Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

 
Qon guruhlari va qon quyish. 
Qonning 4 guruhi farq qilinadi.
I guruhda - qizil qon tanachalarida agglyutinogen bo'lmaydi, shuning uchun 
bu guruh 0 deb nomlanadi. Bu guruh plazmasida ikkita tabiiy agglyutinin a, ß 
bo‘ladi.
II guruhda - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada esa agglyutinin ß 
bo‘ladi.
III guruhda - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a bo‘ladi.
IV guruhda - eritrotsitlarda A va B agglyutinogenlar bo‘lib, qon plazmasida 
agglyutininlar bo‘lmaydi.
Odam yuqoridagi qon guruhlarining birortasiga mansub bo‘lib tug‘iladi va bu 
qon guruhi umrining oxirigacha o‘zgannaydi.
I guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogenlar - A, B bo‘lmagani uchun uni 
barcha guruhga quyish mumkin. Bu guruh qon universal, qon beradigan kishilar esa 
universal donor deb yuritiladi.
II guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogen A, qon plazmasida esa agglyutinin 
ß bo'ladi. Bu guruh qonni qoni II, IV guruh bo‘lgan odamlarga quyish mumkin.
III guruh qon eritrotsitlarida agglyutinogen B, qon plazmasida agglyutinin a 
bo‘ladi. Bu guruhdagi qonni III guruhga va IV guruhga quyish mumkin.
IV guruh qon eritrotsitlarida A wa B agglyutino-genlar mavjud bo’lib, qon 
plazmasida agglyutininlar bo’lmaydi. Shuning uchun bu guruhni faqat IV guruhga 
quyish mumkin. Lekin bu guruhga qolgan uchta guruhdagi qonni quyish mumkin. 
Qoni to‘rtinchi guruh bo’lgan odamlar universal retsipiyentlar deyiladi.
Donor (lotincha «hadya etaman» degan ma’noni bildiradi) bemor hayotini 
saqlab qolishda yordam beradigan olijanob insondir. Bemorlarning kasallik turiga 
qarab, yangi qon yoki qon plazmasi eritrotsit massa, leykotsit massa, trombotsit 
massa yoki qon tarkibidagi oqsillar (albumin, globuhn, fibrinogen, fíbrinolizin, 
gammaglobulinlar)dan birortasi quyiladi. Ayrim kasalliklarda (kuyganda, 


zaharlanganda va boshqalarda) bemoming qoni donor qoni bilan to’la almashtiriladi. 
Bemorga quyilgan qon uning organizmiga ijobiy ta’sir etib, murakkab ijobiy 
fiziologik o‘zgarishlarga sabab bo’ladi. Bemorga donor qoni quyilganda u tomirlar 
devoridagi sezuvchi nerv tolalari uchlarini qo‘zg‘atadi, natijada qon bosimi 
ko’tariladi, yurak faoliyati yaxshilanadi, nafás olish me’yorida bo’ladi, bosh miya 
qon tomirlarida qon aylanish birmuncha yaxshilanadi, hatto bemorning ishtahasi 
ham ochiladi, moddalar almashinuvi tezlashadi, qon yaratuvchi va boshqa organlar 
ishi kuchayadi va hokazo.
Rezus faktor.
Bu faktor birinchi marta 1941-yilda nemis olimi Landteyner 
tomonidan Macacus Phesis degan maymun qonida topilgan va shunday nom 
berilgan. Kishilardan 86% ining qonida rezus-faktor borligi, 14% ida esa bu faktor 
yo‘qligi aniqlangan. Rezus-faktorii kishilar rezusmusbat kishilar (Rh+), rezus 
faktorsiz kishilar rezus-manfiy kishilar (Rh-) deb ataladi. Rezus - faktor 
eritrotsitlarda bo’ladi jinsga va yoshga bog’liq bo’lmaydi, u eritrotsitlaming 
agllyutinogenlari bilan bog’langan emas. Agllyutinogenlarga qarma-qarshi o’laroq, 
zardobda rezus-faktor agglyutininlari yoki antitelalari yo‘q.
Bu faktor shuning uchun amaliy jihatdan ahamiyatliki, rezusmanfiy kishilarga 
rezusmusbat kishilarning qoni quyilsa gemoliz (eritrotsitlarning yemirilishi)ro‘y 
beradi. Gemoliz ro‘y berishiga sabab shuki, bunda rezusmanfiy kishilarning qonida 
maxsus antitelolar hosil bo‘ladi. Homiladorlik davrida eritrotsitlarning ba’zan 
gemolizga uchrab anemiya ro‘y berishi, so‘ngra homilaning nobud bo‘hshi ana shu 
faktorga bog‘liq. Yangi tug‘ilgan bolalaming gemolitik kasalligi ham rezus-faktorga 
bog‘liq. Bunda ona qoni rezusmanfiy, homila qoni esa rezusmusbat bo‘ladi. Ammo 
10% hollarda ona qoni ham, homila qoni ham rezusmusbat bo‘ladi-yu, gemolitik 
anemiya ro‘y bermaydi. Rezus-faktorlarning tiplari mos kelmasa, shunday bo‘lishi 
mumkin. Rezus-faktorning uch tipi borligi aniqlangan. Bu tipiar lotincha D, C, E 
harflari bilan belgilanadi. Tug‘ruq vaqtida qon quyganda shu faktorni hisobga olish 
ayniqsa muhimdir. 

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish