Tarixiy geografiya va kartografiya


Mahalliy davlat hokimiyati organlari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/99
Sana20.03.2022
Hajmi2,47 Mb.
#504111
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
1tarixiygeografiyakartografiyapdf

Mahalliy davlat hokimiyati organlari. 
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarda 
(tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shunugdek, shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari 
hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolaming manfaatlarini 
ko'zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalami hal etadilar.
Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
asoslari 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining XXI bobida belgilab berilgan. 
Sud hokimiyati. 
O`zbekiston Respublikasida sud hokimiyati un va ijro 
hokimiyati, siyosiy partiya, boshqa jamoat birlashmalaridan qat‘iy nazar faohyat 
ko‘rsatadi. O`zbekiston Respublikasida sudlaming faoliyati “Sudlar to’g’risida” 
(2000 yil 14 dekabrdagi yangi tahriri)gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni 
bilan tartibga solinadi. 
O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy 
sudi, O`zbekiston Respublikasining Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasining Ohy 
xo’jalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va 
Toshkent shahrining sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo,
tuman(shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman(shahar) sudlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent 
shahrining xo‘jalik sudlari, harbiy sudlar mavjud. 
O'zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning 
ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. 
Umumiy yurisdiktsiya sudlariga O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, 
fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman(shahar) sudi. Jinoyat ishlari 
bo‘yicha tuman(shahar) sudi, harbiy sudlar kiradi. O'zbekiston Respublikasining 
Oliy xo'jalik sudi xo'jalik sudlovi doirasining oliy sudlov hokimiyati organidir. 
4. Respublikaning aholi geografiyasi 
O'zbekiston aholisi 2002 yil boshida 25,2 millionga teng bo'lgan. Agar 
O'rta Osiyo tarkibiga kirgan to'rt davlat O'zbekiston, Turkmaniston, Qirg'iziston, 
Tojikiston hamda Qozog'istonda yashovchi jami aholini 100 foiz deb oladigan 
bo'lsak, birgina O`zbekistonda uning qariyb yarmi istiqomat qiladi. MDH 
davlatlari ichida O`zbekiston aholisi soni jihatidan faqat Rossiya va Ukrainadan 
keyin uchinchi o‘rinda turadi. 


106 
Mamlakatimiz aholisi yiliga qariyb 450 ming kishiga ko'paymoqda. Oxirgi 
100 yilning 60 yili ichida respublika aholisi 2 marta ko‘paygan bo'lsa, keyingi 2 
marta ko'payish uchun 23 yil kerak bo'ldi. Bundan keyin tug'ilish darajasining bir 
oz pasayib borayotganligini e’tiborga oladigan bo'lsak, aholini 2 marta ko'payishi 
uchun hisob-kitoblarga qaraganda 33 yil kerak bo'ladi. 
Respublika aholisi o‘sish sur’atlarining boshqa mintaqalarga nisbatan 
muttasil tarzda ildamroq borishi MDH davlatlari aholisining umumiy sonida 
respublikamiz salmog‘i muntazam ravishda ortib borayotganida yaqqol 
ko'rinmoqda. Masalan, 1926 yih O`zbekiston aholisi hozirgi MDH mamlakatlari 
aholisining 3 foizidan sal ko‘prog‘ini tashkil etgan bo‘lsa, endilikda bu ko'rsatkich 
7 foizdan oshib ketdi. 
O'zbekistonda, ayniqsa, qishloq aholisi tez o‘smoqda. Bu hoi asosan, 
qishloqda tug‘ilishning yuqoriligi bilan ifodalanib, respublikamiz uchun xos 
bo'Igan xususiyat sanaladi. 1940 yildan to 2002 yilgacha bo‘lgan davr ichida 
qishloq aholisining soni uch martadan ko‘proq oshdi (1940 yildagi 4945 mingdan 
2002 yilgi 15854 minggacha). 
0‘zbekiston hududlari bo‘ylab aholi notekis joylashgan. Aholining o‘rtacha 
zichligi jihatidan mamlakatimiz MDH tarkibidagi qator davlatlar, jumladan O`rta 
Osiyo respublikalari va Qozog‘istondan oldinda turadi. O`zbekistonda aholi 
sonining yil sayin tez ortib borishi tufayli, har bir kvadrat kilometr maydonga 
to‘g‘ri keladigan aholi zichligi ham ortib bormoqda.
1999 yili O`zbekistonda aholining o'rtacha zichligi har bir kvadrat 
kilometrga 46, 3 kishini tashkil etgan boTsa, hozirgi kunga kelib bu raqam 56 
kishidan ortib ketdi. Ma’lumki, aholi zichligining o‘zgarib borishi asosan aholi 
sonining o'zgarishi bilan bog‘liq. 
Ammo aholi zichligi bo'yicha respublika hududlari bir-biridan farq qiladi. Bu, eng 
awalo, O`zbekistonning xilma-xil tabiiy- iqlimiy sharoitlari bilan, ya’ni 
respublikada suvsiz qum cho‘llari,. go'zal vohalar, tog‘li hududlar mavjudligi 
bilan bog‘liq. 
Aholining asosiy qismi yashash uchun qator qulayliklarga ega boTgan 
vohalarda ko‘proq joylashgan. Masalan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida respublika 
aholisining uchdan biriga yaqini istiqomat qiladi. Holbuki maydoni jihatidan bu 
mintaqa respublikaning bor-yo‘g‘i 4 foizdan ko‘proq qismini egallaydi, xolos. 
Respublikamizning qumliklardan iborat iborat bo‘lgan g‘arbiy hududlarida 
aholi zichligi juda past, ya’ni u yerlarda aholi kam yashaydi. Masalan, 


107 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi zichligi har bir kvadrat kilometr 
maydonga 9 kishiga, Navoiy viloyatida esa undan ham kam — 
7 kishiga to‘g‘ri keladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholi juda zich 
joylashgan. Andijon viloyatida har bir kvadrat kilometr maydonga 536,5, 
Farg‘ona viloyatida esa 409,2 kishi to‘g‘ri keladi. 
O`zbekiston — ko‘p millatli davlat. Hozirgi kunda respub- likamizda 100 
dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini mahalliy xalq 
— o‘zbeklar tashldl etadi. Ularning umumiy aholi sonidagi salmog'i yil sayin ortib 
bormoqda. 
0‘zbekiston aholisining deyarli yarmini 20 yoshgacha bolgan yoshlar tashkil 
etadi. 55 va undan yuqori yoshdagi kishilar jami aholining 8 foiziga teng. 
Jinsiy tarkibda ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Hozirgi kunda umumiy 
aholi orasida ayollar salmog‘i qariyb 50,1 foizni tashkil etadi. Keyingi yillarda 
aholining jinsiy tarkibida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, ya’ni erkaklar soni 
bilan ayollar soni orasidagi farq asta-sekin kamayib bormoqda. Masalan, 1980 yil 
ma’lumotlari bo‘yicha O`zbekistonda ayollar erkaklarga nisbatan 268 ming ko‘p 
bo‘lgan bo‘lsa, 2002 yilga kelib, bu raqam 60,6 mingga tushib qoldi. 
Mamlakatimizda hozir har ming erkakka 1006 ayol to‘g‘ri keladi. Ayollar soni 
bilan erkaklar sonining asta-sekin bir-biriga yaqinlashib borishi ko‘p tomondan 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
5. Sanoat va qishloq xo‘jaligi geografiyasi 
0‘zbekiston sanoatida yetakchi o‘rinni og‘ir sanoat egallaydi. Ma’lumki, bu 
sanoat tarmog‘iga yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish 
materiallari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kiradi. Mamlakat jami sanoatining 2/ 3 
qismini deyarli og‘ir sanoat tarmoqlari tashkil etadi. Og‘ir sanoat xalq 
xo‘jaligining qator tarmoqlarini yangi texnika jihozlari bilan ta’minlaydi hamda 
sanoat, trasport va qishloq xo'jaligini qayta qurishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ammo og‘ir sanoat faoliyati bu ishlar bilangina chegaralanmaydi.
Uning asosiy maqsadi barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini har tomonlama 
rivojlantirish, iste’mol mollarini ko‘plab tayyorlashdan iborat. Bir so‘z bilan 
aytganda, eng muhim hisoblangan og‘ir sanoat yengil, oziq-ovqat sanoatlari va 
qishloq xo'jaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish negizlarini mustahkamlashga olib 
keladi. 


108 
O`zbekiston sanoatida mashinasozlik asosiy tamoqlardan hisoblanadi. Bu 
sanoat tarmog‘i xalq xo‘jaligining qator tar- moqlarini texnik jihatdan qaytadan 
jihozlash asosi bo‘lib hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati korxonalarida qator 
yangi materiallar, mexanizmlar, asbob-anjomlar tayyorlanadi. Ular jumlasiga turli 
xil paxta teruvchi mashinalar, paxta chigitini aniq ekadigan 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish