Sog„lom odamlardagi bilirubin almashinuvi.
Shuni ta‘kidlash kerakki,
gemoglobin, porfirin va o‗tdagi pigmentlarning almashinuvida o‗zaro va
chambarchas bog‗liqlik bor. O‗tdagi pigmentlar gemoglobin moddasining
oksidlanishi natijasida hosil bo‗ladi, o‗t bilan ajraluvchi bu pigmentlar unga o‗ziga
hos to‗q sariq rang beradi. Bu pigment moddalarga biliverdin (ko‗kimtir rangli),
bilirubin (to‗k sariq, qizg‗ish rangli), urobilinogen (rangsiz), sterkobilin va
urobilinlar kiradi. Insonlarda bilirubin asosan gemoglobin moddasidan hosil
bo‗ladi. Bir kecha-kunduzda retikulo-endotelial to‗qimalarda (qorataloq, jigar va
ilikda), qon tomirlarida aylanuvchi qizil qon tanachalarining 1% gachasi
parchalanadi va shulardan 7,5 g ga yaqin gemoglobin ajraladi. 1 g gemoglobinni
parchalanishidan 34 mg bilirubin hosil bo‗ladi. Keyinchalik gemoglobindan globin
va «gem» dan bilirubin hosil bo‗ladi. Undan tashqari, 15-25% bilirubin «gem»
moddasini o‗zida saqlovchi moddalardan (mioglobin, sitoxromlar va boshqalar)
paydo bo‗ladi. «Gem» dan to bilirubin hosil bo‗lgunchalik bo‗ladigan jarayon
sitoplazmaning membranalarida juda murakkab va o‗zaro bog‗liq reaksiya sifatida
o‗tadi. R.Tcnhunen (1969 y.) ning ilmiy ishi shuni ko‗rsatdiki, gemoksigenaza
fermentining ta‘siri natijasida «gem»dagi tetratsirrol o‗zagidagi alfametin
ko‗prikchasida uzilish ro‗y beradi va natijada verdoglobin degan modda kelib
chiqadi. Verdoglobindan temir moddasining ajralish to‗rtta bir-biri bilan
bog‗langan pirrol halqasidan iborat biliverdin hosil bo‗ladi. Sitoplazmadagi
biliverdinreduktaza fermenti ta‘sirida biliverdindan bilirubin moddasi paydo
bo‗ladi. Bir kecha - kunduzda katta kishilar badanida 100-300 mg xar xil
izomerdagi (IXcc Sha, XPa) bilirubin ishlab chiqiladi. Bunday bilirubin erkin
bilirubin deb ataladi. Makrofaglardan ajralgan bunday bilirubin qon tomirlarida
albumin bilan bog‗lanadi, odatda 1 gr albumin 8,4 mg (14,4 mkmol) bilirubin
bog‗laydi. Albumin bilan bog‗lagan bilirubin, kon‘yugatsiya qilinmagan yoki
135
to‗g‗ri bo‗lmagan bilirubin nomi bilan yuritiladi. Bunday bilirubin odam badani
uchun zararli emas, u miya to‗qimalariga singmaydi, shuning uchun bilirubinga
hos ensefalopatiyani kelib chiqishiga sabab bo‗la olmaydi va buyrak
koptokchalarining membranalaridan ham o‗ta olmaydi. To‗g‗ri bilirubin emas deb
atalishiga sabab, Van-den-Berg reaksiyasidan diazobenzosulfoxlorid (Erlixning
diazoreaktivi) bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri reaksiyaga kirishmaganligi uchun to‗g‗ri
bo‗lmagan bilirubin (nepryamoy) deb nom berilgan. Albumin bilan bog‗lanmagan
bilirubin gematoensefalik to‗siqdan yengil o‗ta oladi, chunki u miya to‗qimalari
pardasidagi fosfolipidlar bilan umumiy birlashma hosil qiladi, markaziy nerv
tizimidagi yadrolarga ta‘sir qilib ularni zararlaydi. Albuminning bilirubin bilan
maksimal bog‗lanish xususiyati juda katta bo‗lib, u qondagi albumin miqdori va u
bilan raqobatlashuvchi moddalarga bog‗liq. Odatda erkin bilirubinning miqdori 1%
dan oshmaydi va albumin miqdori 100 ml plazmada 3 g dan kam bo‗lsa, erkin
bilirubinning miqdori ko‗payib ketadi. Bilirubinning o‗t tarkibiga o‗tish jarayoni
bir necha bosqichlardan iborat. Jigar to‗qimalari tomonidan kon‘yugatsiya
qilinmagan bilirubinni qamrab olishi, bilirubinni qo‗shilishi (konyugatsiyada
ishtiroki) va uni o‗t yo‗liga o‗tishi. Avvalo gepatotsitning sirtiga (vaskulyar
qutbida) bilirubin eltuvchi albumindan ajratadi, so‗ngra erkin bilirubin to‗qima
ichidagi oqsil bilan bog‗lanadi, bu oqsil bilirubinga nisbatan juda kuchli
«qardoshlik» aloqasiga ega va bu birikma sitoplazmatik retikulum membranasidan
tashib o‗tishga qulaylikka ega. Bilirubinning kon‘yugatsiyasining biologik
ahamiyati shundaki, bu birikma suvda erish xususiyatiga ega bo‗ladi. Bu esa
keyinchalik bilirubinni jigar va buyrak orqali ekskretsiya qilinishiga qulaylik
tug‗diradi. Bilirubinni glyukuron kislota bilan esterefikatsiyasi jigar to‗qimasining
mikrosomalarida glyukonat 1-fosfaturidiltransferaza fermenti ta‘sirida o‗tadi,
kofaktor sifatida bu reaksiyada UDF - glyukuron kislota qatnashadi. Avvalo
gepatotsitlarda bilirubin monoglyukuronid hosil bo‗ladi, keyinchalik o‗t
kanalchalarida bilirubin-diglyukuronid hosil bo‗ladi (bilirubinmonoglyukuronidni
2 molekulasidan 1 molekula diglyukuronid hosil bo‗ladi va shu bilan birga 1
molekula
kon‘yugatsiyalanmagan
bilirubin
ham
hosil
bo‗ladi).
136
Konyugatsiyalanmagan bilirubin (bog‗langan, to‗g‗ri) Van-der-Berg reaksiyasida
to‗g‗ri reaksiyaga kiradi. Bu bilirubin zaharlik hossasidan xoli bo‗lib, suvda
eruvchi va qonda uning miqdori oshsa (buyrak porogi - 27,36 - 34,2 mkmol/l)
buyrak orqali siydik bilan chiqadi. Kon‘yugatsiyalangan bilirubin jigar
hujayralarining biliar qutbidan ajralib o‗t kapillyariga o‗tadi. Bu jarayon ma‘lum
miqdorda energiya sarflash hisobiga bajariladi va bu energiyani manbai sifatida
ATF qatnashadi. Bilirubinning ekskretsiya qilish faoliyati jigar hujayralarining
tezda xar xil holatlarning ta‘siriga beriluvchan funksiyalaridan biri xisoblanadi.
Bilirubin o‗tning tarkibida kon‘yugatsiyalangan bo‗lsa, ichakka o‗tadi va u yerda
bakteriyalarning fermentlari - degidrogenazalar ta‘sirida rangsiz urobilin
tanachalariga a-urobilinogen, u-urobilinogen, sterkobilinogenga tiklanadilar.
Bularning bir qismi darvoza venasi orqali jigarga qaytadi va qayta o‗tga o‗tib
ichakka tushadi. Sog‗lom odamlarning siydigidan bir kecha-kunduzda 0,5-2 mg
urobilinogen tanachalari, asosan urobilinogen sifatida ajraladi, siydik biroz idishda
turib qolsa oksidlanib, urobilinga aylanadi. Urobinogenning asosiy qismi ichakning
quyi qismlariga tushib, u yerda oksidlanib sterkobilinga aylanadi. Bir kecha
kunduzda najas orqali 150- 300 mg gacha sterkobilinogen va sterkobilin ajraladi.
Chaqaloqlar va bolalar hayotining birinchi 10 oyligi davomida ona suti bilan
ta‘minlangan bolalarda, ichaklarida ichak tayoqchalari bo‗lmagani uchun
bilirubindan sterkobilin hosil bo‗lmaydi. Sog‗lom odamning qonida 1,7-18,8
mkmol/l umumiy bilirubin, shundan 1,7-14,5 mkmol/l to‗g‗ri bo‗lmagan yoki erkin
bilirubin, 0,8 — 4,3 mkmol/l bog‗langan, kon‘yugatsiyalangan bilirubin bor.
Siydikda bilirubin bo‗lmaydi, urobilin moddasini juda oz qismi chiqishi mumkin,
najasda sterkobilin bo‗lib, unga qo‗ng‗ir rang beradi. Giperbilinuremiya - bu
bilirubin hosil bo‗lish tezligi bilan uning ajralish jarayonidagi dinamik
muvozanatni buzilishidir. Jigar usti sariqligi bu yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning
gemolitik kasalligi, xar xil nasldan naslga o‗tuvchi gemolitik anemiyalar,
gemoglobinopatiyalar, katta qon quyilishlar (qontalash), politsitemiya, dorilar
ta‘sirida bo‗ladigan gemoliz natijasida bo‗lishi mumkin. Bundagi asosiy
patogenetik xalqa — bu eritrotsitlarning ko‗p parchalanishi natijasida yoki
137
patologik eritropoez oqibatida o‗t pigmentlarining ko‗p hosil bo‗lishidir.
Shuningdek, gemolitik sariqlikni ko‗p hosil bo‗lishida jigar to‗qimalarida o‗tning
sekretsiya qilinishi ham ma‘lum ahamiyatga ega. Jigarning quvvati shunchalikki, u
fiziologik jarayonda hosil bo‗ladigan bilirubindan 3-4 marta ko‗proq bilirubinni o‗t
yo‗liga o‗tkazishi mumkin. Ana shu jigarning ishlash quvvatidan ko‗p bilirubin
hosil bo‗lsa, jigardan yuqori bo‗lgan sariqlik paydo bo‗ladi. Jigarga ta‘sir qiluvchi
faktorlarga kamqonlik natijasida hosil bo‗ladigan intoksikatsiya, me‘yoridan ko‗p
bo‗lsa, bakteremiya va immunologik jarayon kiradi. Qizil qon tanachalarini
(eritrotsitlar) ko‗p parchalanishi erkin bilirubinni ko‗proq parchalanishiga sabab
bo‗ladi. Bu esa jigar to‗qimalarining butun imkoniyatini sarflab ishlashiga
qaramay, erkin kon‘yugatsiyalanmagan bilirubinni ko‗payishiga olib keladi. Bir xil
holatlarda gepatotsitlarni o‗t yo‗liga o‗tkazish qobiliyati susaygani uchun qonda
konyugatsiyalangan bilirubin ham oz miqdorda paydo bo‗ladi. Bunday
sariqliklarda o‗tda juda ko‗p miqdorda bilirubin moddasi bo‗ladi va bu modda
qisman erkin xolda yoki bilirubin monoglyukuronid holatida uchraydi. Bu esa o‗t
yo‗llarida o‗t tosh hosil bo‗lishiga olib keladi, chunki bilirubin monoglyukuronid
suvda kamroq eriydi va shuning natijasida o‗tda toshlar paydo bo‗lishiga moyillik
vujudga keladi. Ichakda o‗t bilan juda ko‗p konyugatsiyalangan bilirubin tushishi
natijasida, ko‗p miqdorda urobilinogen tanachalari va sterkobilin hosil bo‗ladi,
urobilinogen tanachalarining ko‗pchilik qismi darvoza venasi orqali jigarga o‗tadi
va jigar hujayralari qamrab olmagani uchun qonga o‗tadi. Bu esa qonda
urobilinogen ko‗payishiga olib keladi, buning oqibatida qondan buyrak orqali
siydikka o‗tib, siydikda urobilin sifatida aniqlanadi. Shunday qilib, jigar usti
sariqligi deb ataluvchi sariqlikka bilirubinning umumiy miqdori 68-85 mkmol/l,
uning asosiy qismini (80-90%) konyugatsiyalanmagan bilirubin tashkil qiladi va
gemoliz ko‗payganda bundan bilirubin yanada ko‗proq bo‗ladi. Bunday holatda
urobilin tanachalari, sterkobilin najasda, siydikda urobilin ko‗payadi va
bilirubinuriya uchramaydi. Jigar usti sariqligida terini sariqlik belgisi kam
rivojlangan bo‗lib, to‗q sariq darajaga bormaydi va terida qichish belgisi va
bradikardiya uchramaydi. Bu turdagi sariqlikda jigar katalashmaydi, taloq
138
kattalashadi va unda ko‗pincha pigmentli toshlar paydo bo‗ladi. Shu bilan birga, bu
sariqlikda eritrotsitlarning rezistentligi kamayadi, Kumbs sinamasi musbat bo‗ladi,
regeneratsiyaga moyil anemiya ham uchraydi, lekin jigar funksiyasi o‗zgarmaydi.
Jigar ichi sariqligi xar xil kasalliklarda faqat jigar to‗qimalari shikastlanganda,
ya‘ni gepatotsitlarning sitolizi natijasida yoki jigardagi xolestaz natijasida paydo
bo‗ladi (VGA, VGB, VGC, VGE, VGD- infeksiya, boshqa viruslar va mikroblar
ta‘sirida bo‗ladigan gepatitlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |