O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/42
Sana16.03.2022
Hajmi3,09 Mb.
#499140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
08.12.1992

III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi 
15-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining 
ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya 
va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. 
16-modda. 
Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga 
zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. 
Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va 
qoidalariga zid kelishi mumkin emas. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
8-
moddasi

IV bob. Tashqi siyosat 
17-modda.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi 
siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, 
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va 
normalariga asoslanadi. 
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan 
ajralib chiqishi mumkin. 
IKKINChI BO‘LIM. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, 
ERKINLIKLARI VA BURChLARI
V bob. Umumiy qoidalar 
18-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, 
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, 
qonun oldida tengdirlar. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Mazkur Konstitutsiyaning 
46-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasining 
ikkinchi
 va 
uchinchi qismlari
, O‘zbekiston 
Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 
9-moddasi
, Fuqarolik protsessual 
kodeksining 
8-moddasi
, Oila kodeksining 
2
 va 
3-moddalari
, Fuqarolik kodeksi 17-moddasining 
birinchi qismi

Mehnat kodeksining 
6-moddasi
, Jinoyat kodeksining 
5-moddasi
, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning 
3-moddasi



Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos 
bo‘lishi shart. 
19-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va 
burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab 
qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab 
qo‘yishga hech kim haqli emas. 
20-modda. 
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va 
jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Mazkur Konstitutsiyaning 
54-moddasi


Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish