Qurilishda menejment



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

 


4.
Tadbirkorlikning xuquq va majburiyatlari
Tadbirkorlik bozor iktisodietiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshkacha aytganda, 
u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni 
ishlab chikarish va ayirboshlashni tashkil etish buyicha mulkdorlarning yoki ular 
vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. ―Tadbirkorlik va tadbirkorlar 
faoliyatini 
kafolatlash 
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida 
tadbirkorlikka kuyidagicha ta‘rif berilgan: ―Tadbirkorlik-mulkchilik sub‘ektlarining 
foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi 
qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir‖. 
Tadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi: 
Birinchidan, tadbirkorlikning sub‘ekti kim bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik 
to‘g‘risidagi Qonunga muvofik balogat eshiga etgan xar bir fukaro uz mulki asosida 
eki mulk egasining vakolati asosida uz ixtier etgan Qonunga zid bulmagan faoliyat 
turi bilan shugullanishi mumkin. 
Ikkinchidan, yukoridagi ta‘rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni 
ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma xil kurinishiga ega. Tadbirkorlik 
faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish moxiyat jixatidan davlat, jamiyat 
axamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir. 
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3
guruxini aloxida ko‘rsatish mumkin: 
1) 
yangi tovar yoki xizmat loyixasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan 
intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi. 
2) 
tovar ishlab chikarishni tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar. 
3) 
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan 
shugullanuvchi tadbirkorlar. 
Uchinchidan, maqsad jixatidan tadbirkorlikning ikki turini: 
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan; 
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muxofazasi, yosh avlod tarbiyasi, soglikni 
saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin. 
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar kuyidagilardan iborat: 
1. 
Shugullanaetgan soxa buyicha ilm, bilimga egaligi. 
2. 
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul kilish buyicha tashabbuskorlik 
kobiliyati. 
3. 
Iqtisodiy jaraenlarni chukur fikrlay olish. 
4. 
Qonunlarga itoatkorligi. 
5. 
Innovatsiyachilikning faolligi. 
6. 
Maqsad sari intiluvchanlik. 
7. 
Tashkilotchilik. 
8. 
Tejamkor bo‘lishi. 


9. 
Uz so‘zining ustidan chikish. 
10. Ruxiy poklik va xalolligi. 
11. Uz jamoasi uchun ko‘rashuvchanlik. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kuyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
1. 
Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iktisodieti sharoitida mulkiy 
munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi: - 

egalik kilish, ya‘ni mulk egasi sifatida mulkka tula xukumronlik kilish: sotish, ijaraga 
berish, xadya etish; 

foydalanib turish, ya‘ni mulk egasining nazorati asosida ma‘lum shart va to‘lov 
evaziga mulkdan vaktincha foydalanish; 

operativ tezkor boshkarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni 
taksimlash va ishlab chikarishni tashkil etish buyicha mulkni boshkarish huquqini 
joriy etish. 
2. 
Tadbirkorlarga uz kobiliyatini tula namoen etish uchun kuyidagi iqtisodiy 
erkinliklarning berilishi. 

maxsulot assortimenti turlarini ava ishlab chikarish usulini tanlash erkinligi; 

xamkorliklarngi mustakil tanlash; 

mablaglarni qonunga zid bulmagan soxalarga mustakil sarflash erkinligi va x.k.; 
3. 
Bozorning ochikligi, ya‘ni tovarlar, sarmoyalar, ma‘lumotlar, ish kuchi, xom ashe 
xarakati uchun sun‘iy goyalarning yukligi. 
4. 
Bozor infratuzilmasining mavjudligi. 
Bunga kuyidagilar kiradi: 

tijorat banklari; 

tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari; 

tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi; 

ma‘lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari; 

ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, 
arbitrajlar va x.k. 
5. 
Tadbirkorlik uchun huququiy kafolatning mavjudligi, ya‘ni tadbirkorlikni 
ximoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi. 
6. 
Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq tulash, tabiiy boyliklardan 
foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xususiy tadbirkorlik, kichik 
biznesni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 
farmonida ko‘rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va urta biznesni rivojlantirish 
asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati
soxasiga kredit resurslarini keng jalb kilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib 
kirish uchun makbul sharoit yaratish maqsadida;
Kichik tadbirkorlik sub‘ektlari kuidagicha belgilangan: 
-mulk shaklidan kat‘iy nazar ishlab chikarish, ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, 
chakana savdo Qishloq xo‘jaligi va boshka ishlab chikarish soxalarida 100 nafardan, 
kichik tadbirkorlik korxonalari bo‘lib hisoblanadi; 


- mulk shaklidan kat‘iy nazar boshqa korxonalarning ishchi va xizmatchilarini 
soni 100 nafardan oshgan tadbirkorlik korxonalari yirik korxonalar hisoblanadilar. 
Xozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik soxasiga 
xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va korxonalar 
tashkil etilib, makbul sharoitlar yaratilmokda.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish