19
1. Ustki va ostki yoqani birlashtirish sxemasini chizing.
2. Ko’tarmasi va qaytarmasi yaxlit bichilgan yoqani
tayyorlash ketma-ketligini
tuzing.
Mavzu:3 Erkaklar ko’ylagi yenglarilarini tikish.
Dars maqsadi:
Erkaklar ko’ylagi yenglari turlari va ularga ishlov berish
texnologiyasini o’rganish.
Tayanch iboralar:
yeng o’mizi, o’tqazma yeng, reglan yeng, manjet.
Reja:
1. Yeng turlari va yeng uchlarini tikish usullari.
2 Yenglar taqilmalarini tikish.
3 Manjet tikish va yengga ulash
4 Yengni yeng o’miziga o’tkazish.
5 Yengsiz ko’ylaklarning yeng o’mizini
tikish
Ko’ylaklar bichimi yeng konstruktsiyasi tuzilishiga va yeng o’mizining
o’yilishiga qarab o’tqazma yengli, reglan yengli, ort va old bo’laklari bilan
yaxlit bichilgan yengli bo’lishi mumkin. Yenglar tor, keng, yeng uchi ulanma,
20
qaytarma
manjetli, manjetsiz, terib burma hosil qilingan, taqilmali, uzun, kalta
bo’lishi mumkin. Ular bir, ikki va uch chokli bo’ladi.
Bir choklining choki
ostki tomonda, 2 choklining yeng oldi va tirsak chokli yoki ustki o’rta chok va
ostki chokli bo’ladi.
Bukib tikiladigan yeng uchlari andaza yordamida bo’rlanadi. Yeng
uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm. bukilib va bukish chiziq’i bo’ylab yana
bukib 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi ( a ). Ipak va jun gazlamadan
tikilgan bo’lsa yopik qirqimli qilib yashirin baxyali
mashinada bukib tikiladi
(b). Yeng uchi qaytarmali bo’lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar
ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi
chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko’klanadi, yoki ko’klanmay
maxsus igna bilan qadab qo’yiladi. Bukish haqi 0,5-0,7 sm.
kenglikda
teskariga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi ( v ).
Yeng uchida bukish haqi qoldirmay bichiladigan yenglarning uchiga
maq’iz qo’yib tikiladi. Maq’iz aq’darma chok bilan yeng uchiga tikiladi, chok
haqi maq’iz
tomonga qaytarilib, aq’darma chokdan 0,1-0,2 sm. oraliqda
maq’izga bostirib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo’lsa ochiq qirqimi
yo’rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashinada tikiladi ( g ). Yeng uchini
maq’iz
chok bilan tikishda, maq’iz buklagich yordamida bukilib, 1 ta
baxyaqator bilan tikiladi (d). Yeng uchiga elastik tasma qo’yilsa,
yeng uchi
yopiq qirqimli qilib bukilib, bir yula ichiga elastik tasma qo’yib tikiladi (e).
Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama
yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. bukilib, bostirib tikiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: