Maqola pdf



Download 98,77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.03.2022
Hajmi98,77 Kb.
#499002
Bog'liq
maqola



“HIDOYAT YO’LI IMOMI”ning kalom ilmiga qo`shgan hissasi
Mamathalilova Mohinur
O zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
ʻ
2-kurs magistranti
Tarixdan ma’lumki, Movorounnahr diyorida azaldan ko plab buyuk
ʻ
allomalar yetishib chiqqanlar. Ayniqsa, o’rta asrlarda (IX–XII) o z kashfiyotlari va
ʻ
ta’limotlari bilan jumlai jahonni lol qoldirgan yuzlab ulug allomalar faoliyat
ʻ
ko‘rsatganlar. Mana shunday mashhur siymolar silsilasida kalom ilmining
asoschilaridan biri imom Abu Mansur al-Moturidiy hazratlari alohida o‘rin
egallaydi. 
Abu Mansur al-Moturidiy (to liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn
ʻ
Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 –
Samarqand – 944) – imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi
asoschisi. “Imom al-hudo”, “Imom al-mutakallimin” (“Hidoyat yoli imomi
’
”,
“Mutakallimlar imomi”) nomlari bilan ulugHlangan. Moturid qishlogi (hozirgi
’
Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu
yerda katta bog ham barpo etgan. [1]
ʻ
Imom al-Moturidiy haqida allomaning shogirdlarining eng taniqlilaridan biri
Abul Mu’in an-Nasafiy bo lib, u o z asarlarida, ayniqsa, “Tabsirat al-adilla”
ʻ
ʻ
(“Dalillar tilga kirganda”) nomli tasnifida imom al-Moturidiy va uning ta’limoti
haqida ko p muhim ma’lumotlarni keltiradi. Imom Abu Mansur al-Moturidiy
ʻ
haqida yozgan tarixchilar uning tabarruk nomini xilma-xil yuksak va sharafli
laqablar bilan bezab zikr qilganlar. Taniqli muarrix al-Kafaviy va boshqa qator
mualliflarning yozishlaricha, imom al-Moturidiy o z zamonasidayoq “Qudvat ahl
ʻ
as-sunna val-ihtido” (“Sunnat va hidoyat ahliga ibrat zot”), «Rofi’ a’lom al as-
sunna val-jamoa” (“Ahli sunna val jamoaning bayrog ini baland ko‘taruvchisi”),
ʻ
“Qoli’ azoliyl al-fitna val-bid’at” (“Xurofot va bid’atga botgan uydirmalarni ildizi


bilan qo poruvchisi”), “Imom al-mutakallimiyn” (“Barcha mutakallimlarning
ʻ
imomi”), “Musahhih aqoid al-muslimiyn” (“Barcha musulmonlar aqidalarining
tuzatuvchisi”) kabi yuksak laqablarga sazovor bo‘lgan alloma sifatida tan olingan.
[2]
Bu zotning benazir salohiyatini e’tirof etgan buyuk mutafakkir Alisher
Navoiy hazratlari ham o zining “Nasoyim ul-muhabbat” nomli mashhur asarida:
ʻ
“Shayx Abu Mansur al-Moturidiy o z zamonining a’lam ulamosi ermish. Ul vaqt
ʻ
ulamosi alarni “Sulton al-muizzin” der ermishlar. Zohir va botin ulumlari bila
orosta ermishlar”, deb lutf qilgan edilar. Bu o‘rinda taniqli tarixchi at-
Tamimiyning ul zoti sharif haqida yozganlariga ham e’tibor qiling: “Imom al-
Moturidiy o z zamonasining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tan olinib,
ʻ
barcha uning ilmi-yu ma’rifatiga iqtido qilib, uning ta’limoti ziyosini ko zlariga
ʻ
to tiyo sifatida surtganlar. Shu bois imom al-Moturidiy nafaqat unga xayrixoh
ʻ
kishilar, balki raqiblari nazdida ham “Imom ahl as-sunna val-jamoa”, “Imom al-
hudo” (“Rushdi hidoyatga boshlovchi imom”) degan eng oliy unvonga sazovor
bo lib, kalom ilmida o ziga xos bir mo jiza sifatida dovrug i tillarda doston
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
bo lgan. [2]
ʻ
Moturidiy fiqh va kalom masalalariga qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan
dars olish davomida ko plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqotda
ʻ
bo lganlar. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyoziy, Imom
ʻ
A zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Fazl kabi
ʼ
ulamolardan ilm olganlar va quyidagi asarlarni yozib qoldirganlar:
“Kitob at-
Tavhid” “Kitob al-Maqomat”, “Ka biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga
ʼ
bag ishlangan kitob”, “Mu tazila g avg olari va undan qo’rqmaslik haqidagi
ʻ
ʼ
ʻ
ʻ
kitob bayoni”, “Qur on ta vili kitobi”, “Shariat asoslari”, “Kitob al-jadal”,
ʼ
ʼ
“Dialektika haqida kitob”. Bulardan tashqari Moturidiyning islom
huquqshunosligiga oid “Usul kitobi” asarlari ham mavjud
. [3]
Abu Mansur al-Moturidiyning kalom va fiqh ilmlari sohasidagi qarashlari
uning ikki – “Kitob at-Tavhiyd” va “Kitob ta’viylot ahl as-sunna” nomli asarlarida
bayon etilgan.


Imom al-Moturidiyning bizgacha yetib kelgan ushbu ikki yirik asari –
“Kitob at-tavhid” va “Ta’vilot ahli as-sunna” buyuk alloma merosida alohida
ahamiyatga egadir. Mazkur asarlarda islom dinining falsafasini tashkil etuvchi
kalom ilmining turli masalalarida ibratli fikrlar ilgari surilgan, haqiqatdan
adashgan firqalar ilmiy nuqtai nazardan tanqid qilingan. Imom al-Moturidiy
fikricha, insonlarning yomon xulqli ishlari, gunohlari Alloh taoloning irodasi bilan
(chunki Alloh shu ishlarni taqdir qilgan), lekin uning roziligisiz amalga oshiriladi.
Alloh taolo insonlarga o z erkini qo liga bergan holda yaratgan, ya’ni uning
ʻ
ʻ
harakatlari azaldan taqdir etib qo yilgan bo lsada, insonning ba’zi ishlarga sohib
ʻ
ʻ
ixtiyorligini ham bergandir. Bu ishlarni imom al-Moturidiy “af’oli ixtiyoriy, ya’ni
insonda iroda erkinligi mavjud” deb ataydi. Imom al-Moturidiy hazratlarining
bundan o n bir asr muqaddam aytgan bu ajoyib fikri bugungi kunda ham g oyatda
ʻ
ʻ
dolzarb bo lib, inson aql-zakovati va tafakkurining imkoniyatlari cheksiz, uning
ʻ
o z xatti-harakatlari uchun esa javobgar ekanligiga ishoratdir. [2]
ʻ
Alloma faoliyatida, yuqorida aytilganidek, muborak islom dinimizning
hayotbaxsh mazmun-mohiyatini ravshan talqin qilish, turli bid’at va xurofotlarga
botgan guruh va toifalarga qarshi kurash alohida o rin egallaydi. Shu nuqtai
ʻ
nazardan ham imom al-Moturidiy ilgari surgan g oyalar bugungi kunda ham
ʻ
g oyatda dolzarb bo lib, nafaqat ilmiy, balki katta amaliy ahamiyatga ham ega.
ʻ
ʻ
Imom al-Moturidiyning o ziga xos ta’limotini o rganish uchun olimlarimiz oldida
ʻ
ʻ
katta imkoniyatlar mavjud. Chunonchi, allomaning asosiy asarlari qo lyozmalari
ʻ
va ularga yozilgan ba’zi sharhlar nafaqat Misr, Turkiya, Hindiston, Angliya kabi
mamlakatlarda, balki respublikamizdagi qo lyozmalar xazinasida ham saqlanadi.
ʻ
Mustaqillika erishganimizdan so ng, ulug allomlarimizning nomlari tiklandi. 
ʻ
ʻ
Xususan, imom al-Moturidiyning hayoti va merosini ilmiy asosda har
tomonlama chuqur o rganib, keng xalq ommasiga yetkazishda O zbekiston
ʻ
ʻ
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imom Abu Mansur al-Moturidiy
tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g risida”gi qarori muhim ahamiyatga
ʻ
molik hujjat bo ldi. 2000 – yil noyabr oyida imom al-Moturidiy tavalludining 1130
ʻ


yilligi keng miqyosda nishonlandi. Allomaning tug ilgan yurtida Moturidiy
ʻ
maqbarasi ham qad ko tardi. [4]
ʻ
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, imom al-Moturidiy islom
olamimning ko zga ko ringan namoyondalaridan biri hisoblandi. Olimning kalom
ʻ
ʻ
va fiqh ilmining rivojlanishidagi roli beqiyos. Ulug alloma islom dinidagi ikki
ʻ
yirik aqidaning birining asoschilaridandir. Moturidiylik aqidasi hanafiy mazhabi
asosida paydo bo’ldi. Shuningdek, imom al-Moturidiyning yirik asari “Ta’vilot
ahli as-sunna” yoki “Ta’vilot al-Qur’on” nafaqat mamlakatimiz, balki butun
musulmon olamida beqiyos ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur asarning ilmiy va amaliy ahamiyati juda katta bo lib, u ahli-sunna
ʻ
ulamolari tomonidan Qur’oni karimni sharhlash (ta’vil) bo yicha qilingan dastlabki
ʻ
jiddiy urinish bo lib, bu sharh aql va naql nuqtai nazaridan amalga oshirilganligi
ʻ
bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, Qur’oni karim imom al-Moturidiyning
kalom ilmiga oid ta’limotlari nuqtai nazaridan turib tafsir qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://iiau.uz 
2. Jumayeva N.A. O rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi. Qo llanma. –
ʻ
ʻ
Buxoro.: “Durdona” nashriyoti, 2013.
3. https://www.mirarbmadrasa.uz
4. O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 dekabrdagi
ʻ
“Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash
to‘g risida”gi 517 – sonli qarori. Lex.Uz. https://www.lex.uz
ʻ

Download 98,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish