3.
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi
Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan barcha
mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo’llab-quvvatlash davlat
jamg’armalari tashkil etiladi. Jamg’armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari
194
va xarajat yo’nalishlari har bir alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatidan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo’llab-
quvvatlash jamg’armasi maqsadli xususiyatga ega bo’lib, davlat tasarrufi va uning
joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi.
“O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat
jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil 31-dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror
jamg’arma daromadlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini
muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat bo’lib hisoblandi. Davr o’tishi bilan va
bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-
bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat
jamg’armasiga ham mos ravishda ijobiy o’zgarishlar hamda qo’shimchalar
kiritilib borildi.
1998-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi
to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga
tatbiq etilishi Bandlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining mavqeini yanada
kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi
kafolati deb nomlanishining o’ziyoq jamg’armani yanada takomillashtirishga,
resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi
mablag’larini shakllantirish va foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizomni
tasdiqlash bo’yicha 173-sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi
bandligi to’g’risida” va “Byudjet tizimi to’g’risida”gi (hozirgi kunda ushbu
Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul qilinishi
munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab chiqildi.
2016-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 117-sonli Qarori qabul qilinib, unga ko’ra “O‘zbekiston
Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi
hamda unga muvofiq jamg’armaning mablag’larini shakllantirish va ulardan
foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi.
2017-yil
24-may
kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3001-sonli Qarori qabul qilindi va
unda
O‘zbekiston
Respublikasi
Bandlikka
ko’maklashish
davlat
jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari va mablag’larini sarflashning
asosiy yo’nalishlari qayd etildi.
195
Do'stlaringiz bilan baham: |