Nazorat savollari:
1.Ust kiyimlar tayyorlash umumiy sxemasi qanday tuzilgan?
2.Mayda bo’laklarga nimalar kiradi?
37
3. Xlyastiklar qanday tayyorlanadi?
4. Cho’ntak qopqog’iga ishlov berish usullari.
5.Kiyim detallari nima maqsadda to’q’rinlashtiriladi?
1.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.
Vitachkalar va koketkalarni ,cho'ntak qopqoq va xlyastikni tikilish
sxemalarini chizib kelish.
Mavzu: 5. Erkaklar ko’ylaklari uchun cho’ntaklarini tayyorlash.
Dars maqsadi:
Ustki kiyimlardagi cho'ntaklar turlari va ularni tikish
texnologiyasini o’rganish.
Tayanch iboralar:
cho'ntak og'zi, ko'rinma, cho'ntak xalta, mag'iz, ramkali
qirqma cho'ntak, kantli qirqma cho’ntak, listochka.
Reja:
13.1. Ustki kiyimlardagi cho'ntaklar turlari. Qopqopli qirqma cho’ntaklarni
tikish texnologiyasi.
13.2. Kantli va ramkali cho'ntaklar tikish texnologiyasi.
13.3. Listochkali qirqma cho’ntaklarni tikish.
Ust kiyimlardagi cho'ntak og'ziga ishlov berish usuli bo'yicha listochkali,
qopqoqli, qopqoqsiz kantli, qopqoqsiz ramkali (chokdagi cho'ntaklar
listochkali, listochkasiz) bo'ladi.
1.Qopqopli qirqma cho’ntaklar tikish texnologiyasi.
Qopqoqli qirqma cho'ntaklarni tikish uchun, uning cho'ntak qopqog'i
tayyorlab olinadi. Qirqma cho'ntakning ostki og'ziga mag'iz va yuqori og'ziga
38
qopqoq tikiladi. Qopqoqli qirqma cho'ntakni tikish, mag'izni cho'ntak xaltaga
0,7-1 sm kenglikdagi chok bilan ulashdan boshlanadi. Chokni cho'ntak xalta
tomonga qaratib to’g’rilanadi.
Ko'rinmani cho'ntak xaltaga universal mashinada bostirma chok bilan
ulanadi. Bunda, uning qirqimlarini 0,7 sm kenglikda ichkariga bukib, uning
bukilgan ziyidan 0,1-0,2 sm narida baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator yuritish
uchun esa cho'ntak xalta bilan ko'rinmaning yuqori qirqimlari bir-biriga
to’g’rilanib, juftlanadi.
28 – rasm
. Old o’blakni
qirqib cho’ntak
og’zi hosil qilish
29 – rasm.
Qopqoqli
va ostki ziyi ramkali
cho’ntak tikish
30 – rasm.
Qopqoqli
va ziyi kantli cho’ntak
tikish
Old bo'lakdagi vitochkalarni tikib va dazmollab bo'lgandan keyin,
cho'ntak qo'yiladigan joylarni yordamchi andaza bo'yicha uchta chiziq
(uzunasuga 1 ta va ko'ndalanggiga 2 ta chiziq) o'tkazib belgilab olinadi. Gulli
yoki yo'l-yo'l gazlamalarda cho'ntak bilan old bo'lak guli yoki yo'li to’g’ri
keladigan qilib belgilanadi. Qopqog'i old bo'lakka ulanadigan chiziq cho'ntak
qopqoq astarida andaza bo'yicha olinadi.
39
Old bo'lakning teskari tomoniga bo'ylama qo'yib, uni old bo'lakka maxsus
mashinada ko'klanadi. Bunda belgilangan chiziq b o'ylab yuritilgan baxyaqator
bo'ylama enining o'rtasidan o'tishi, bo'ylamaning bir uchi bort qotirmaning
qirqimidan 2 sm o'tishi, 2 uchi esa yon qirqimiga yetishi kerak. Ko'klamaslik
uchun, bir tomoniga yelim kukun sepilgan bo'ylama ishlatish mumkin.
Cho'ntakni bo'ylamasiz ham tiksa bo'ladi. Bunda ,cho'ntak xaltaning o'rish
iplari cho'ntak og'zi chizig'iga parallel turishi kerak.
Cho'ntakqopqoq old bo'lakning o'ngiga ulanadi. Bunda qopqoqdagi va old
bo'lakdagi belgi chiziqlarni, qopqoqning old qismidagi va old bo'lakdagi gullar
yoki yo'llar bir-biriga to’g’rilanib, qopqoqning ishlanmagan qirqimi kiyimning
past tomoniga qaratib qo'yib ulanadi. Cho'ntak xaltaga ulangan mag'izining
o'nggi old bo'lak o'nggiga qaratib qo'yilib, uni mashinada 0,5-0,6 sm
kenglikdagi chok solib tikish bilan bir vaqtda ,cho'ntak qopqoq ulangan
baxyaqator bilan mag'izni ulayotgan baxyaqator oralig'ida old bo'lak
baxyaqatorlarning ikki tomonidagi uchlariga 1 sm dan yotqizmay qirqilib
(mag'izni ulagan baxyaqatorlarning ikkki uchi cho'ntak qopqoqning yon
tomonlari to’g’risida bo'lishi kerak), ko'ndalang kesim hosil qilinadi. Keyin old
bo'lak ko'ndalang kesim uchlaridan boshlab baxyaqatorlar tomonga, ularga 0,1
sm yetkazmay qiyalatib qirqiladi. Cho'ntak xalta teskari ag'darilib, qopqoq
bilan mag'izni ulagan choklar to’g’rilanadi. Mag'iz ulangan chokni yorib
to’g’rilanadi. Modelda mo'ljallangan kenglikda ramka qilib, cho'ntakning bu
ostki ziyi o'nggi tomondan mag'iz ulangan chok ustidan baxyaqator yuritiladi.
Agar, cho'ntakning ostki ziyini kantli qilinadigan bo'lsa, uni mag'izdan 0,3
sm kenglikdagi kant hosil qilib ko'klanadi. Modelda mo'ljallangan baxyaqator
yuritiladi. Modelga qarab, mag'izni ikki buklangan holda ulash ham mumkin.
Bunda mag'izning ziyini mag'iz teskari tomoniga ramkaning enidan 0,5 - 0,7
sm kengroq qilib bukiladi. Cho'ntak qopqoq ulangan baxyaqator bilan mag'iz
ulangan baxyaqator orasida tayyor ramka kengligiga teng joy qoldiriladi.
Cho'ntak qopqoq va mag'izni ulab olgandan keyin ko'rinma ulangan
cho'ntak xalta cheti cho'ntak qopqoq ulangan chokka ulanib, cho'ntak xalta
40
yonlari tikiladi. Ayni vaqtda mag'iz tortibroq turib va qiyalanib, qirqilgan
burchaklarini to’g’rilab turib, og'zining ikki uchini ikkita qaytma baxyaqator
bilan mahkamlanadi. Cho'ntak dazmol yoki pressda dazmollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |