O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/42
Sana16.03.2022
Hajmi3,09 Mb.
#499140
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
08.12.1992

87-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini 
tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki 
tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi 
tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‘z vakolatlari muddatiga 
Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo‘mitalarni saylaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan 
masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda 


Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‘z vakolatlari 
muddatiga senatorlar orasidan qo‘mitalarni saylaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat bo‘lgan 
taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
17 — 22-moddalari
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
17 — 22-moddalari

88-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati 
a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda 
qoplanadi. 
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari o‘z 
vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat 
bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi 
daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz 
jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan 
ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
6-moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
6-moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi 
Qonuni

(XVIII bob O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy 
Majlis Axborotnomasi, 2003-y.,3-4-son, 27-modda) 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish