O‘tkir nur kasalligining yashirin davri.
Bu fazaning davomliligi kasallikning
og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘lib 1-4 xafta davom etadi. Yashirin davr o‘tkir nur
70
kasalligi ogir formalarida bir necha kungacha qisqaradi, 10 Gr-dan ortiq dozalarda
umuman kuzatilmasligi mumkin. Bu fazada kasallikning tashqi belgilari yuqoladi va
bemor go‘yo sog‘aygandek bo‘ladi. Ammo qonni tekshirish kasallikning
rivojlanishda davom etayotganini ko‘rsatadi. Birinchi davrda kuzatilgan neytrofil
leykotsitoz bu fazada leykopeniya bilan almashinadi. Keyinroq trombopeniya,
retikulopeniya yuzaga keladi, limfopeniya saqlanadi. Suyak ko‘migida aplaziya,
ayollarda tuxumdonda atrofiya, spermatogenezning susayishi yuzaga keladi.
O
‘
tkir nur kasalligi klinik alomatlari rivojlangan fazasi.
Bu fazada bemorning
ahvoli qaytadan yomonlashadi, harorat ko‘tariladi, yurak urishi tezlashadi, kuchli
darmonsizlik paydo bo‘ladi. Kasallikning klinikasi gemorragik, pansitopenik sindrom
va infeksion asoratlarning belgilaridan iborat bo‘ladi.
Gemorragik sindrom, bu fazada rivojlanadigan trombopeniya, qon tomirlar
devorining o‘tkazuvchanligining ortishi va qon ivishining biokimyoviy omillari-
protrombin, fibrinogen va boshqa faktorlar etishmovchiligi tufayli yuzaga keladi.
Teri, shilliq pardalar, me’da-ichak trakti, o‘pka, yurak, miya va boshqa a’zolarda turli
kattalikda qon kuyulishlar yuzaga keladi va kasallikning bu fazasida bemorlarning
o‘lish sabablaridan biri hisoblanadi.
Bu faza uchun ikkinchi tur xarakterli o‘zgarishlar: periferik qonda leykotsitlar
umumiy
sonining
kamayib
ketishi,
neytropeniya,
absolyut
limfopeniya,
trombopeniya, retikulopeniya va asta-sekin eritropeniya yuzaga keladi.
O‘tkir nur kasalligi og‘ir formalarida suyak ko’migi hujayralarining go‘yoki
qirilib ketishi, kasallikning engilroq formalarida kumuk va limfa tugunlarda
regeneratsiya alomatlari kuzatiladi. Organizmda qator biokimyoviy o‘zgarishlar–
gipoproteinemiya, gipoalbuminemiya, qonda azot qoldig‘ining ortishi, xloridlarning
kamayishi, modda almashinishining xamma turlarning buzilishi, ishtaxasizlik, ich
ketishi, bularning natijasida oriqlab ketish ro‘y beradi. Qon ishlab chiqarishning
aplaziyasi, jigar, buyrak va boshqa a’zolar funksiyasini buzilishi, o‘limga olib
keluvchi ikkinchi asosiy sabab hisoblanadi.
Nur ta’sirid a ro‘y bergan leykopeniya, limfotsitopeniya, teri shilliq pardalarning
to‘sik (barer) funksiyasining buzilishi, immunitetning xujayra va gumoral
faktorlarining kuchsizlanishi infeksion asoratlar – stomotitlar, tonzillitlar, gastro-
entero-kolit, pnevmaniya va boshqa infeksion kasalliklarni yuzaga keltiradi.
Organizmda bakterimiya va sepsis yuzaga keladi. Infeksion asoratlar kasallikning bu
fazasida o‘limga olib keluvchi asosiy faktorlardan yana biri hisoblanadi. Kasallikning
3-fazasi 1-3 xafta davom etadi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |