REJA
1.Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi
2. Pedagogik jarayonda burch hissi
Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga
yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari,
dasturlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim, bolani jarayonlarga moslashuv va
ijtimoiylashuvini ta’minlab,jamiyatga integratsiya jarayoida yuzaga keladigan
muamolarini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shuning uchun ham pedagogika fanning asosiy vazifasi shaxsni barkamol inson
qilib tarbiyalash, kasbiy qobiliyatlarni shakllantirish, aqliy, amaliy imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarish hamda intellektual jihatdan rivojlanishini ta’minlash uchun
tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir.
Xo‘sh, uning uchun o‘qituvchi shaxsi qanday bo‘ lishi kerak? Unga qanchalik
ma’suliyat yuklanadi?
Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o‘z mavqei va faol o‘rnini
o‘quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o‘z
jamoasidagi o‘rni, tanlagan kasbi, o‘qitayotgan predmeti bo‘yicha chuqur bilimga
ega bo‘lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me’yor va qonunlarni hurmat qilishi
kerak.
Ikkinchidan pedagogning e’tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar,
yangiliklar va o‘zi tanlagan sohasidagi yangililarga nisbatan qalban ochiqligida,
innovatsion ruxning borligida namoyon bo‘ladi, aynan pedagog o‘zi xizmat
qilayotgan jamiyat a’zolaridan yangiliklar xususida sira ortda qolmasligi, doimo
oldinda ildam bo‘lishi va bundan shaxsan rag’bat olayotganligini sezdira olishi
kerak
Uchinchidan, yangicha dunyoqarash va islohotlar davrida agar pedagog o‘zidagi
ichki tormozlarni, stereotiplarni bartaraf eta olmasa va buni o‘quvchilar sezib
qolsalar, uning berayotgan bilimiga ishonmaydilar, istiqbolni tasavvur qilishda
pedagog yoshlardan ortda qolmasliklari kerak.
To‘rtinchidan, e’tiqodli va bilimdon pedagog o‘ziga xos fikrlash tarzi bilan
ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz
fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o‘rganadi va fanni boshqa fanlardan
ajrata oladilar.
Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan.
Uning bilimdonlik darajasi masalasi ham o‘ta muhim.
Ijtimoiy psixologiyada pedagog bilimdonligining 3 turi ajratiladi:
Ijtimoiy bilimdonlik - Dars mobaynida auditoriya bilan samarali o‘zaro
muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til topishish va sog’lom ma’naviy
muhitni hosil qila olish qobiliyati.
Uslubiy bilimdonlik- Barcha bilimlarni, ko‘rgan-kechirganlarni yoshlarga
tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta’lim texnologiyasi va metodlaridan
boxabarlik qobiliyati.
- Professional bilimdonlik О‘z fanini va predmeti sohasi bo‘yicha chuqur va har
tomonlama mukammal bilimlariga ega bo‘la olishi, o‘z ustida ishlash qobiliyati.
Amaliyotda eng obro‘li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik
sohiblari bo‘lishganligini kuzatamiz.
Bulardan tashqari pedagogda burch va mas uliyat xissi yuqori darajada
shakllangan bo‘lishi lozim
Pedagogik jarayonda burch hissi
Burch – kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini
anglatuvchi axloqiy tushuncha. Burchda ob’ektiv munosabatlar ifodalanadi. Ya’ni,
u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanib, imon-e’tiqod,
onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liq bo‘ladi
Aynan mehnat faoliyati mobaynida burch xissi ham shakllanib boradi
Mehnat inson hayotining asosi bo‘lib, insonning mehnatga bo‘lgan hissiy
munosabati yuksak hislar orasida muhim o‘rinni egallaydi, Mehnat
faoliyatida shaxs:
1. Biror maqsadni anglaydi.
2. Uni e’tirof qiladi yoki inkor etadi.
3. Maqsadga erishish yo‘llarini baholaydi.
4. Uni tadbiq etish usullari va qurol vositalarini ma’qullaydi yoki
ma’qullamaydi.
5. Ularning tanlanganligiga shubhalanadi.
6. Inson muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradi va hokazo.
Shu bilan birga odam o‘zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat ekanligini
bilib va tushunibgina qolmay, balki ularni bajarish zarurligini ichdan his qilib
qayg’uradi. Kishilar hayoti va faoliyatida o‘zaro yordamlashish, hamjihatlik, intilish
va manfaatlar birligiga asoslangan o‘rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. Va asta
sekin jarayonlarga moslashuv xissi ham paydo bo‘ladi.
