Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Nazorat va mulohaza savollari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/172
Sana16.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#493924
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   172
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

 
Nazorat va mulohaza savollari 
1.
Talabni shakllantirish va sotuvni rag‗batlantirish deganda nimani tushunasiz? 
2.
Sotuvchilarga ta‘sir etish uslublarini qanday turlarini bilasiz? 
3.
Xaridorlarga ta‘sir etish uslublari qanday? 
4.
Marketingda kommunikatsiya siyosatining o‗rni qanday? 
5.
Kommunikatsiyaning asosiy vositalariga nimalar kiradi? 
6.
Marketing kommunikatsiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering. 
7.
Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
8.
Qanday integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyasi usullarini bilasiz? 
9.
Marketing kommunikatsiyalari kompleksini qanday asosiy tamoyillarini 
bilasiz? 
10.
Reklamaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
 


218 
13-BOB. RAQOBAT VA RAQOBATBARDOSHLIK 
 
13.1.Raqobat tushunchasi va mohiyati 
 
Raqobat 
– erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo‗lagidir.
 
Raqobat so‗zi lotinchadan olingan bo‗lib, maqsadga erishish uchun kurashni 
bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan 
iborat.
Raqobat 
– mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o‗rtasida tovarlarni 
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman 
iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko‗p qirrali 
iqtisodiy hodisa bo‗lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o‗rtasidagi murakkab 
munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar o‗rtasidagi raqobat 
o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish 
uchun amalga oshiriladi.
Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki uning qonunidir. Raqobat 
bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining eng muhim belgisi, 
rivojlantirish usuli hisoblanadi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) 
o‗rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda 
keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustahkamlash 
uchun kurashdan iborat.
Raqobat bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashishidan iborat 
bo‗lib, ular o‗rtasidagi yuqori foyda va ko‗proq naflikka ega bo‗lish uchun 
kurashishni anglatadi. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish natijasida 
nafaqat ichki ozorda, balki tashqi bozorlarda harakat qilish, raqobat muhitini 
shakllantirish, raqobatda ustunlikka erishish mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Raqobat to‗g‗risidagi‖ Qonuni Qonunchilik 
palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 5 
dekabrda ma‘qullangan bo‗lib 2012 yil 6 yanvardan boshlab kuchga kirdi.


219 
Bu qonunda raqobat quyidagicha ta‘riflangan. 
Raqobat
– xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‗lib, bunda ularning mustaqil 
harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining 
umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini 
istisno etadi yoki cheklaydi.
Mamlakatimizda qabul qilingan ―Raqobat to‗g‗risida‖gi qonun ayni shu 
jihatdan muhim ahamiyatga molik hujjatdir. Qonunning asosiy maqsadi tovar va 
moliya bozorlaridagi raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat
17

Qonunning mazmun-mohiyati shu bilan izohlanadiki, unda tovar va moliya 
bozorlaridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, 
insofsiz raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining g‗ayriqonuniy harakatlariga yo‗l qo‗ymaslikka qaratilgan 
raqobatga doir davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan. 
Qonunda raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlashning huquqiy normalari belgilangan 
bo‗lib, bunda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustun mavqeini suiste‘mol qilish, 
raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini tuzish, shuningdek, 
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari 
(harakatlari) hamda insofsiz raqobat taqiqlangan. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish