Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib


chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza



Download 278,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana22.03.2022
Hajmi278,61 Kb.
#505951
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib bor

chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza
) ona tilidagi
tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.
Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida
qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi
so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalarning bir-biriga qilgan
iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug‘atiga kiritiladi.
Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish
bilan bog‘liq bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar,
topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha
qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ularning


31
passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga
nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish
jarayonida bolalarning nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha
o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va hodisalar haqida
tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta,
nimcha, sumalak, navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida
yana quyidagilarga e’tibor
berish zarur:
- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan bir guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga
o‘rgatish;
- yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan
izchillikda amalga oshirish;
- bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z
fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli
vaziyatda qo‘llash ehtiyojini uyg‘otish.
Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas
bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning
tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda
bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati
deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi,
so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga
qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga


32
solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri
talaffuz etishni, so‘z va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini,
to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli
balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni,
intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi
va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o‘zida
mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi
rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va
rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish
bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy
komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu
tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik
eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish.
3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa
nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash.
Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi.
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini
boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni
shakllantirish.


33
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan
talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari)
asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish.
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni
so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham,
sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari
uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish.
9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni
mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr
yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq
ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy
buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan,
duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu
tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini
olish, bolani mutaxassis – logopedga yuborishlari uchun zarurdir.
“Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon
etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy
holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan
XULOSA


34
1. Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug‘atlar
dastlab maktablar uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari hisoblangan,
ya’ni ilk lug‘at namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy
o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan. Keyinchalik lug‘atchilik rivoji bilan
ularning qamrovi kengaygan.
2. Bugungi zamonning murakkab manzarasi ta’lim oldida ham qator
muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-
barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng
zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumotni yetkazmasa,
ko‘zlangan natijaga erishishi qiyin.
3. Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish
oson kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning
o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi.
4. Ta’limiy maktab lug‘atlari o‘quvchining yoshi, qiziqishi,
dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini o‘ziga jalb qila oladi, u kerakli
ma’lumotni tez va qulay topish vositasi hisoblanadi.
5. Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat
yordamchisi, so‘z zahirasini boyitadigan manba, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri
talaffuz, so‘z tanlash mahoratini oshiradigan bebaho xazinadir. Lug‘at
beradigan yordamni o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa
kishisidan ham olishi mumkin, biroq ularning hech qaysisi bolaning
lug‘atchalik boy doimiy hamrohi bo‘la olmaydi.
Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish,
imlo, badiiy asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga
o‘xshash tilimizda mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman,
nafaqat yozma, balki og‘zaki savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan


35
hisoblanadi. O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni
ajratish (palata, palla, oqibat, rasta, banda, sandal, pilla va h.), ular
orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lgan shakldosh-ko‘p ma’noli
so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand, oqlamoq, bitmoq),
talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-nufus, yod-
6. yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash,
juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-
Damaz) va boshqa shu kabi topshiriqlarni bajarish samaradorligi
o‘quvchining o‘z ona tilisi lug‘at boyligini qay darajada o‘zlashtirgani,
o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan belgilanadi. Bunda esa unga axborot
banklari – lug‘atlar yordamga keladi.

Download 278,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish