O. T. A L a V i y a, s h. Q. Q o d I r o V a. N. Q o d I r o V, s h. H. H a m r o q u L o V e. H. H a L i L o V



Download 8,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/434
Sana16.03.2022
Hajmi8,79 Mb.
#496953
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   434
Bog'liq
Normal fiziologiya (Alaviya O.T.) - 2006 y.

7-rasm. 
Neyron va uning tarkibi.
A -nerv hujayrasi, akson, muskul: 1-sinaps, 2-neyron tanasi, 3-dendrit,
4-afferent tola, 5-akson, 6-miyelin qobig'i, 7-Ranv b o ‘g 'i g ‘1, 8-muskul,
9-motoneyron oxiri. B-nerv tolasining tuzilishi: 1-Shvann hujayrasi,
2-membrana, 3-mitoxonndriya, 4-neyrofibrillalar, 5-aksoplazma.
33


B a zo fil m odda (tig ro id m odda) -
naysim on tarkibga ega b o'lib, 
mayda donachalar bilan qoplangan. RNK saqlaydi va hujayrada 
oqsil komponentlarini sintezida ishtirok etadi. N eyronlarning uzoq 
vaqt q o 'z g 'a lis h i natijasida, hujayrada bazofil moddani zaxirasi 
tugaydi, bu o ‘z navbatida maxsus oqsillarning sintezini to'xtashiga 
olib keladi.
G olji apparati -
neyron organellasi bo'lib, yadroni to 'r kabi o'rab 
turadi. Golji apparati hujayrada neyresekretor va boshqa biologik 
faol moddalarning sintezida ishtirok etadi.
L iz o s o m a la r
v a u l a r n i n g
f e r m e n t l a r i -
n e y r o n d a a y r im
moddalarning gidrolizini ta'minlaydi.
Neyron p ig m en tla ri -
melonin va lipofussin o 'rta miyaning qora 
m o d d a s id a , a d a s h g a n n e rv n in g y a d r o la r id a va s im p a tik tizim 
hujayralarida joylashadi.
M itoxondriyalar -
neyronning energetik ehtiyojini ta'minlaydi. 
Ular hujayra ichi nafasida muhim ahamiyat kasb etadi. Neyronlar z o 'r 
berib ishlaganda ularning miqdori ortadi.
N e y ro tru b k a la r -
neyron som asiga kirib turib, axborotlarni 
saqlashda va uzatishda ishtirok etadi.
Neyron ya d ro si
- teshikli, ikki qavatli membrana bilan o'ralgan 
bo'ladi. Teshiklar orqali nukleoplazma va sitoplazmalar o'rtasida 
moddalar almashinuvi ro'y o b g a chiqadi.
Y a d ro d a g e n e t i k m a t e r i a l b o ' l i b , bu a p p a r a t h u j a y r a n i n g
shakllanishini, boshqa hujayralar bilan aloqasini ta'm inlaydi.
Yadrochada -
k o 'p miqdorda RNK bo'ladi va yupqa qavat DNK 
bilan qoplangan bo'ladi.
D endritlar
- neyronning asosiy qabul qiluvchi maydoni bo'lib, 
dendrit m embranasi va hujayra tanasining sinaptik qismi, elektr 
potensiali o'zg arish i bilan kechadigan nerv oxiridan ajraladigan 
mediatorlarga sezgirdir. Odatda, neyronda bir m uncha shoxlangan 
dendritlar bo'ladi. Bunday shoxlanishning ahamiyati shundan iboratki,. 
neyron axborot tizim bo'lganligi uchun axborotlar kirishi ko'p roq 
bo'lishini ta ’minlaydi.
v4£so«-neyronning o'sim tasi bo'lib, uning eng muhim funksiyasi 
dendritlar tomonidan yig'ilgan, tanasida qayta ishlangan va akson 
b o 'rtig 'i orqali o'tkaziladigan axborotlarni ishchi a'z olarga o'tkazib 
berishdan iboratdir. Har bir neyronda akson diametri doimiydir, akson 
oxiri tarmoqlangan bo'lib, bujoyda mitoxondriya va sekretor birikmalar 
ko 'p bo'ladi.
34


N eyron ко ‘rin ish la ri
: neyronning tuzilishi uning qanday vazifani 
bajarishiga bo g 'liq bo'ladi. Neyron tuzilishiga k o 'ra uch ko'rinishga 
bo'linadi: unipolyar, bipolyar va multipolyar.
Haqiqiy unipolyar neyronlar uch shoxlik nervning mezensefal 
y a d r o s i d a j o y l a s h a d i . Bu n e y r o n l a r c h a y n o v m u s k u l l a r i n i n g
proprioreseptiv sezuvchanligini ta'm inlaydi.
Bundan tashqari, psevdounipolyar neyronlami ham e ’tirof etadilar. 
Aslini olganda, bunday neyronning ikkita o'sim tasi bo'ladi (bittasi 
periferiyadan, ya'ni reseptordan kelsa, ikkinchisi markaziy nerv tizimida 
bo'ladi). Ikkala o 'sim ta hujayra tanasining oldida birlashib, bitta 
o'sim tani hosil qiladi. Ular og'riq, harorat, tashqi proprioreseptiv, 
baroreseptiv signallarni qabul qilishni ta'm inlaydi.
Bipolyar neyronlarda bitta akson va bitta dendrit bo'ladi. Bunday 
neyronlar asosan, ko'ruv, eshituv va hid biluv tuzilmalarining periferik 
qismlarida uchraydi.
Multipolyar neyronlarda bir nechta dendrit va bitta akson bo'ladi. 
Hozirgi kunda 60 dan ortiq multipolyar neyronlar turlari mavjud.
N eyronda m odda alm ashinuvi.
Nerv hujayrasiga kerakli oziq 
moddalar suvli eritmalar tarzida kirib, metabolitik mahsulotlar ham 
hujayradan suvli eritmalar tarzida ajratib chiqariladi.
Neyron oqsillari plastik va axborot maqsadlariga ishlatilsa, lipidlar 
esa energetik va plastik maqsadlarga sarflanadi.
Neyron karbonsuvlari asosiy energiya manbai bo' lib hisoblanadi. 
Glyukoza nerv hujayrasiga kirib, glikogenga aylanadi, kerakli vaqtda 
hujayrani o'zidagi fermentlar ta'sirida yana glyukozaga aylanadi, lekin 
glikogen zaxirasi neyronlarning butun energetik ehtiyojini qondira 
olmaydi, neyronlar uchun asosiy energiya manbai qondagi glyukoza 
bo'lib hisoblanadi.
Nerv to 'q im asid a kaliy, natriy, kalsiy va magniy tuzlari ko'p. 
Kationlardan K+, N a +, Mg+, C a+2 k o 'p uchrasa, anionlardan esa- Cl", 
H C O j k o ' p b o ' l a d i . B u l a r d a n t a s h q a r i n e y r o n l a r tu rli 
mikroelementlarga ham boy bo'ladi. Ularning biologik faolligi yuqori 
bo'lganligi sababli fermentlarni faollashtiradi. Mikroelementlarning 
miqdori neyronlar funksional holatiga bo g 'liq bo'ladi.
Energiya almashinuvi neyron tinch turganda va q o 'z g 'a lg a n d a
turlicha bo'ladi. Hujayradagi nafas koeffisentining ortishi bu narsani 
isbotlaydi, tinch holatda u 0,8 ga teng bo'lsa, neyron q o 'zg 'alg an d a 
u 1,0 ga teng bo'ladi. Q o 'z g 'a lis h paytida neyronning kislorodga 
e h t i y o j i 1 0 0 % ga o r t a d i , q o ' z g ' a l i s h d a n s o ' n g , n e y r o n
35


sitoplazmasidagi nuklein kislotalarning miqdori esa 5 marotabaga 
ozayib ketadi.
N e y r o n la r n in g s in fla n is h i:
1.A k s o n o x i r l a r i d a n a j r a t i b
chiqariladigan mediatorlariga ko‘ra neyronlar: xolinergik, peptidergik, 
n o r a d r e n a l i n e r g i k , d o f a m i n e r g i k va b o s h q a l a r g a b o M in ad i.
2 .T a ‘s ir la r n in g s e z u v c h a n lig ig a q a ra b m o n o -, bi-, p o lis e n s o r
neyronlarga boMinadi.
M o n o s e n s o r n e y r o n la r p o ' s t l o q n i n g b ir la m c h i p r o y e k s io n
sohalarida joylashgan boMib, ular faqat muayyan sensor tizimidagi 
signallarga jav o b beradi.
Bisensor neyronlar po‘stloqning ikkilamchi proyeksion sohalarida 
joylashib, ham o'zini ham boshqa sensor tizimidagi signallami qabul qiladi.
Polisensor neyronlar, ko'pincha miyaning assotsiativ sohasida 
joylashgan boMadi, ular eshituv, ko'ruv, hid biluv va boshqa reseptiv 
tizimlardan kelayotgan signallarga ja vob beradi.
N e y r o n la r f u n k s io n a l j i h a t d a n 3 tu rg a boMinadi: a ffe re n t, 
interneyron (oraliq) va efferent. Birinchisi markaziy nerv tizimining 
yuqori tizimlariga axborotni o ‘tkazib tursa, ikkinchisi markaziy nerv 
tiz im id a n e y r o n la r o ra sid a g i o ‘zaro m u n o s a b a tn i ta 'm i n l a y d i , 
uchinchisi esa markaziy nerv tizimi (MNT)ning quyi tizimlariga, MNT 
dan tash q a rid a jo y la s h g a n nerv tu g u n la rg a va ishchi a 'z o la r g a
axborotlarni yetkazib turadi. Afferent neyronlar funksiyasi reseptorlar 
funksiyasi bilan o'zaro bog'langan bo'ladi.
Reseptorlar. Reseptor va generator potensiallar.
Ta'sirlarni qabul 
qiladigan nerv oxirlari yoki tashqi muhitdagi muayyan o'zgarishlarga 
r e a k s iy a k o 'r s a t a d i g a n ix tis o s la s h g a n t u z ilm a la r i 
r e s e p to r la r
hisoblanadi. Reseptorlar adekvat ta'sirlovchilarga nisbatan o 'ta sezgir 
b o 'la d i. Ular 4 g u ru h g a boMinadi: m exano-, term o-, xemo- va 
fotoreseptorlarga. Reseptor potensiali reseptor ta'sirlanganda uning 
membranasining depolyarizasiyaga uchrashi va o'tkazuvchanligining 
ortishi natijasida yuzaga chiqadi.
Yuzaga chiqqan reseptor ponetsiali 
g en e ra to r p o te n sia li
hosil 
bo'ladigan joy, akson b o 'rtig 'ig a elektrotonik tarqaladi. Generator 
potensialni akson b o 'rtig 'id a hosil bo'lishiga sabab, neyronning shu 
qismi boshqa qism larid an q o 'z g 'a lu v c h a n lig in in g yuqoriligi va 
q o 'z g 'a lish b o 's a g 'a s i pastligidadir. Generator potensiallarni hosil 
bo'lishi nerv impulsini hosil qiladi.
Afferent, inter - va efferent neyronlar. A fferent neyronlar
axborotni 
qabul qiluvchi bo'lib, tarmoqlangan to'r hosil qilib turadi. Orqa miyaning
36


orqa sohasidagi shoxlarida joylashgan afferent sezuvchi neyronlar, 
maydaroq o ‘lchamda, lekin dentrit o'simtalariga boy bo'ladi, oldingi 
shoxlarda jo y lash g an
efferent
neyronlarning somasi esa kattaroq 
o'lchamda, biroq dendritlarining soni oz va kam tarmoqlangan bo'ladi.
г 

Download 8,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish