O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/42
Sana16.03.2022
Hajmi3,09 Mb.
#499140
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
08.12.1992

XXIV bob. Prokuratura 
118-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan 
nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga 
oshiradi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 
10

12

15 — 17-moddalari

119-modda. 
Prokuratura 
organlarining 
yagona 
markazlashtirilgan 
tizimiga 
O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori 
bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan 
tayinlanadi. 
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining 
Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 
11-
moddasi
, 12-moddasining 
birinchi qismi
, 15-moddasining 
birinchi qismi
, 16-moddasining 
birinchi qismi
, 17-
moddasining 
birinchi qismi

120-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat 
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib 
amalga oshiradilar. 
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi 
boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi 
qonun 
bilan belgilanadi. 
121-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, 
tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, 
jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi 
ta’qiqlanadi. 


Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari 
mumkin. 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish