Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/44
Sana20.03.2022
Hajmi2,02 Mb.
#501952
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

 
Imperativ muloqot.
Bu – avtoritar, direktiv muloqot shaklidir. 
Muomaladagi sherik bilan uning xatti-harakatini, hayotiy ustanovkalari va 
fikrlarini nazorat qilish, uni mahlum harakatlar yoki qarorlar qabul qilishga majbur 
etishni maqsad qilib oluvchi muloqot. 
Bu holatda muloqot boʻyicha sherik tahsir obhekti, passiv tomon sifatida 
qaraladi. Tahsir vositasi sifatida buyruqlar, koʻrsatmalar va talablardan 
foydalaniladi. Imperativ muloqot koʻp qoʻllaniladigan qator faoliyat turlarini sanab 
oʻtish mumkin. Bunday faoliyat sohalariga harbiy – nizomiy munosabatlar, 
favqulotdagi vaziyatlarda, ekstremal sharoitlardagi «Boshliq-boʻysunuvchi» 
munosabatlari kiradi. Ammo, shaxslararo munosabatlarning hamma sohalariga 
ham imperativ muloqotning qoʻllanishi oʻrinli boʻlmaydi, bular – shaxsiy-intim va 
oilaviy munosabatlar hamda pedagogik faoliyatdagi munosabatlardir. 
 
Manipulyativ muloqot
– bu muloqotdagi sherikka oʻz maqsadiga erishish 
uchun zimdan, yashirin tarzda tahsir etishga asoslangan muloqotdir. Xuddi 
imperativ muloqotda boʻlgani kabi, manipulyativ muloqotda ham muloqotdagi 
sherikni obhektiv idrok etishni, insonni fikr-oʻylari va hatti-harakatlarini nazorat 
qilishga erishishga harakat qilishni taqozo etadi [140, B. 95]. 
Manipulyativ muloqot koʻp qoʻllaniladigan soha biznes va umuman 
ishbilarmonlik sohalaridir. 
Deyl Karnegi va uning izdoshlari tomonidan rivojlantirilgan muloqot 
kontseptsiyasi aynan shu turdagi muloqotni targʻib etadi [69]. Manipulyativ 
muloqot shakli reklama-targʻibot sohasida keng qoʻllaniladi. 
SHuni qayd etish lozimki, manipulyativ tahsir vositalarini egallash va
ulardan mehnat sohasida boshqa kishilarga tahsir vositasi sifatida foydalanish oxir-
oqibatda kishi uchun bu muloqot shaklining uning boshqa munosabatlar sohasiga 


19 
koʻchishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, manipulyativ muloqotdan mehr-
muhabbat, doʻstlik va oʻzaro bir-biriga bogʻlanish asosida qurilgan munosabatlar 
zarar koʻradi. Manipulyativ muloqotni oʻz muloqotiga asos qilib olgan kishi oxir –
oqibatda uning qurboniga aylanadi. SHaxs «qoliplashtirilgan» hatti-harakatlarga 
koʻnikib, yolgʻon motivlar va maqsadlarga ergashib, oʻz hayotiy tayanch ustunini 
yoʻqotadi. 
Muloqotga «karnegicha» yondashishning ashaddiy tanqidchilaridan biri 
E.SHostrom tahkidlaganidek, manipulyatorni xarakterlaydigan asosiy sifatlar: 
yolgʻonchilik, tuygʻular siyqalashishi, hayotga qiziqishning yoʻqolishi, zerikish 
holati, haddan tashqari oʻz-oʻzini nazorat qilish, oʻziga va boshqalarga ishonchning 
yoʻqolishidir [140]. 
Imperativ va manipulyativ muloqot shakllarini yaxlit tarzda monologik 
muloqotning turli koʻrinishlari sifatida xarakterlash mumkin. Muloqotdagi sherikni 
faqat tahsir obhekti sifatida qaraydigan kishi aslida haqiqiy suhbatdoshni koʻra 
olmaydi, uni inkor etib, oʻz maqsad va vazifalari yoʻlida oʻz-oʻzi bilan muloqot 
qiladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish