6.3-rasm. Marketing nazoratining asosiy vazifalari
Yopiq nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vaqilini to‗g‗ri
aralashuvsiz reja va haqiqiy ko‗rsatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovka
qilish amalga oshiriladi.
Ochiq nazorat tizimida esa aniq ko‗rsatkichlarni kiritilayotgan korrektirovkasini
baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-menejment guruhini
vaqilini faol qatnashishi ko‗zda tutiladi.
6.5. Marketing dasturi haqida tushuncha
Marketing dasturi (biznes reja) tor ma‘noda korxonaning bozorda aniq faoliyat
ko‗rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi keng ma‘noda esa korxona
imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‗naltirilgan tahlil, rejalashtirish
va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir
yilgacha), o‗rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan
Marketing bo‘limi
faoliyat natijalarini
nazorat qilish
Marketing chora-
tadbirlari natijalarini
nazorat qilish
Marketing nuqtai
nazaridan aralash
bulinmalar faoliyat
natijalarini nazorat
qilish
Marketing xizmati
xodimlari faoliyatini
nazorat qilish
Taksimlash tizimida
faoliyat natijalarini
nazorat qilish
Marketing-miks
samaradorligini
nazorat qilish
Tashqi muhit
omillari nazorati
Firmada marketing
potentsiali tavsiflari
nazorati
Marketing
nazorati
104
ko‗proq) bo‗ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga
mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‗jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish
uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‗g‗ini uchun qaror qabul
qilishni asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonani o‗tgan
davrdagi faoliyat natijalari bo‗lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili
va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik
yo‗li, tovar, narx, sotish va rag‗batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini,
marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari
samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‗yicha
nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‗z
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo‗lsada,
kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko‗riladi. Firmalar
faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv
bo‗g‗ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash)
darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo‗nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o‗z
holatini bog‗ligiga qarab o‗z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentasiyalash, hujum
va himoya strategiyalari bo‗lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko‗p variantlilik tamoyillari ishlatiladi.
Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki
yoki uch, ya‘ni minimal, optimal va maksimal turlari bo‗ladi. Dasturni minimal
varianti, dasturni og‗ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa
yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko‗zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari
marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda
haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psihologik samarani olishni
maqsad qilib erishadi. SHuningdek dasturni o‗rtacha yoki optimal variantlari keng
tarqalgan.
105
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‗nalishiga qarab marketing
dasturi yuqori va pastki bo‗g‗in uchun bo‗lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo‗g‗in
uchun bo‗lsa, u qisqa va lo‗nda tuzilgan bo‗lishi lozim. Chunki unda muhim
tomonlari ajratib ko‗rsatiladi pastki bo‗g‗in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir
savollar yoritilib beriladi. Quyidagi 6.4 – rasmda marketing majmui dasturi jarayoni
keltirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |