Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

muddatlari. 
 
Topshiriqdan maqsadi
. Kartoshka o‘simligini morfologik tuzilishini va 
respublikamizda rayonlashtirilgan navlarini xususiyatlarini o‘rgatish. 
Uslubiy ko‘rsatma.
Kartoshka 
(Solanum tuberoum L.)
tomatdoshlar 
(Solanaceae)
oilasiga kiradi. U tabiatiga ko‘ra tugunak hosil qiluvchi ko‘p yillik 
o‘simlik bo‘lib, hosil qiluvchi ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, palagi har yili qurib qoladi. 
Ekin sifatida kartoshka bir yillik o‘simlik bo‘lib, har yili tuganaklari kovlab olinib, 
kelgusi yilgacha omborxonalarda saqlanadi. 
Kartoshka 3-5 va undan ham ko‘proq 
poya
xosil qilib, tik yoki yotib holda 
o‘sadigan o‘simlik, poyalari ham o‘z navbatida shoxlaydi. Poyalar uch yoki to‘rt 
qirrali, kamdan-kam holda yumaloq bo‘ladi, pastki qismining ichi g‘ovak, kartoshka 
urug‘idan ekilganda bir poyali o‘simlik o‘sib chiqadi. Poyaning qirralarida 
ko‘pincha, o‘simtalar - qanotchalar hosil bo‘ladi. Poyasi to‘g‘ri va tizzasimon 
bukilgan, bo‘yi naviga va yetishtirish sharoitiga qarab 30 
sm
dan 150 
sm
gacha 
bo‘ladi. Poyasining er osti qismidagi qo‘ltiq kurtaklardan gorizontal poyalardagi oq 
ildizlar (stolonlar) rivojlanadi. Uning uchida tugunaklar shakllanadi. Stolonlar 
uzunligiga ko‘ra farq qiladi: ertagi navlarda kalta, kechki navlarda uzunroq bo‘ladi. 
Kartoshka qo‘shimcha popuk 
ildiz
sistemasi hosil qiladi. Ildizlari palagining er 
osti qismidan bo‘g‘imlardan chiqadi va erning haydalma qatlamida; ammo ayrimlari 
1,5-2 
m
chuqurgacha kirib boradi. Kartoshka urug‘idan ko‘paytirilganda asosiy ildiz 
va yon tomonga taralgan qo‘shimcha ildiz chiqaradi. 
Ba’zi navlarda uchki bo‘lak bilan birinchi juft bo‘laklar qo‘shilib o‘sadi. 
O‘zakda bo‘laklar plastinkasining birikmaganligi-ni, bo‘laklarning yarim ochiq 
kitobcha ko‘rinishida birikishini, bo‘laklarning to‘lqinsimon cheti bilan pastga 
egilganligini ko‘rish mumkin. 
Kartoshkaning 
guli
beshta o‘tkir uchli kosachadan, besh pallali tojibarg, beshta 
changchi va bitta urug‘chidan tuzilgan. Tojibargining rangi gulining eng muhim 
belgisi Hisoblanadi. Turli navlarida gullash energiyasi Har xil bo‘ladi. Ba’zi 
navlarining g‘unchasi to‘kilib ketadi, boshqalari ko‘p gullaydi, ammo Hosil 
tugamaydi. Kam navlaridagina Hosil yaxshi tugiladi. 
Mevasi 
ko‘p urug‘li, ikki-uch uyali, sarg‘ish-yashil rangli, rezavor-meva. 
Urug‘i 
mayda, yassi, sariqpushta rangida bo‘lib, 1000 donasining vazni 0,5-0,6 

bo‘lib, 7-10 
yilgacha unuvchanli-gini saqlaydi.
Tugunagi 
poya tuzilishida bo‘lib, yer osti poya (oq ildiz) stolonlarning 
yo‘g‘onlashgan uchidir. Oq ildizning tuganakka birikkan qismi – 
kindik
, qaramaqarshi 
tomoni 
uchi 
deyiladi. Endigina shakllangan tugunaklar tarkibida xlorofill bo‘lmagan 
mayda tangachasimon barglari hosil bo‘ladi. Ular qo‘ltig‘ida 
ko‘zcha 
hosil qiluvchi 


302 
kurtak bo‘lib, ular o‘sib novda chiqaradi. Tugunakning yuqori qismidagi ko‘zcha eng 
oldin ko‘karadi, buning sababi shuki, tugunakning uchki qismiga ko‘p miqdorda 
eruvchi oziq moddalar, ferment hamda auksinlar to‘plangan bo‘ladi. Tugunaklar 
shakllan yumaloq, cho‘zinchoq va oval bo‘ladi. Bu uch xil asosiy shakl kartoshka 
naviga, iqlim sharoitiga, tuproqning zichligi va namligiga bog‘liq. Tugunaklarning eti 
– oq, sariq, qizil va zangori; po‘sti – sariq, pushti, qizil, och zangori yoki ko‘k rangli 
bo‘ladi. Tugunaklarning po‘sti kartoshka naviga qarab silliq, g‘adir-budur yoki 
to‘rsimon bo‘ladi. 
Tugunak 
anatomik 
tuzilishi jihatidan poyaga o‘xshaydi. U tashqi tomonidan 
yupqa po‘st – 
epidermas 
bilan qoplangan bo‘lib, pishib yetilganda u ko‘chadi va 
to‘kilib ketadi. Tugunaklar mayda teshikchalar – tugunaklar yuzasida to‘q rangdagi 
mayda dog‘chalar ko‘rinishida tarqalgan 
yasmiqcha 
yordamida nafas oladi. Namlik 
ortiqcha yoki tuproq zich bo‘lganda yasmiqcha oq bo‘rtmalar - o‘simtalar ko‘rinishida 
bo‘ladi.
Epidermis ostida po‘st bo‘ladi. U ikki qatlamdan: tashqi g‘ovak (probka) va 
oqsil moddalari, kraxmal donachalari bilan to‘lgan yirik g‘ovak parenxima 
xujayralaridan iborat ichki qatlamdan tuzilgan. Po‘st ostida naylar bog‘lami Halqasi 
ko‘zchaga yaqinlashib, 
kurtak ko‘zchasi
yoki 
shoxcha izi
deb atalgan bo‘rtma Hosil 
qiladi. U ko‘zchaning ko‘karishida va novda shakllanishida muhim ahamiyatga ega. 
Respublikamizda yetishtiriladigan kartoshka navlari 
Solanum tuberoum L.
turiga kiradi yoki shu turini boshqa turlari bilan chatishtirishda olingan. Ular qator 
morfologik va xo‘jalik-biologik belilari bilan bir-biridan farq qiladi: 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish