O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Ekskursiya xizmati ma‟lumotlari uchun



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/124
Sana16.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#497919
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 09.EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH

4.3. Ekskursiya xizmati ma‟lumotlari uchun 
manbalar izlash 
Yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida mavzuni 
yoritishga yordam beruvchi kitoblar, broshyuralar, gazeta va jurnallarda chop etilgan 
maqolalar,internet sahifalari ro‗yxati taxlanadi. Ushbu ro‗yxatda gidlarga matn 
tayyorlash uchun zarur bo‗ladigan amaliy va nazariy ma‘lumotlarning adabiy 
manbalari kiritiladi. Ijodiy guruhga ishlash qulay bo‗lishi uchun adabiyotlar ro‗yxati 
bir necha nusxada ko‗paytirib, muallifi, nashriyotning nomi, chop etilgan yili, 
shuningdek, boblar, bo‗limlar, betlar berilishi kerak. Adabiy manbalarning ro‗yxatini 
«asosiy adabiyotlar» va «qo‗shimcha adabiyotlar» ga bo‗lish tavsiya etiladi. 
Matbuotda chop etilgan ma‘lumotlardan tashqari, boshqa manbalardan ham 
foydalanish mumkin. Masalan, davlat arxivlari, muzeylar, xronik-hujjatli va ilmiy - 
ommabop kinofilmlar va sh.k.Bunday manbalar ro‗yxatini ekskursiyaxizmati 
mualliflari tuzadi. Manba sifatida tarixiy voqea, hodisalar ishtirokchilarining 
xotiraviy hikoyalaridan ham foydalanish mumkin. Biroq, noaniqliklardan va 
chalkashliklardan qochish maqsadidaxotiraviy ma‘lumotlardan ehtiyotkorona 
foydalanish tavsiya etiladi. Ekskursantlarga hikoya qilib berish uchun ishonchli, 
mukammal tekshirib ko‗rilgan fakt va ma‘lumotlardan foydalanish zarur.Ekskursiya 
ma‘lumotlarini qidirish va tizimlashtirishda kompyuter ensiklopediyalari, shu 
jumladan, lazerli disklarda (SD disklar) joylashgan multimediyali bazaviy 
ma‘lumotlar ham katta yordam beradi. 
4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va individual 
 matnini tayyorlash 
Matn ekskursiya xizmatitarkibiga kiruvchi barcha mavzuostilarni to‗liq yoritish 
uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar to‗plami hisoblanib, gid hikoyasini mavzu bo‗yicha 
yo‗nalishini ta‘minlashi, unda fakt va hodisalarga nisbatan aniq nuqtai nazarlar 
shakllangan bo‗lishi kerak. Matn quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
-
qisqa va lo‗ndaligi; 


43 
-
fikrlar aniqligi; 
-
mavzuga oid axborotlarning yetarliligi; 
-
mavzu to‗liq yoritilganligi; 
-
mavzu adabiy tilda berilishi kerak. 
Ekskursiya xizmatimatni ijodiy guruh tomonidan yangi mavzuni tayyorlashda 
tuziladi va nazorat funksiyasini bajaradi. Har bir gid o‗z hikoyasini ushbu matn 
asosida (asosiy matn) tayyorlaydi. 
Asosiy matndagi ma‘lumotlar ko‗p hollarda xronologik tartibdagi mazmunga 
ega bo‗ladi. Bu matn ekskursiyaxizmatining tartibini aks ettirmaydi va ekskursiya 
obyektlarini marshrutdagitahlil qilinishi ketma-ketligida ham tuzilmaydi. Asosiy 
matn turli manbalardan tanlab olingan ma‘lumot bo‗lib, ushbu mavzu bo‗yicha 
o‗tkaziladigan barcha ekskursiya xizmatlari uchun asos bo‗ladi. Asosiy matndagi 
holatlar va xulosalardan foydalanib, gid o‗zining individual matnini tuzadi. Asosiy 
matn ma‘lumotlaridanshu mavzudagi boshqa ekskursiyaxizmatlarini tayyorlashda, 
turli toifadagi ekskursantlar (bolalar va kattalar)xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
foydalanish mumkin.
Asosiy matnga gid hikoyalari uchun zarur bo‗ladigan ma‘lumotlardan tashqari, 
kirish so‗zi, ekskursiya mavzusi bo‗yicha xulosalar, mantiqiy o‗tishlar uchun 
ma‘lumotlar ham kiritilishi mumkin. Asosiy matn foydalanishga qulay bo‗lishi, 
sitatalar, raqamlar va misollar manbalari ko‗rsatilishi kerak.
Ekskursiya hikoyasining asosi gidning individual matni hisoblanib, u gidga 
hikoyani mantiqiy, aniq ketma-ketlikda tuzishga yordam beradi. Bunday matnni har 
bir gid o‗zi mustaqil tayyorlaydi.
Asosiy matnni tuzishda yuqori malakaga ega bo‗lgan gidlardan iborat ijodiy 
guruh jalb qilinadi, shuning uchun yangi ekskursiya xizmati mavzusini 
tayyorlayotgan gid undan oqilona foydalanishi kerak. O‗zi uchun yangi bo‗lgan 
ekskursiya mavzusini tayyorlayotgan gid ungacha butun bir jamoa mehnati bilan 
yaratilgan natijaga erisha olmaydi. Gid yangi mavzu ustida ishlashda dastlabki 
tayyorgarlikdan o‗tib bo‗lganidan so‗ng (ma‘lumotlarni yiish, o‗rganish va ishlov 
berish) asosiy matn bilan tanishadi. Bu jarayon unga hikoya uchun ma‘lumotlar va 


44 
mavzuostilarni yoritishda, misollar tanlashda, ekskursiya mavzusi bo‗yicha umumiy 
xulosalarga kelishga yordam beradi. Asosiy mantga o‗z vaqtida murojaat qilish 
boshlovchi gidni ekskursiya xizmatiga yuqori darajada tayyorgarligini ta‘minlaydi. 
Individual matn tuzayotgan gido‗z nutqidagi mantiqiylikni, ekskursantlarga 
hikoya 
va 
namoyishning 
uyunlikdagi 
ta‘sirini 
unutmasligi 
kerak. 
Ekskursantlargama‘lumotlarni jonli qilib yetkazish ko‗ngilochar harakatlarga 
aylanmasligi, maksimal o‗rganishvaminimal ko‗ngil ochish formulasigarioya etish 
zarurdir. Ekskursiya mavzusinitayyorlashjarayonidarivoyatlaralohidao‗rintutadi va 
ulardanme‘yorida foydalanishtalab etiladi. Mazmunan har ikki matn ham (asosiy va 
individual) bir- biriga mosdir. Agarda asosiy matn to‗ri tuzilsa, ushbu mavzudagi 
barcha gidlarning individual matnlarida «standartlar» mavjud bo‗ladi (mazmuni bir 
xil, tarixiy faktlar, voqealarni baholashda, faktlar va xulosalarda o‗xshashliklar 
kuzatiladi). 
Biror bir obyektni tahlil qilishda gidlar bitta narsani ko‗rsatadilar va hikoya 
qiladilar. Bu jarayonda asosiy matnning etalonligi seziladi, lekin bir xil mazmundagi 
matnda gid nutqning turli jilosidan foydalanishi, faktlar, raqamlar, misollarni turlicha 
ketma-ketlikda berish mumkin. Ekskursiya mavzusining individualligi uni olib 
borayotgan gidning hissiyotlilik darajasida namoyon bo‗ladi. Ular obyektning oldida 
turib hikoya va ko‗rsatishning turli usullarini qo‗llashlari, ma‘lum bir holatni turli 
misollar bilan yoritishlari mumkin. Matnni yozishda individuallik bo‗lishi 
maqsadlidir. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish