315
XXIII BOB.
MAHSULOT TANNARXINI REJALASHTIRISH.
Reja:
23.1.Mahsulot tannarxining mohiyati va ahamiyati.
23.2. Xarajatlarni moddalar bo`yicha turkumlash.
23.3. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kal`kulyatsiyalash.
Tayanch iboralar:
mahsulot tannarxi, kal`kulyatsiya, xarajatlar, foyda,
rentabellik, xarajatlar smetasi.
23.1. Mahsulot tannarxining mohiyati va ahamiyati
Tannarx, foyda va rentabellikni planlashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy
mablag`lardan ratsional foydalanish asosida ishlab chiqarishning samaradorligiga
erishishga qaratilgandir.
Rejada korxonannnt barcha bo`linma va zvenolarida
tejash rejimiga rioya
qilinishni, moddiy, mehnat, energetik va pul mablag`laridan yanada samaraliroq
foydalanishni ta`minlash, korxona ichida xo`jalik hisobini kuchaytirish,
mahsulot
tannarxini pasaytirish, rejalashtiriladigan yilda barcha tovar va realizatsiya
qilinadigan mahsulot turlari bo`yicha
mahsulot tannarxini, pasaytirish, ulgurji
baholarning to`g`ri o`rnatilishi uchun baza yaratish ko`zda tutiladi.
Tannarx, fonda va rentabellik rejani quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
A) mahsulot tannarxini pasaytirishni rejalashtirish;
B) mahsulot tannarxini kal`kulyatsiya qilish;
V) ishlab chiqarish harajatlari smetasi;
G) tovar realizatsiya qilinadigan mahsulot tannarxining hisobi;
D) korxona foydasi rejasi;
E) ishlab chiqarishning rentabelligi rejasi.
Tannarx, foyda va rentabellik rejasi 2 bosqichda ishlab chiqiladi.
1-bosqichda hisobot yili rejaning
bajarilishi analiz qilinadi, plan loyihasi
ishlab chiqiladi,
316
2-bosqichda rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi (direktiv ko`rsat-
kichlar olinadigan so`ng) va bu reja topshiriqlari korxona bo`linmalarga yetkaziladi.
Mahsulot tannarxi, Biron bir mahsulot ishlab
chiqarish va sotish uchun
ma`lum miqdorda xom ashyo va materiallar, mehnat va pul mablag`lari sarflanadi,
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq bo`lgan bu xarajatlarning, so`m
bilan ifodalangan yig`indisi mahsulot tannarxi deb ataladi. Mahsulot tannarxi - har,
bir ishlab chiqarish birlashmasining, korxonasining ishlab chiqarish faoliyatida eng
muhim iqtisodiy ko`rsatkichdir.
Asosiy va yordamchi materiallarni, yoqilg`i va energiyani sarflash bog`liqlik
kam bo`lsa, mehnat bog`liqlik ko`p tejalsa va asosiy fond bog`liqlik yaxshi
ishlatilsa mahsulot birligining
tannarxi shunchalik past, muayyan korxona uchun
ham, butun jamiyat uchun ham uni ishlab chiqarish shunchalik arzon bo`ladi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo`llari.
Mahsulot birligiga to`g`ri keladigan xom ashyo va materiallar sarfini
kamaytirish.
Elektr
energiya, yonilg`i, suv va hokazolar sarfini kamaytirish.
Tannarxdagi ish haqi ulushini kamaytirish.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni mukamallashtirish va boshqarish uchun
ketadigan sarflarni kamaytirish.
Ishlab chiqarish hajmini o`stirish natijasida tannarxni pasaytirish.
Ishlab chiqariladigan mahsulot sotishni yaxshilash natijasida xarajatlarni
kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: