Fiziologiya
Fiziologiya
(yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari,
organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam
(qarang
Odam
), hayvonlar (qarang
Hayvonlar fiziologiyasi
) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi
(qarang
Oʻsimliklar fiziologiyasi
). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo
hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik
metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya
fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi.
Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga .
javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi.
Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang
Filogenez
) va
xususiy rivojlanish (qarang
Ontogenez
) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda
odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi.
Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi
fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal
organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.
F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar, perfuziya
metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula qoʻyish,
transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida oʻtkaziladi.
Yaxlit organizm funksiyasini oʻrganishda elektroensefalografiya, elektrokardiografiya,
miografiya, biotelemetriya metodlaridan foydalaniladi.
F. sohasidagi dastlabki maʼlumotlar tibbiyot bilan bogʻlangan boʻlib, qadimdan maʼlum. Gippokrat
ishlaridayoq organizmdagi suyuklik, suyuq va quyuq moddalar nisbati toʻgʻrisida xabar beriladi.
Aristotel "Hayvonlar qismlari toʻgʻrisida"gi asarida bir qancha ichki organlar funksiyasi toʻgʻrisida
yozadi. Galen ishlarida F.ga katta ahamiyat berilgan. U. nerv sistemasi, yurak va boshqa
organlarning umumiy funksiyasi toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Uygʻonish davrida dastlab
organizmlar har xil sistemalarining anatomik tuzilishi, keyinchalik fiziologik funksiyasi jadal
oʻrganila boshlandi (A.Vizaliy, M.Malpigi va boshqa ishlari). Hayvonlar ustida keng miqyosda
tadqiqotlar olib borilishi natijasida U. Garvey kon aylanish sistemasini ochdi (1628); R.Boyl
hayvonlar hayotida havoning ahamiyatini koʻrsatib berdi (1660); A.Lavuazye bu jarayonda
kislorodning ahamiyatini aniqladi va hosil boʻladigan issiqlik miqdorini oʻlchadi (1775). R.Dekart
miya funksiyasining qaytarish (reflektorlik) xususiyati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi (1649); uning
bu fikrini 2 asrdan soʻng fransiya olimlari J.Legallua, P.Fluransa, F.Majandi, ingliz olimi M.Xoll va
Ch.Bella tajribalar orqali tasdiklashdi. F.ning rivojlanishida L.Galvanining organizmlardagi
bioelektrik jarayonlarni kashf etishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu kashfiyot tufayli zamonaviy
elektrofiziologiyaga asos solindi.
19-asrdan boshlab fizika, kimyo va umumiy biol. sohasidagi kashfiyotlar (toʻqimalarning
hujayraviy tuzilishi va evolyutsion taʼlimotning yaratilishi) tufayli organizmlar funksiyasini batafsil
oʻrganish boshlandi. 19-asrda miyaning reflektorlik faoliyati mexanizmini oʻrganishga asos
solindi; bu borada I.M.Sechenovnchng markaziy tormozlanish tabiatini oʻrganish sohasidagi
ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi; bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining sensorlik va
oʻtkazuvchanlik funksiyalari toʻgʻrisida dalillar olindi (nemis olimlari G.Fricha, E.Gitsiga ishlari);
eshitish va koʻrish taʼlimotlari yaratildi (nemis olimlari G.Gelmgolts, E.Gering); nafas olish va
yuraktomir faoliyatining nerv regulyatsiyasi aniqlandi (ingliz olimi K.Bernar, nemis olimi
K.Lyudvich, ukrain olimi V.Ya.Danilevskiy, A.A.Mislavskiy ishlari); ovqat xazm qilish faoliyatining
fermentativ mexanizmlari, ularning nerv va gumoral boshqarilishi yoʻllari ochib beridsi (nemis
olimi R.Geydengayn, rus olimi I.P.Pavlov); ichki sekretsiya bezlari kashf qilindi va fiziologik
funksiyalarning boshqarilishida gormonlar ahamiyati ochib berildi (fransuz olimi Sh.BrounSekar);
qonning transport va himoya funksiyasi koʻrsatildi; organizm ichki muhitining doimiyligi
(gomeostaz) va uning mexanizmlari toʻgʻrisidagi tushunchalar shakllandi (K.Bernar,
I.I.Mechnikov).
20-asrda fiziologik eksperimentlarda elektron kuchaytirgichlar, katodli ossillograflar, elektron
mikroskop va boshqalardan foydalanish tufayli fiziologik funksiyalarni tadqiq qilish imkoniyatlari
kengaydi. Buning natijasida hujayrada kechadigan va organizm barcha funksiyasi asosini tashkil
etadigan jarayonlarni bevosita oʻrganish mumkin boʻldi. Xususan, tashqi qoʻzgʻatuvchilar
retsepsiyasining hujayra mexanizmi, nerv impulslarining paydo boʻlishi va tarqalishi, sinaptik
oʻtkazish va tormozlanish tabiati; muskul qisqarishi va sekretsiya mexanizmlari aniklandi;
retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga uzatiladigan signallarning kodlanishi va uzatilishi,
nerv markaziga yetib keladigan axborotning har xil darajada qayta ishlanishi ochib berildi.
I.P.Pavlov va shogirdlari shartli reflektorlik va ong asosini tashkil etadigan, bosh miya oliy
boʻlimlarida kechadigan nerv jarayonlari umumiy qonuniyatlarini koʻrsatib berishdi. Ichki
sekretsiya bezlari funksiyasini oʻrganish tufayli F.ning mustaqil soxasi — endokrinologiya paydo
boʻldi. Gormonlar va mediatorlar tarkibi aniqlanib, koʻpchilik gormonlar va ular taʼsirini
tormozlovchi moddalarning sintezlanishi zamonaviy farmakologiyaning asosi boʻldi. Nafas olish,
yuraktomir, ekskretor va boshqa sistemalar funksiyasining hujayra va sistema mexanizmlari ham
batafsil oʻrganildi. A.M.Ugolov va shogirdlari tomonidan oziq moddalarning ichak membranasida
hazm boʻlishi mexanizmi ochib berildi.
Zamonaviy F.da odam va hayvonlarning psixik faoliyati mexanizmini oʻrganishga katta eʼtibor
berilmokda. Bu muammoni hal etishda bosh miya yarimsharlari funksiyasini batafsil oʻrganish,
shartli reflekslar nozik neyronal mexanizmlarini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega. Hozirgi uyqu,
emotsional va eksperimental nevrozlar mexanizmi ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli
sensor sistemalarning axborotni qabul qilishi, uzatishi va qayta ishlashini oʻrganishda olingan
maʼlumotlar nutqning shakllanishi, uni tushunib olish, koʻrilgan obrazlar va eshitilgan tovush
signallarini farklash mexanizmini bilishga yordam beradi.
Odam
turmushi va mehnat sharoitiga
turli ekstremal omillar (emotsional stress, iqlim va boshqalar) taʼsirini va muxit sharoitiga
organizm moslashuvini tadqiq qilish ham bugungi F.ning vazifasiga kiradi. Miya xotira
funksiyasiga taklid qiladigan modellarning yaratilishi zamonaviy F.ning eng soʻnggi yutuqlaridan
biri boʻldi.
Oʻzbekistonda F. sohasidagi tadqiqotlar A.Yu.Yunusov, B.O. Toshmuhamedov, I.V.Danilov,
A.I.Izrael, A.S. Shatalina, Z.T.Tursunov va boshqa nomi bilan bogʻliq. F. sohasidagi asosiy
tadqiqotlar oʻta noqulay sharoitga organizmning moslashuvi muammolarini oʻrganishga oid. Issiq
iqlim sharoiti gipodinamika (kam harakat), giperdinamika (koʻp harakat), ogʻriq, yetarli
ovqatlanmaslik va boshqa omillarning ovqatning ichakda hazm boʻlishiga taʼsiri mexanizmining
ochib berilishi muhim tadqiqotlardan hisoblanadi (K.R.Rahimov, B.Z.Zaripov, Sh. Q. Qurbonov, B.A.
Sodiqov, E.S.Mahmudov va boshqalar). Bir qancha ishlarda oʻt suyukligining oziq moddalarga
taʼsiri (U.Z.Qodirov), ichakdagi gidrolitik va transport sistemasi rivojlanishining ona va bola
gormonal holati bilan bogʻlikligi koʻrsatib berildi (L.S.Qoʻchqorova). Keyingi yillarda F. sohasida
oʻzbek tilida bir qancha darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratildi (U.Z.Qodirov, Sh.Q.Qurbonov, K.T.
Almatov, Q. Sodiqov va boshqalar).
Almatov K.T.,
Odam
va hayvonlar fiziologiyasi, T., 2004; Qodirov U.Z., Normal fiziologiya, T.,
1996.
Bahodir Sodiqov.
Adabiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |