Konchilik ishi



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana25.03.2022
Hajmi3,73 Mb.
#508551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Geodeziya labaratoriya

1-LABORATORIYA ISHI
TOPOGRAFIK KARTA BILAN ISHLASH 
 
Mashg‘ulotning maqsadi: 
talabalarda karta masshtabini hisobga olgan holda 
masofalarni o‘lchash, turli masshtablardagi karta varaqlarini nomenklaturasini va 
nomenklaturasi bo‘yicha karta masshtablarini aniqlash, shuningdek topografik 
kartada masalalar yechish usullari bilan tanishish. 
Geografik karta – 
bu ma’lum matematik qoidalar asosida tekislikda qurilgan 
yer yuzasining tasviridir. 
Karta masshtabi deb, kartadagi chiziq uzunligi joydagi haqiqiy kattaligidan 
necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi munosabatga aytiladi. 
Masshtab kartaning har bir varag‘ida ramkaning janubiy (pastki) tomonida 
sonli (sonli masshtab) va grafik (chiziqli masshtab) ko‘rinishida ko‘rsatiladi. 
Sonli masshtab umumiy holda ya’ni biron bir uzunlik o‘lchov tizimiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda kartalarda 1:M munosabat ko‘rinishida ifodalanadi. Bu yerda M – 
joydagi chiziq uzunliklarini kartada tasvirlashda necha marta kichraytirilganligini 
ko‘rsatuvchi son. 1:50000 masshtab kartadagi uzunlikning istalgan birligi joydagi 
50000 xuddi shunday birlikka to‘g‘ri kelishini anglatadi. 
Sonli masshtabdan karta bo‘yicha o‘lchash ishlarida amaliy foydalanish 
uchun bevosita masshtab kattaligini ko‘rsatuvchi sanoq sondan ya’ni kartadagi 1sm 
ga to‘g‘ri keladigan joydagi masofadan foydalaniladi. 1:50000 karta uchun masshtab 
kattaligi 500m ga teng. 
Bundan kelib chiqadiki, joydagi chiziq uzunligi masshtab kattaligini kartada 
santimetrlarda o‘lchangan kesma uzunligiga ko‘paytmasiga teng. Misol: 1:100000 
masshtabdagi kartada 3,95sm kesma uzunligi joydagi d=1km x 3,95=3,95km 
masofaga to‘g‘ri keladi. 
Qoidani eslab qoling

agar munosabatning o‘ng qismidagi 
oxirgi ikkita nolni o‘chirilsa, u holda qolgan son kartadagi 1sm joydagi necha 
metrga to‘g‘ri kelishini ya’ni masshtab kattaligini ko‘rsatadi

Chiziqli mashtab bevosita kartadan masofalarni (kilometrlarda, metrlarda) 
aniqlashga mo‘ljallangan grafikni ifodalaydi. Ammo dala sharoitida qo‘shilgan 
(aralash) kartalar bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda undan nisbatan kam foydalaniladi, 
kartadagi kesmalar esa millimetrli (masshtabli) chizg‘ich yordamida o‘lchanadi. 
Bir necha masshtablarni taqqoslaganda mahraji (yoki munosabatning o‘ng 
qismidagi son) kichik bo‘lgani katta va aksincha mahraji qancha katta bo‘lsa, 
masshtab shuncha kichik bo‘ladi. Faraz qilaylik, bitta joy uchastkasi uchun 1:25000, 
1:50000 va 1:100000 masshtabli kartalar mavjud. Ulardan 1:25000 masshtab eng 
kattasi, 1:100000 masshtab esa eng kichigi bo‘ladi. 



Karta masshtabi qancha katta bo‘lsa, joy unda shunchalik batafsil, to‘liq 
tasvirlangan bo‘ladi. Karta masshtabining kichrayishi bilan unga tushiriladigan joy 
detallarining miqdori ham kamayib boradi. Bitta joy uchastkasi uchun turli 
mashtabli kartalardagi tasvirlarni taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, 1:25000 va 1:50000 
masshtabli kartalarda ko‘rsatilgan kichik o‘lchamli ko‘llar, dala va boshqa grunt 
yo‘llari, shuningdek boshqa mahalliy predmetlar va rel’yef detallarini 1:100000 va 
1:200000 masshtabli kartalarda ifodalab bo‘lmaydi. 
Joyning kartografik tasviri o‘lchamlari, karta tafsiloti, o‘lchashlar aniqligi 
karta masshtabiga bog‘liq bo‘ladi. 
Topografik kartalarga joyni batafsil tasvirlovchi 1:1000000 va undan yirik 
mashtabli umumgeografik kartalar kiradi.
Kartalarni alohida varaqlarga bo‘lish tizimi grafalarga bo‘lish, karta 
varaqlarini nomlash esa nomenklatura deb ataladi. 
Topografik kartalar meridian va parallellar bilan alohida varaqlarga ajratiladi. 
1:1000000 masshtabli kartalarni grafalarga ajratish uchun butun Yer yuzasi 
parallellar yordamida qatorlarga (har 4°da), meridianlar yordamida kolonnalarga 
(har 6°da) bo‘linadi. Hosil bo‘lgan trapetsiya tomonlari 1:1000000 masshtabli karta 
varag‘i chegaralari bo‘lib xizmat qiladi. Qatorlar ekvatordan boshlab ikkala 
qutblarga tomon A dan V gacha lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi. 
Kolonnalar esa 180° meridiandan boshlab g‘arbdan sharqqa tomon arab sonlari bilan 
belgilanadi. Karta varag‘i nomenklaturasi qator o‘rnini ko‘rsatuvchi harf va kolonna 
nomeridan iborat. Misol: Toshkent shahri joylashgan varaq K-42 bilan belgilanadi 
(1.1-rasm). 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish