Qo‘shimcha grammatik mashqlar
Bular bo‘lim yoki darslarda o‘rganilgan grammatika uchun qo‘shimcha
mashqlarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar ulardan dars
davomida yoki bo‘limni takrorlash paytida o‘zlari uchun qulay paytda
foydalanishlari mumkin. Qo‘shimcha grammatik mashqlarni qo‘llashdan
maqsad allaqachon orttirilgan grammatik bilimni ko‘proq ishlatish va
mustahkamlash hamda o‘zlashtirishi qiyin yoki grammatika ustida
ko‘proq mashq qilishi kerak bo‘lgan o‘quvchilarga yordam berishdir. Bu
mashqlar o‘quvchilarga mustaqil va o‘zicha ishlashga imkoniyat berish
maqsadida ham ishlatilishi mumkin. Qo‘shimcha grammatik mashqlar
multimedia ilovasida har bir bo‘lim uchun ABC belgisi ostida berildi.
Tarjima
Tarjima ona tili va ingliz tillari orasidagi o‘xshashlik va farqlarga
ahamiyat berish maqsadida ishlatildi. O‘quvchilar oddiy gap, qurilma,
so‘z, butun matnlarni tarjima qiladilar. Tarjima qilish malakalari 7–9-
sinf darsliklarida rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |