Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Hosilni yig’ish va saqlash. 
Bahorda va kech kuzda ekilgan piyozlar 
sentyabrda-oktyabr boshlarida, avgustda ekilganlari esa iyul-avgust boshlarida 
yig’ib olinadi. Piyoz pishganda piyozbosh yumshab, keyin bo’yni quriydi, 
barglari so’lib yerga yotib qoladi. Piyoz barglari to’la quriguncha kutib turish 
yaramaydi, chunki kechikib yigishtirib olingan piyoz yaxshi saqlanmaydi.
Piyoz KTN-2B, KST-1,4 markali kovlagichlar bilan yoki qo’lda bir marta 
yig’ishtiriladi. Uni tula mexanizatsiya yordamida yig’ishtirish uchun LKG-1,4 
va PML-6 markali mashinalardan foydalaniladi. Qazib olingan piyozlar bir 
necha kun xirmonga yoki dalaga yupqa yoyilib, quyoshda quritiladi. Quritish 
vaqtida piyozlar bir oz namni yo’qotadi, barglari so’liydi, piyozbosh esa 3-4 
quruq po’stlarga, yahni ularni kelgusida qurib qolishdan saqlaydigan qattiq 
po’stlarga o’raladi. 
Qurigan piyoz barglari kesiladi va piyoz yirikligiga, yetilish darajasiga 
qarab sortlarga ajratiladi. Barglarni piyozbosh uchidan 3-4 sm qoldirib kesish 
kerak. Agar barglar pastdan kesilsa, piyozboshning ichiga turli bakteriya kiradi 
hamda saqlash vaqtida piyozning ko’pi chiqitga chiqib ketadi. 


192 
Piyozboshlar uch guruhga ajratilib farqlanadi: 1) tovar maxsuloti uchun 
(yirik va o’rtachalari) ajratiladi, ular yaxshi yetiladi va qishda saqlashga 
yaroqli bo’ladi; 2) bu ham tovar mahsulot uchun ajratiladi, lekin bular to’la 
yetilmagan (bo’yni yo’g’on), shuningdek, shikastlangan, keyinchalik saqlashga
yaroqsiz piyozboshlar bo’ladi; 3) mayda (no’sh) piyozlar, bular tovar mahsulot 
bo’lmaydi, kelgusi yili qayta ekilib, ulardan ko’k piyoz yoki piyozbosh 
yetishtiriladi. 
O’zbekistonda xar gektar piyozdan o’rtacha 180-200 ts dan hosil olinadi. 
Piyoz quruq, yaxshi shamollatib turiladigan xonalarda 20-40 sm qalinlikda 
yoyilgan holda yoki sig’imi 10-15 kg li yashiklarga solingan xolda saqlanadi. 
Katta yashiklarda, qoplarda esa piyoz yaxshi saqlanmaydi. 
Istehmolga ishlatiladigan piyozlarni saqlash uchun qulay harorat +0,5, +1, 
havoning nisbiy namligi esa 75-80 % hisoblanadi.
Odatdagi, sunhiy usulda sovitilmaydigan sabzavot omborlarida kuzgi-
qishki-bahorgi davrda (oktyabrdan-aprelgacha) saqlashda vazni kamayishidan 
7-10 % gacha, shuningdek, chirish va haddan tashqari o’sib ketishidan saqlash 
rejimiga va saqlash oldidan piyozlar holatiga qarab, 3-4 % dan to 20 % gacha 
va undan ham ko’prog’i nobud bo’ladi. Bundan tashqari quruq qobiq holidagi 
chiqindilar (0,05-2,5 %) ham chiqishi mumkin. 
Sunhiy usulda sovitiladigan sovuq xonalarda, doimiy past haroratda (1-2) 
saqlanganda piyozlarning chirishi va o’sib ketish hollari bulmaydi, tabiiy 
yo’qolish, shakar va vitaminlarning parchalanishi keskin kamayadi.
Qishki saqlash uchun quyiladigan piyozlarni yig’ib olishdan ikki xafta 
ilgari ekinlarga malein kislota gidrazidi (GMK) ning 0,2 - 0,25 % 
kontsentratsiyali eritmasini purkash o’sib ketishini mahlum darajada to’xtatadi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish