ONA TILI
1. 1) tiniqlashmoq; 2) terlamoq; 3) ta’riflamoq;
4)turlanmoq; 5) rivojlanmoq; 6) zidlamoq. Asosi
shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lmagan so’zlarni
aniqlang.
A) 2,5 B) 2,4,5 C) 3,5,6 D) 1,4,6
2. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan
so’z mavjud?
A) Yoz kunlarida qarovsiz suv havzalarida yuvunish,
qaynatilmagan suvni iste’mol qilish turli yuqumli
kasalliklarni keltirib chiqaradi.
B) Ilmning foydasini ta’riflagan bilan ado qilish
mumkin emas.
C) Boburning o’z hayoti to’g’risida bunchalik
ochiqchasiga yozgani Xondamir uchun ajablanarli hol
edi.
D) Posbon uxlagach, navkar Mirzo Ulug’bekni
yashirincha olib chiqmoqchi edi..
3. Qaysi gap imlosida fonetik hodisa kuzatilmaydi?
A) Milliy g’ururi, milliy iftixori baland millatni yengib
bo’lmaydi.
B) Elmurod bu gaplarni undan eshitganda xuddi sassiq
bir narsadan hazar qilganday jirkandi.
C) Nizomjon nima deyishini bilolmay ayvonga o’rin
sola boshlagandi.
D) Qo’mondonning buyrug’i bilan uchala o’g’ildan bir
ekipaj tashkil etilibdi
4. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan
so’z qatnashgan javobni toping.
A) ko’p, ancha , mo’l, xiyol
B) tushunmoq, anglamoq,fahmlamoq, ilg’amoq
C) chiroyli, go’zal, suluv, barno
D) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna
5. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni
ikkita?
A) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin,
zinxor minnat qilma.
B) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-
faryot ko’tarilib qoldi.
C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib
yuborgan edi.
D) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-
cheva bor edi.
6. Qaysi javobdagi gaplar juftligida belgilangan so’zlar
asosdosh so’zlar hisoblanadi?
A) Kechki ovqatni yemasligini aytdi. Birov suv
topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi
kechgani.
B) Bog’bon gullarni avaylab parvarish qildi.
Qoplarning og’zini bog’lab qo’ydi.
C) Yoshlik-inson umrining eng go’zal pallasi. Uning
yoshli ko’zlarini, g’amgin yuzini unuta olmas edim.
D) Bu yerdagi toshli tuproqni ko’chirish oson
bo’lmadi. Mashina soydagi toshloqdan o’ziga yo’l
ochib keta boshladi.
7. Berilgan qaysi juftlikda o’zaro shakldosh
qo’shimchalar ishtirok etmagan?
A) oylab-yuzlab B) chamalab-o’ylab
C) minglab-haftalab D) millionlab-soatlab
8. Paronim bilan bog’liq xatolik mavjud bo’lgan gapni
aniqlang.
A) Kechalar uyqusiz sher yod olganim Tonggi ufqdagi
yolqinlar aytsin.
B) O’zga yurtda shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado
bo’l.
C) Sen chindan ham go’zalsan, Huzuringga keldim
bot.
D) Uch og’a-ini shu tarzda ahil yashay boshlabdi.
9. Tarkibida lablangan tor unli qatnashgan qo’shma
sifat ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Insofli va samimiy insonlar bilan bu ko’hna dunyo
obod.
B) “Toshbag’ir odamdan yaxshilik kutma”,- deydi
dono xalqimiz.
C) Namoz Ochilov- qirqni qoralagan, bo’ydor,
bug’doyrang yigit.
D) Beshiktervatar issiq iqlimli mamlakatlarda keng
tarqalgan yirtqich hasharot hisoblanadi.
10. Qaysi so’zlar juftligi tub va yasama so’zlarga
mansub bo’la oladi?
A) olma (meva)- olma ( harakat bildiruvchi so’z)
B) sozlar ( musiqa asboblari)- sozlar ( harakat
bildiruvchi so’z)
C) kechik ( daryoning kechuv joyi)- kechik ( harakat
bildiruvchi so’z)
D) bo’g’ma ( kasallik nomi)- bo’g’ma ( belgi-
xususiyat bildiruvchi so’z)
11. Berilgan so’zlardan nechtasida tutuq belgisi
qo’yilishi kerak?
1) ma…shuqa; 2) ma…ruza; 3) ma…raka;
4) ta…ssurot; 5) iste…hzo; 6) iste…mol
A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta
12. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar
birikmasi ishtirok etmagan so’zlarni aniqlang.
1) dengiz; 2) konga; 3) shtanga; 4) kengaygan;
5) so’nggi; 6) bugungi.
A) 2,3,5,6 B) 2,3,6 C) 1,3,4,6 D) 1,2,4,5
13. Qaysi javobdagi birlik nutqimizda so’z birikmasi
ham bo’lib keladi?
A) yostig’ini quritmoq B) ishtahasi karnay
C) ko’nglida kiri yo’q D) dilidan o’tkazmoq
14. Tiniq osmon o’zining bor go’zalligi va malohatini
cheksiz balandliklardan ulug’vorlik bilan bizga ko’z-
ko’z qilib turar edi. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi
qo’shimcha bor?
A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta
15. Qismlari kelishik qo’shimchasi yordamida
bog’langan fe’lli so’z birikmalarini aniqlang.
A) shaharga bormoq, ozoda kiyinmoq
B) qo’qqisdan kulib yubormoq, dod solmoq
C) dalada ishlamoq, ukasiga gapirmoq
D) ko’ngliga solmoq, qo’lga kiritmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |