e-qaror.gov.uz 13.03.2022 2 Davlat dasturining yil yakuni ijro etilishi nazarda tutilgan tadbirlarning
sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini tizimli monitoring qilish;
aholini koronavirusga qarshi profilaktik emlash uchun ajratilayotgan davlat
budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda
bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilib borish
imkonini beradigan shaffof tizimni yaratish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;
“Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarda yo‘l-transport, muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma
obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etish;
shahardagi ijtimoiy soha obyektlarini, ko‘p qavatli uylar, shuningdek, yakka
tartibdagi uy-joylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash, xonadonlar va boshqa
obyektlarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz mahsulotlarini kafolatli yetkazib
berish, bu borada yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash
qoidalariga rioya etilishini tashkillashtirish va nazorat qilish;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar
va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni ish bilan ta’minlash hamda shu
maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va shaffof
yetkazilishini ta’minlash;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat
faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini samarali
himoya qilish hamda ularning oila a’zolari holidan muntazam xabar olib turish
choralarini kuchaytirish;
aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan
kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Sirdaryo viloyati
tajribasini shahar hududiga ham izchillik bilan tatbiq etish ishlarini jadallashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga
yuborilayotgan deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida va asoslantirilgan javob
berilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirilsin.
3. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlariga:
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va
ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Davlat dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning samarali ijro etilishi