14-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va madaniyati. Reja: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/33
Sana24.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#507523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
14-мавзу

 
3.
Inson resurslarini boshqarish usullari. 
 
Korxonani boshqarishning mohiyati bir kishining yoki kishilar guruhining (boshqaruvchilar, 
menejerlar) boshqa kishilarga (xodimlarga) maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini uyg’otish uchun 
ta’sir ko’rsatishdan iborat. 
Keng ma’noda, bu yerda insonlarning o’zaro kompleks munosabatlari doirasida qarorlarni 
shakllantirish, ularning harakatlanishi va bajarilishini ta’minlash faoliyatiga xizmat qiluvchi 
ko’rsatmalar, jarayonlar va instrumentlar yig’indisi nazarda tutiladi.
1
Korxonani boshqarish o’z ichiga uch jihatni oladi: 
“Kim kimni” boshqaradi? (institutsionalli jihat). Bu jihat boshqarish masalalari ijrochilarini, 
xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu tarzda kim 
boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog’liq shaxslar va boshqa xodimlarni aniqlaydi. 
Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va boshqaruvchilarga “qanday” ta’sir ko’rsatadi 
(funktsional aspekt). Bu jihat, birinchidan, menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va 
shakllanishini xarakterlaydi. Bu yerda boshqaruv vazifalari va shuningdek, menejerlar faoliyatining 
maxsus xarakteristikalarini (boshqaruv uslublarini) ko’rib chiqish mumkin. Boshqa tomondan, 
menenjerning boshqariluvchilarga ta’sir etish munosabatlari xarakterlanadi. 
Boshqaruv “nimalar” bilan amalga oshiriladi? (instrumentli aspekt). Bu jihat menejerlar o’z 
vazifalarini amalga oshirishda ishlatadigan instrumentlari (boshqaruv instrumentlari)ga taalluqli. 
Boshqaruv jarayonida etika masalalari ham alohida o’rin egallaydi. Menejerlar “tadbirkor” 
organi nomidan va uning topshirig’i bilan faoliyat yuritgani uchun boshqarishning ma’naviy 
o’lchovlari tadbirkorlik etikasidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, ular boshqaruvchilarning shaxsiy 
sifatlari, shuningdek, barcha menejerlarning ishlab chiqarishdan tashqari etika kodekslari bilan 
aniqlanadi. Davosda (1973 yil fevralda) menejment bo’yicha uchinchi Yevropa simpoziumining 
oxirgi kunida korxona menejerlarining “xulq etikasi” kodeksi loyihasi taklif qilindi. U quyidagilarni 
ifodalaydi: 
Menejerning professional vazifasi mijozlarga, kasbdoshlarga, sarmoyadorlarga va jamiyatga 
xizmat qilish, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan qiziqishlarni murosaga keltirish hisoblanadi. 
1. Menejer mijozlarga xizmat qilishi kerak. U mijozlar ehtiyojini eng yaxshi tarzda qondirishi 
kerak. Uning xatti-harakatlari korxonalar o’rtasidagi bahoni maksimal darajada pasaytirish, 
mahsulotning sifati va xilma-xilligini ta’minlovchi teng musobakaga qaratilishi kerak. 
2.Raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarga yangi g’oyalar va texnologik yangiliklarni joriy 
qilishga harakat qilishi zarur. 
1
Abduraxmonov Q.X. va b. Personalni boshqarish: O’quv qo’llanma.- T., 2006. -160 b. 


3.Menejer kasbdoshlarga xizmat qilishi darkor, ularning qiziqishlari bir vaqtda e’tiborga 
olinganida u faqat shundagina kasbdoshlari tomonidan qabul qilinadi. 
4.Menejer kapital qo’yuvchilarga xizmat qilishi lozim. U kapital qo’yilmalarning davlat 
zayom ssudalari daromad foizidan yuqori daromadini ta’minlashi kerak. Bu nisbatan yuqori 
daromad katta tavakkalchilikni mukofotlash uchun zarur. Korxona menejeri kapital kirituvchining 
vasiysi hisoblanadi. 
5. Korxona 
menejerining 
mijozlarga, 
kasbdoshlarga, 
kapital 
qo’yuvchilarga 
(sarmoyadorlarga) va jamiyatga xizmat qilishi korxonaning uzoq muddat 
yashashi 
ta’minlanganidagina mumkin bo’ladi. Buning uchun korxonaning yetarli daromadlar olishi zarur. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish