O’rganilayotgan obyekt haqida ma’lumotlar yetarli bo’lmaganda yanada
murakkabroq holat yuz beradi. Bu holda gipoteza xarakteriga ega bo’lgan
qo’shimcha farazlar kiritishga to’g’ri keladi. Bu gipotetik modelni tadqiq
qilishdan olingan natijalar o’rganilayotgan obyekt uchun shartli xarakterga ega.
Ularning o’rinliligi boshlang’ich farazlar qanchalik to’g’ri ekaniga bog’liq. Ularni
tekshirish uchun modelni tadqiqot qilish natijalarini o’rganilayotgan obyekt
haqidagi barcha ma’lumotlar bilan taqqoslash lozim. Hisoblab topilgan va
eksperimental ma’lumotlarning yaqinlik darajasi gipotetik modelning sifati
haqida, boshlang’ich farazlarning to’g’riligi yoki xatoligi haqida fikr yuritishga
imkon beradi. Shunday qilib, qandaydir matematik modelni qaralayotgan
obyektni o’rganishga tatbiq etish masalasi oddiy matematik masala emas va uni
matematik metodlar yordamida hal etib bo’lmaydi. Haqiqatning asosiy kriteriysi
eng keng ma’noda eksperiment, amaliyotdir. Amaliyot kriteriysi barcha gipotetik
modellarni o’zaro taqqoslash va ular ichidan eng soddasini, shu bilan birga, talab
etilgan
aniqlikda
o’rganilayotgay
obyektning
xossalarini
to’g’ri
akslantiradiganini ajratib olish imkonini beradi.
Bu mulohazalarni tushuntirish uchun katapulta tashlagan tosh harakati
trayektoriyasi mzsalzsiga qaytamiz va uning tahlilini davom ettiramiz. Biz 1§ da
tosh harakatining to’rtta soddalashtiruvchi farazga asoslangan matematik
modelini qurdik va otilish uzoqligi uchun (4) formulani chiqardik. Endi bu
formulaning aniqligini baholashimiz, uning qo’llanilish chegaralarini topishimiz
lozim. Bunday tahlil uchun muzeydan olingan yoki eski chizmalar bo’yicha
tiklangan katapulta bilan to’g’ridanto’g’ri eksperiment qilishimiz shart emas.
Bizni qiziqtirgan savollar bo’yicha ko’pdan-ko’p eksperimental va nazariy
material to’rejagan, faqat ulardan qo’yilgan masalaning tahlilida ustalik bilan
foydalanish lozim.
Tosh
harakatining
matematik
modelini
quryshda
asoslanilgan
soddalashtiruvchi farazlarni yana bir marta o’qib chiqing hamda ularning
ma’nosini o’ylab ko’ring. Katapulta toshlarni 100 m masofaga otishi mumkin
deylik, bunda u toshlarga 30 m/s ga yaqin boshlang’ich tezlik berishi lozim.
Shunda tosh 20-30 m balandlikka ko’tariladi va havoda 5 s ga yaqin bo’ladi. Shu
shartlar bajarilganda birinchi uchta faraz o’zini oqlaydi va biz havoning ta’siri
haqidagi to’rtinchi shartni tahlil qilishimiz kerak. Havoda harakat qilayotgan har
bir jismga havo biror
Do'stlaringiz bilan baham: