O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ekskursiya obyektlarini baholash mezonlari



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/124
Sana16.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#497919
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 09.EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH

 
5.3.Ekskursiya obyektlarini baholash mezonlari 
Ekskursiya xizmati amaliyotida obyektlarni baholashning aniq metodikasi 
ishlab chiqilgan. Bu metodikani qo‗llash ayniqsa, marshrutda tuzilishi jihatidan 
o‗xshash obyektlar bo‗lganda foydalanib, ularning ichidan mavzuni yoritishda eng 


50 
qiziqarli bo‗lgani tanlanadi. Ekskursiya mavzusi uchun tanlangan obyektlarni 
baholashda quyidagi mezonlardan foydalanish tavsiya etiladi: 

ilmiyligi 
- ya‘ni, obyektning ma‘lum bir davr tarixi, mashhur arbob hayoti 
bilan boliqligi, haykalning tasviriy qadr- qimmati, ekskursantni estetik tarbiyalash 
qobiliyatidir; 

mashhurligi 
- ya‘ni, obyektning aholi, turistlar orasida taniqliligi inobatga 
olinadi (masalan: Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome‘ masjidi (Samarqand), 
Ichan qal‘a (Xiva), Ark (Buxoro) va b.); 

jozibadorligi 
– ya‘ni, obyektning betakrorligi, binolar, tarixiy-madaniy 
yodgorliklarning o‗ziga xosligi nazarda tutiladi. (Masalan: O‗rta Osiyoda eng baland 
minora bo‗lgan Buxorodagi 50 metrli Minorai Kalon). Ushbu binoda, yodgorlik 
o‗rnatilgan joyda tarixiy voqea sodir bo‗lgan bo‗lishi ham mumkin( «Buyuk Ipak 
yo‗li» karvon yo‗li, Shoxi Zinda ansambli, dunyoda atigi 5 dona bo‗lgan astronomik 
stansiyalardan biri «Kitob» astronomik stansiyasi). Tabiatdagi tabiiy ko‗rinishdagi 
jozibadorlik (Xatirchidagi Sangijumon toshi, Nuroboddagi Hazrati Dovud 
ziyoratgohi va sh.k.); 

ta‟sirchanligi 
- ya‘ni, obyektning tashqi jilosi, uni atrofdagi bino-inshootlar, 
landshaft bilan uyunligi inobatga olinadi. 

saqlanganligi- 
ya‘ni, ekskursantlarga ko‗rsatilishi rejalashtirilayotgan 
obyektning hozirgi holati baholanadi. 

joylashuvi 
- obyektlarni tanlashda ular orasidagi masofa, yo‗llar holati, 
guruhni joylashtirish uchun qulay joyning mavjudligi e‘tiborga olinadi. 

obyektni ko„rsatishdagi vaqt cheklovlari 
– ya‘ni, obyektlarni ko‗rsatishda 
mavsumiylikni, kunning ma‘lum bir soatini, oyning ma‘lum bir kunini hisobga 
olishni nazarda tutadi. 
Ekskursiya xizmati jarayoni ekskursantga zerikish va qiziqishni pasayishiga 
olib kelmasligi uchun ko‗p sonli obyektlar bilan to‗ldirib qo‗yilmasligi kerak. 
Ekskursiya xizmatining eng optimal davomiyligi 2-4 soat bo‗lib, bu vaqt ichida
ekskursant 10-20 ta obyektlarni ko‗rishi mumkin. Ekskursiya xizmatiga bitta obyekt 


51 
(arxitektura yodgorligi) va obyektlar guruhi ( tarixiy yodgorliklar, tabiiy obyektlar, 
muzey eksponatlari) kirishi mumkin. Obyektlar jamlanmasi ekskursiya mavzusi va 
ishtirokchilar tarkibidan tanlanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda davlat ro‗yxatida 7 mingdan ortiq tarixiy 
arxeologik va madaniy yodgorliklar, muzeylarimizda esa 10 mingdan ortiq 
eksponatlar saqlanmoqda. 
Shahar bilan tanishuv mavzusidagi ekskursiyada faqat tarixiy yodgorliklarni
ko‗rsatish noto‗ri bo‗ladi. Agar marshrutda yodgorliklardan tashqari boshqa 
inshootlar, ko‗chalar, maydonlar, xiyobonlar, tarixiy joylar, tabiat yodgorliklari 
kiritilsa bu ekskursantlar taassurotini boyitadi.
Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida obyektlarni joyida o‗rganish 
maqsadga muvofiqdir. Zarur ma‘lumotlarni kitob, albom, rasm kabi manbalardan 
olish mumkin. Gidning ekskursiya obyektini bevosita o‗z joyida o‗rganishi guruhni 
to‗ri joylashtirishga, uni samarali ko‗rsatishga yordam beradi. Obyektlar 
tanlangandan so‗ng, har bir obyektga kartochka(pasport) tuziladi. Obyekt kartochkasi 
ma‘lumotlaridan shu va kelajakdagi mavzularni tayyorlashda ham foydalanish 
mumkin. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish