1-Topshiriq (natijalar 1-oraliqda aks etadi) 1. O’zbekistonda yirik sanoat korxonalaridan birining xavfsizligini ta’minlashni
maqsadi, vazifalari va tamoyillarini tizimlashtiring. Ushbu sanoat korxonasining
xavfsizligini ta’minlashni tashkil qilish va boshqarish tizimi samaradorligini
baholang.
2. Siz yashayotgan hududda korxona (firma)ning tijorat siri va uni himoyalash
mexanizmi samaradorligini baholang. Tahlil uchun SWOT metodidan foydalaning.
3. Hududda korxonaning iqtisodiy manfaatlari va faoliyat qoidalariga asoslangan
“iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi” shakllantiring. “Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi”
shakllantirish jarayoni rasm ko’rinishida amalga oshiriladi.
4. Hududda korxona iqtisodiy xavfsizligiga ekzogen va endogen tahdidlarni
guruhlang. Guruhlash jarayoni ko’p o’lchamli guruhlashga asoslanadi.
5. Hududda sanoat xavsizligini ta’minlash tizimini baholang. Tahlil uchun SWOT
metodidan foydalaning.
6. Hududda ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari faoliyatini dinamik tahlil asosida
baholang. Baholash jarayoni 5 yillik statistik ko’rsatkichlarga asoslanadi. Tahlil
uchun to’plamga kamida 5 ta ko’rsatkich kiritilinadi.
7. Mamlakatning ichki mehnat taqsimotida hudud salohiyatini baholang. Baholash
uchun ko’rsatkichlar erkin tanlab olinadi.
8. Hududda sanoatni rivojlantirish istiqbollariga doir chora-tadbirlar tizimini
asoslab bering.
9. Hududda energetika xavfsizligi va uni ta’minlash yo‘nalishlarini baholang.
10. Aholining muhim kundalik iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabi va uni
qondirishga asoslangan ko’rsatkichlar yordamida narx indeksini baholang. Hududda
narxlar o’zgarish su’rati dinamik tahlil asosida baholanadi.
11. O‘zbekiston agrosanoat kompleksining rivojlanish jarayonlariga doir muammo
va yutuqlarini toifalash jadvali metodi yirdamida izohlab bering.
12. O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligining iqtisodiy ahamiyati va uni
ta’minlashga doir qanday ustuvor muammolar mavjud.
13. Agrar siyosatning aholi farovonligi va iste’mol darajasini oshirishdagi o’rnini
baholab bering. Baholash jarayonida ko’rsatkichlarni shakllantirishni asoslang.
14. Hududlarda moliyaviy resurslarni maqsadli yo‘naltirish jarayonini moliya
muassasalarining iqtisodiy manfaatlariga qanday muvofiqlashtirish mumkin.
Shaxsiy fikringizni asoslab bering.
15. Pul tizimi komponentlariga asosan hududda pul muomalasini tashkil etish
jarayonini baholang. Baholash jarayoni moliyaviy tizim va iqtisodiy xavfsizlik
ko’rsatkichlariga asoslanishi shart.