toshvil.uz 3 Elektron onlayn-auksion ishtirokchisi, agar u taklif yuborilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida
operatorga auksion ob’ektini sotib olish istagi yo‘qligi haqida xabar bersa yoki ushbu muddat mobaynida
operatorga sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risida yozma ravishda yoki elektron xat orqali xabar bermasa,
auksion (tanlov) ob’ektini sotib olish rad etilgan deb hisoblanadi.
Elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazilmagan deb topilishi 4.1. Agar:
elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa;
elektron onlayn-auksion ishtirokchilaridan birortasi mulkni auksion jarayonida taklif etilgan narx bo‘yicha
sotib olish istagini bildirmagan bo‘lsa;
elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga faqat bitta ishtirokchi qo‘yilgan va u auksion ob’ektini sotib
olishni rad etgan bo‘lsa, davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha elektron onlayn-auksion bo‘lib o‘tmagan deb
e’tirof etiladi.
Takroriy elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi 5.1. Davlat mulki ob’ektlari va Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha takroriy elektron onlayn-auksion ish
kuni davomida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.
Davlat mulki ob’ektlarining tanlov asosidagi “nol” xarid qiymati bo‘yicha ishtirokchilarning tanlov
takliflarini baholash veb-portal orqali avtomatik tarzda savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnomada
ko‘rsatilgan tanlovlarning sanasi va vaqti kelganda amalga oshiriladi.
5.2. Takroriy elektron onlayn-auksion ikki yoki undan ortiq ishtirokchi bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
5.3. Davlat mulki ob’ektlarining takroriy elektron onlayn-auksionda ishtirok etishi uchun birorta buyurtma
tushmagan bo‘lsa, elektron onlayn-auksion sanasi yana ikki oyga uzaytiriladi.
Bunda elektron onlayn-auksion o‘tkazilish sanasidan boshlab ikki oy mobaynida 15 ish kunida bir marta
davriylik bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.
Ushbu muddat tamom bo‘lgandan so‘ng keyingi kundan boshlab davlat mulki ob’ektlariga bosqichma-
bosqich arzonlashtirish mexanizmi qo‘llanadi va elektron onlayn-auksion boshlang‘ich narxdan 10 foizga
kamaytirilagan holda 15 kunlik muddat bilan 50 foizga yetguncha qadar takroriy elektron onlayn-auksionga
chiqariladi.
5.4. Davlat mulki ob’ektlarining «nol» xarid qiymati bo‘yicha takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun birorta
buyurtma tushmagan bo‘lsa, tanlov yana ikki oyga uzaytiriladi.
Tanlovlar birinchi tanlov o‘tkazilishi sanasidan boshlab ikki oy mobaynida 15 ish kunida bir marta davriylik
bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.
5.5. Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha takroriy elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun birorta
buyurtma tushmagan bo‘lsa, takroriy elektron onlayn-auksion har gal ob’ektni ijaraga berishgacha 15
kunga uzaytiriladi.