Bugungi globallashuv va siyosiy qarashlar o‘zgarayotgan bir paytda yangi
davrning kuchli islohotchisi sifatida
maydonga chiqqan Prezidentimiz
SH.M.Mirziyoev boshchiligida jamiyat va davlat taraqqiyotining yangi bosqichiga
o‘tishimiz, ortda qolgan yaqin tariximizdagi yutuqlardan, yo‘l qo‘yilgan
xatolarimizdan xulosa chiqarib, davr talabidan kelib chiqib fikr yuritishimiz lozim.
Buning uchun esa barchamizda kuchli mas’uliyat hissi bo‘lishligi talab etiladi.
Zotan, «Mas’uliyat hissi yuqori bo‘lgan insonlargina boshqa barcha his-
tuyg’ularini o‘ziga va jamiyatga foyda keltiradigan darajada boshqara oladi» degan
falsafiy qarashlarning real hayotimizdagi o‘rni beqiyosdir.
Bugungi globallashuv va siyosiy qarashlar o‘zgarayotgan bir paytda yangi
davrning kuchli islohotchisi sifatida
maydonga chiqqan Prezidentimiz
SH.M.Mirziyoev boshchiligida jamiyat va davlat taraqqiyotining yangi bosqichiga
o‘tishimiz, ortda qolgan yaqin tariximizdagi yutuqlardan, yo‘l qo‘yilgan
xatolarimizdan xulosa chiqarib, davr talabidan kelib chiqib fikr yuritishimiz lozim.
Buning uchun esa barchamizda kuchli mas’uliyat hissi bo‘lishligi talab etiladi.
Demak, «Buyuk ishlar bo‘lmaydi, aksincha ulkan muhabbat va mas’uliyat bilan
qilinib, buyuklikka chorlaydigan mayda ishlar bo‘ladi», deganlaridek har bir ishga
muhabbat va mas’uliyat bilan yondashar ekanmiz, farzandlar, ota-onalardan, ustoz-
shogirdlardan o‘rnak olib, mamlakatimizning buyuklik sari borayotgan yo‘lining
yetakchilari va davomchilariga aylanaylik. Buning uchun esa o‘zimiz, oilamiz,
mahallamiz, jamoamizda mas’luiyat muhiti hukm surmog’i va har bir ishga jiddiy
yondashuvimiz lozim
Xulosa o’rnida, yozuvchi Robin SHarmaning quyidagi so’zlarini keltirib o’tishni
joiz deb bildim: «O’zingga nisbatan mas’uliyatli va talabchan bo’lsang hayot senga
nisbatan muloyim bo’ladi, aksincha irmoqlarda suv oqimi bo’yicha suzayotgan
xazon kabi qarama-qarshiliklarsiz yengil-elpi yashasang hayot senga qahrli bo’ladi».
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab
o‘zgaradi. Sh bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi va anashu
harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun
foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib
o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi.
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z
ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas,
balki ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir
maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera
oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va
qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch- g‘ayratini ishlata soladi.
Jumladan pedagoglarda ham bosqichma bosqich asta sekinlik bilan jarayonlarga,
pedagogik faoliyatga moslashish holatlari kuzatiladi
Inson turli vaziyatlarga moslashish jarayonida albatta stress holoatlariga ham duch
keladi
Organizmni stressga qarshi kurashish yoki qochish vaqtida yurak urishi
tezlashadi, qon aylanishi buziladi ya’ni maqsadga intilish uchun tayorgarlik
ko‘rishda organizmda qochish va kurashish kechadi. Bu reaktsiyani organizmni
moslashish tizimi deb ataladi.
Organizmni nerv-muskul reaktsiyalarining paydo bo‘lishi quyidagi bosqichlarda
ya’ni - xavotirlik bosqichi; - moslashish bosqichi; - o‘ta charchash bosqichlarda
amalga oshadi.
Xavotirlik
bosqichida
taloqning
kichrayishi,
oshqozonda
o‘tkir
yallig‘lanishning sodir bo‘lishi, buyrak tepasida likosidlarning kamayishi kuzatiladi.
Shu bilan birga, ko‘z yoshlanishi, so‘lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta’siri
kuchli bo‘lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va
to‘qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil
organizmga kuchli ta’sir etsa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Agar ta’sir kuchli
bo‘lsa, uchinchi bosqich boshlanadi. o‘ta charchash bosqichi bunda odatda organizm
kasallanadi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, stress har doim ham zararli emas, ba’zan inson
organizmiga yordam, ko‘mak foyda berishi mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib
qolganda odam yashash uchun kurashish o‘z ehtiyojini qondirish uchun faollashib,
o‘zi bilmagan zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin Jems Lange va Kenon-
Bardlar tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga moslashuvchanlik
muammosini o‘rganib chiqqan. G.Sel’eni fikricha, shu sabablar muhim va nomuhim
stressni keltirib chiqaradi
Aynan pedagogik faoliyat davomida o‘qituvchi ozi ishlab turgan jamoaga ,
auditoriyaga, shuningdek, o‘quvchilar jamoasiga ham o‘zini moslashtira olishi
kerak. Buning uchun esa u o‘zining aql zakovotini, kuchi va irodasini ishga
solib, turli xil vaziyatlarda hattoki noqulay vaziyatlarda ham o‘zini boshqara olish
imkoniyatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ayniqsa ta’limda yuz berayjtgan yangicha yondoshuv va strategiyalarni qabul qila
olish va ularni ammaliyotda qollay olish malakasiga ega bolishi kerak.
Bugungi kunda mustakil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning
uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga
ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda
ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya
jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va
takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini,
pedagogik maxoratini rivojlantirib borishini talab etadi.
Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga
yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustaxkam egallashdan
tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan,
ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini
biladigan o‘qituvchilar kerak.
Buning uchun barcha fan o‘quvchilarini pedagogik va axborot texnologiyalar,
interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy
mashg‘ulotlarda
Demak, hozirgi zamonaviy pedagog har qanday vaziyatlarda ham o‘zini
vaziyatlarga va yangi faoliyat jarayonlarga moslashtira olishi, o‘z ustida tinimsiz
ishlashi talab etiladi. Chunki shiddat bilan kechayotgan jaxon miqyosidagi
o‘zgarishlar oldida pedagog yangi ma’lumotlardan ortda qolishi mumkin emas.
Ayniqsa o‘z o‘quvchilaridan oldinroqda qadam bosmas ekan u judayam tezlik bilan
o‘z obro‘sini tushirib qo‘yishi va bu orqali bolani ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini ham
susaytirib qo‘yishi mumkin
Jamoani boshqarish va unda raxbarning o‘rni.
Jamoa so‘zi arabcha «jam’o» so‘zidan olingan bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi
majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi.
JAMOA BU NIMA?
Ijtimoiy foydali faoliyat asosida jipslashgan, umumiy faoliyatga ega, bir –
birlarini yaxshi biladigan odamlar guruxi
Jamoada sog‘lom muhit yaratishda rahbarning o‘rni beqiyosdir.
Hozirgi zamonda rahbarning fazilati asosan uning dadilligidan,
tashabbuskorligidan, bilimdonligidan, halol va va’dasiga vafodorligidan ma’lum
bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi raxbarlar haqiqiy fazilat va xususiyatlarga
ega bo‘lishi uchun:
Keng siyosiy bilimga ega bo‘lish.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish
Kollektivning ishlarini qila oladigan va ularga nisbatan yaxshi muomalada
bo‘lishi.
Ota – onalar va jamoatchilik o‘rtasida katta obro‘ e’tiborga ega bo‘lish.
Dunyoqarashi keng, ilmiy – metodik ilmga ega bo‘lish.
o‘z fanini yaxshi bilshni.
Izlanuvchan omilkor bo‘lish va yangiliklarga ijobiy munosabatda bo‘lish.
Muassasaning hamma sohalarini keng o‘rgangan bo‘lishi.
Ishga vijdonan munosabatda bo‘lishi.
Xo‘jalik masalalarni to‘g‘ri hal qiladigan bo‘lishi lozim.
Zamonaviy rahbarning o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun quyidagilarga
qat iy rioya qilishi zarur:
-Jamoa a’zolariga bergan va’dasini doim o‘z vaqtida bajarishi kerak;
-Mag‘rurlanib ketmaslik, jamoa o‘rtasida kamtar, o‘ziga ortiqcha baho
bermasligi zarur;
-Faqat o‘zining nuqtai nazarini, fikrini o‘tkazish emas, o‘zgalarning ham fikri
bilan hisoblashishi zarur;
-Hamkorlarning bilim va malakalarini, topqirlik qobiliyatini ham qadrlash
lozim;
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, pedagogik jarayonda moslashuv jarayoni
o‘zaro munosabatlar asosida shakllanadi. Demak, bu vaziyatda pedagogik
muloqotning samarali usullaridan foydalanish o‘ta muhim masala
hisoblanadi. Shuning uchun jamoada sog‘lom muhit bo‘lishi uchun shaxs
muomila madaniyati va uni o‘zlashtirish sirlarini yaxshi egallagan bo‘lishi
lozim.
Bularga D Kernegining quyidagi takliflarini berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |