Pana joy (panagoh)
Saqlanish joyiga germetik berkiladigan inshootlar kiradi. Ular hajmi bo‘yicha
kichik (150 kishigacha sig‘im), o‘rtacha (150-450 kishi) va katta (450 kishidan ko‘p)
turlarga bo‘linadi.
Saqlanish joylari yadro portlashlarning barcha faktorlaridan (to‘lqin zarbasi,
yorug‘lik nurlanishi, o‘tuvchi radiatsiya va joyni radiaktiv zararlash) muhofazalashi
kerak. Saqlash joylari muhofazalash xususiyati bo‘yicha sinflarga bo‘linadi (5.11-
jadval). Odamlarni muhofazalash uchun asosan A- IV sinfi qo‘llaniladi.
5.7-rasm. Odamlarni uzoq muddatga saqlash uchun saqlash joyi sxemasi.
1 – germetik himoyali eshik; 2 – shlyuzli kamera (tambur); 3 – sanitar-oqartuv qism;
4 – odamlarni joylashtirish asosiy qismi; 5 – avariya chiqish yo‘li; 6 – filtrlovchi
qism; 7 – tibbiy xona; 8 – oziq-ovqat saqlash joyi.
Saqlanish joyi devor va tomyopmalari, mustahkamligi er usti portlashining zarba
to‘lqin kuchiga hisoblanadi, tuzilmalar va qurilish materiallari zichligi o‘tuvchi
radiatsiya va radioaktiv zararlanishlar, shamollatish qurilmalari berilayotgan
134
havoning sifati va oqimini ta’minlashi kerak. Joyning balandligi 220 sm dan, yuzasi
va hajmi bir kishiga talluqli ravishda 0,5 m
2
va 1,5 m
3
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Saqlash joyining shipi (potolok) suvoq qilinmaydi. Saqlash joyiga kirishlar soni va
o‘lchami 200 kishiga 80×180 sm yoki 300 kishiga 120×200 sm bo‘lishi kerak.
5.11-jadval. Saqlash inshootlari sinfi
Sinf
Zarba to‘lqini fronti bosimi, ΔR
F
,
kgk/sm
2
Kamayish koeffitsienti
A-I
5
5000
A-II
3
3000
A-III
2
2000
A-IV
1
1000
A-V
0,5
300
600 kishidan oshiq saqlash joylarida bitta kirish yo‘lidan qo‘shimcha kiritish
ko‘zda tutiladi, u germetik himoyalangan bo‘lishi, boshqa kiritish eshiklari
yopilganda odamlarni kiritishni ta’minlashi kerak. Avariya chiqish joyi erosti
tuzilishga ega bo‘lishi kerak. O‘lchami 90×100 sm bo‘lib ko‘milmaydigan,
yopilmaydigan hududga tik shaxta orqali chiqishi kerak. Shaxta og‘zi 60×80 sm
o‘lchamli bo‘lib chiqish joyiga ichkari ochiladigan metall panjara o‘rnatiladi. Chiqish
joyi atrofdagi eng yaqin bino yoki inshootdan kamida
L
= 0,5
H
+ 3 m (
H-eng yaqin
bino yoki inshoot baladligi, m)
masofada joylashadi.
Saqlash joylari odamlar turgan joydan (korxona, aholi yashash joyi, va b.) 300-
400 metrdan oshmasligi kerak. Aholida qurilgan saqlash joylarida avariya chiqish
joylari bo‘lmasligi mumkin.
Saqlash joylarining zich joylashishida unga kiritilayotgan havoning
cheklanganligini, hosil bo‘layotgan namlik, issiqlik va karbonat angidrid gazini
hisobga olib saqlash inshootlari havo ta’minoti, oqova, energiya ta’minoti va boshqa
sanitar gigienik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Saqlash inshootlari doimiy va o‘zgaruvchan havoli bo‘ladi. Birinchisida filtrlash
qurilmasi bo‘ladi va ikkinchisida qurilmasiz bo‘ladi.
Muhofaza inshootlarida shamollatish quyidagi shamollatish tartibi qo‘llaniladi:
-filtrli shamollatish - atmosfera radioaktiv moddalar bilan zararlangan yoki
yuqumli kasallik tarqalish o‘chog‘ida agregatni ishga tushiriladi;
135
-faqat shamollatish – odamlarni zararlanish xavfi bo‘lmaganda, radiaktiv
moddalar to‘liq cho‘kkanda agregat o‘chiriladi;
-to‘liq muhofaza - agregatni o‘chiriladi, rejim er usti va erda yadro
portlashidan 40-50 minut o‘tganda qo‘llaniladi;
-tiklash (regeneratsiya) - saqlash joyida katta hajmli tiklash qurilmasi ishga
tushiriladi, u bilan karbonat angidirid gazi yutiladi, havoni kislorod bilan boyitiladi;
O‘rtacha kattalikdagi odam tinch - osoyishta holatda soatiga o‘rtacha 75 kkal
energiya ajratadi. Odamdan namlik ajralishini quyidagi formula bilan hisoblash
mumkin
d
= 7(
t
–15)
(5.11)
bu erda:
t-
atrof muhit harorati, °C.
Odam tinch holatda soatiga 11,2 litr kislorod istemol qiladi, shunda 11,2 litr
karbonat angidirid ajraladi. Boshqa barcha sharoitlarda saqlash inshootlaridagi odam
soatiga 24 litr kislorod istemol qilib 21 litr karbonat angidirid (SO
2
) ajraladi. Saqlash
inshootlarini hajm bo‘yicha me’yorini hisobga olganda 2-2,5 soat bo‘lish vaqtida SO
2
miqdori 3-4% ga etadi. Karbonat angidrid gazining chegaraviy miqdorgacha o‘sish
darajasi quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin:
B
V
C
t
=
100
(5.12)
bu erda:
С-
chegaraviy chidash konsentratsiyasi (СO
2
uchun ≈ 3);
V
–bir kishiga to‘g‘ri keladigan yopiq bino hajmi, m
3
;
В – odamdan ajraladigan gaz miqdori (СO
2
uchun≈ 11,2 - 21 l/soat).
Yuqorida belgilanganlarga qarab vaziyatdan kelib chiqib filtr shamollatish
agregati uchun quyidagilar belgilanadi:
-zararlanish yo‘q vaqtida bir kishiga 7-20 m
3
/soat tezlikda havo berish bilan
bo‘lish vaqti (5.12-jadval) jadvalda berilgan;
-havo ifloslanganda filtr shamollatish rejimi 2 m
3
/soat tezlikda bo‘ladi;
-
to‘liq himoyalangan rejim – radiatsion avariya yoki yadro portlashi vaqtida
shamollatish tizimi 1 soatga o‘chiriladi va germetik klapanlar yopiladi.
Saqlash inshootlarida ichimlik va gigienik maqsadda foydalanish uchun 1
kishiga maqsadda 3,5-4 litr/sutka, unitaz va yuvinishni hisobga olib 16-20 litr/sutka
hisoblanadi.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |