9-AMALIY MASHG'ULOT. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HALQARO XAMKORLIK
MUNOSABATLARINI O‘RGANISHDA BUTUN JAXON SAVDO TASHKILOTIGA AZO
BO‘LISHNING DOLZARBLIGI.
Jahon savdo tashkiloti (JST) 1994 – yilda savdo muzokaralari bo’yicha Qo’mitaning
Yakuniy sessiyasida JST ni tuzish to’g’risida Bitimga muvofiq tashkil etiladi. Bu Bitim
Urugvayda o’tkazilgan sakkiz yillik (1986-1994 yy.) Ko’ptomonlama savdo muzokaralariga
yakun yasadi.
Sessiya qatnashchilarining ta’kidlashicha, JST ning tuzilishi xalqaro iqtisodiy
hamkorlikda yangi davrni ochadi, barcha xalqlarning farovon yashashi uchun ancha oqilona va
ochiq ko’ptomonlama savdo tizimi doiralarida ishlashga keng istaklarni aks ettiradi.
JST ni tuzishda savdo muzokaralari qatnashchilari “o’zlarining savdo sohasidagi
munosabatlari va iqtisodiy siyosati hayot darajasini oshirish, to’liq bandlikni va haqiqiy
daromadlar darajasining jiddiy va doimiy o’sishini ta’minlash, talabning samaradorligi,
shuningdek ishlab chiqarishni va mollar hamda xizmatlar savdosini kengaytirish maqsadida
amalga oshirilishi lozimligiga tayanishlari lozim”. Bunda iqtisodiy rivojlanishning turli
darajalarida barqaror rivojlanish maqsadlarida, atrof muhitni himoyalash va asrashga intilgan
holda dunyo boyliklaridan maqbul foydalanish lozimligi e’tiborga olinishi lozim.
Bunda JST ning kuchi rivojlanayotgan mamlakatlarga savdodagi tariflarni va boshqa
to’siqlarni jiddiy qisqartirish va xalqaro savdo munosabatlarida kamsitishlarni bartaraf etish,
savdoda tariflar bo’yicha Bosh bitim (GATT) asosida ancha yashovchan va barqaror ko’p
tomonlama savdo tizimlarini yaratish yo’li bilan xalqaro savdoning o’sishida kafolatlangan
ulushini ta’minlashga yo’naltiriladi.
Savdo tizimining asosiy printsiplari:
– kamsitishsiz savdo;
– tariflarni qisqartirish va kamaytirish yo’li bilan bozorga kirib borishni oldindan bilish
va kengaytirish (1995-2000 yy da rivojlangan mamlakatlarning mollarga tariflari 40 % ga
qisqardi);
– oqilona raqobatni rivojlantirish;
– iqtisodiy islohotlarning rivojlanishini rag’batlantirish.
JST bo’yicha Bitimning asosiy qismi “Ko’p tomonlama savdo bitimlari” va
“Qatnashchilar doirasi cheklangan Bitim” nomli huquqiy hujjatlardan iborat (CHeklovlar
Bitimlarni qabul qilgan JST ning a’zolariga tegishli). Ko’rsatilgan bitimlarga, masalan,
Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh bitim (GATS), mahsulotni jo’natishdan oldingi inspektsiya,
bojxonadagi narxi, import mahsulotni litsenziyalash, savdodagi texnik to’siqlar (STT)
to’g’risida bitimlar, fuqarolar aviatexnikasi savdosi to’g’risidagi bitim, sut mahsulotlari, mol
go’shti bo’yicha bitimlar va h.k. kiradi.
O’zbekiston Respublikasi JST ga kirishni mo’ljallamoqda. Kirish to’g’risida 1994-yilda
ariza berilgan va shu yilning dekabr oyida kirishga tayyorgarlik bo’yicha Ishchi guruh tuzildi.
O’zbekiston respublikasi 1998-yilda JST ga Tashqi savdo Rejimi to’g’risida Memorandum
taqdim etdi. JST ga kirish uchun Respublika tashqi savdo rejimini Yevropa Ittifoqi va JST ning
talablariga mos keltirishi lozim. Yevropa ittifoqi savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha o’zining
qonunlarini JST ning qonunlari bilan to’liq uyg’unlashtirgan. SHuning uchun O’zbekiston
qonunlarini Yevropa ittifoqining qonunlariga yaqinlashtirish JST ning talablariga muvofiqlikni
ta’minlaydi. Bu masalani hal etish uchun 1999-y da Florentsiyada (Italiya) Yevropa ittifoqi va
O’zbekiston o’rtasida SHerikchilik va Hamkorlik bo’yicha Bitim (SHHB) imzolandi.
JST ga kirishga tayyorlanish maqsadida savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Bitim va
fitosanitariya tadbirlarini qo’llanish bo’yicha Bitim talablarini bajarish uchun O’zbekiston
Respublikasining “Texnik tartibga solish to’g’risida” Qonunning loyihasi tayyorlandi.
Savdodagi texnik to’siqlar (STT) bo’yicha Bitim maqsadlari uchun (ISO/MEK 2:1996
O’zs DSt 1.10) da qabul qilingan atamalar va ta’riflarning o’zi, lekin STT bo’yicha Bitim
konteksti, predmeti va maqsadini hisobga olgan holda qo’llaniladi.
STT bo’yicha Bitim maqsadlari uchun qo’llaniladigan atamalar va ta’riflar:
Do'stlaringiz bilan baham: |