22
— Chanishev! Ayb senda-da bo‘lmadi, ayb menda-da bo‘lmadi. Bari Xudodan bo‘ldi! Chanishev!
Sendan tilayajak bir tilagim bor. Ana shu tilagimni bajo keltir. Ana shunda, sen-da bola-baqrang oldiga
borasan, men-da bola-baqram oldida qolaman.
— Ayt, ayt qani?
— Sen oldin, bajo keltiraman, deya so‘z ber. Ana undan keyin aytaman.
— So‘z beraman! Ana, endi ayt.
— Chanishev! Meni mana shu yerda ot!
— Qaerda-qaerda?
Otamiz o‘ng oyog‘i bilan yer tepib-er tepib aytadi:
— Mana! Mana shu yerda ot!
Qizillar bir-biroviga qarab-qarab oladi. Qizillar kalla chayqab-kalla chayqab oladi.
— Chanishev! — deydi otamiz. — Men o‘zbakman, o‘zbak! O‘zbak qaerda tavallud topadi — ana
o‘sha yerda umr kechiradi! Chanishev! Baliq jannatmakon sohilda bo‘lsa-da, o‘lib qoladi. Balchiqdan-
balchiq suv bo‘lsa-da, tashlab yuborsa bo‘ldi — tag‘in tiriladi-qoladi. Chanishev! O‘zbak-da ana
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
shunday! O‘zbakka jannatmakon-da tatimaydi. O‘zbak jannatmakonda-da o‘z el-yurtini qo‘msab-
qo‘msab ado bo‘ladi. O‘zbak jannatmakondai do‘zaxmakon paxtazorini qo‘msab-qo‘msab qaytib
keladi.
— Xo‘p, boraylik qani.
— Chanishev! O‘zbak qaerda tavallud topadi — ana o‘sha yerda o‘ladi! O‘zbak o‘z el-yurtida
o‘ladi! O‘zbak o‘z o‘lan-to‘shagida o‘ladi! O‘zbak — ana shunday o‘zbak!
— O‘limga mahkum uchun yerni farqi nima, tuzemets, — deydi Uspenskiy.
— O‘ris! Chin, sen uchun farqi yo‘q, chin. Qaerda xushhavo tabiat bo‘ladi — o‘sha yer o‘ris uchun
yurt bo‘ladi. Qaerda qorni to‘yadi — o‘sha yer o‘ris uchun yurt bo‘ladi. O‘ris — ana shunday o‘ris!
— El-yurt, el-yurt deysan, o‘zi, O‘zbakiyada seni ko‘mish uchun el-yurt qoldimi? — deya hiring-
hiring kuladi Uspenskiy. — Ikki milyon bosmachi qirib tashlandi, deyishayotib edimi, Rudzutak?
— Shunday, ikki milyon bosmachi qirib tashlandi, shunday, — deydi Rudzutak.
— Ana, ikki milyon el-yurting asfalosofilinga safar qilibdi.
— Topiladi! — deydi otamiz. — Bir meni o‘rab-chirmab ko‘majak el topiladi. O‘zbak elini qirib
ado etolmaysan. O‘zbak eli — katta el.
— Hali tag‘in qiramiz! — deydi Kolesov.
— Asfalosofilinda turkiy tuzemetslar uchun tag‘in milyonta joy tayinlab qo‘ydik, — deydi
Uspenskiy.
— O‘ris! Sen ana shunday o‘lasan! O‘ris qaerda o‘ladi — o‘ligi o‘sha yerda qoladi. O‘ris uchun
o‘lar yeri mozor bo‘ladi. Mozoriga bir xochcho‘p qadab ketadi — bo‘ldi! O‘ris! O‘zbak qaerda o‘ladi
— o‘ligini o‘z el-yurtiga olib keladi. O‘zbak o‘ligini o‘z qiblagohiga ko‘madi. O‘zbak o‘ligini o‘z
bosh-tojiga ko‘madi. Shu bois, o‘zbaki qabriston qiblagohda bo‘ladi!
— Xo‘p, oldin boraylik, bir gap bo‘lar, — deydi Chanishev.
— Chanishev! Sen meni O‘rusiyaga olib borasan-da — paqillatab otib tashlaysan. Qaysi bir o‘raga
kafansiz ko‘mib tashlaysan. Vatan gadosi — kafan gadosi bo‘lib o‘laman. Kafansiz o‘ligimni kim el-
yurtimga olib kelib ko‘madi? Kafansiz o‘ligim it o‘likdayin O‘rusiyada qolib ketadi! Ana undan keyin,
bola-baqram meni qaerlardan yo‘qlab yig‘laydi? Bola-baqram qaerlarga borib otamlab yig‘laydi? Bola-
baqram qaysi mozorim boshiga borib yyg‘laydi? Bola-baqram ulug‘ ayyom kunlarda qaysi mozorimga
chiroq qo‘yadi? Shunday ekan, otarman bo‘lsang, mana, ko‘krak — ot! Lekin — o‘z el-yurtimda ot!
Shahid bo‘lsam — o‘z el-yurtimda shahid bo‘layin! Shahidimni o‘z el-yurtim ko‘msin!
Ana shunda Chanishev otini qayiradi. Otamiz bilan muqobil bo‘ladi. Chanishev mulzam bo‘ladi!
— Aqrab qo‘rboshi, — deydi sokin-sokin. — Men seni bir yo‘lto‘sar deb eshitib edim. Bir
kallakesar deb eshitib edim. Bir vahshiy deb eshitib edim. Inchunun, o‘g‘riyam deb eshitib edim! Seni
mana endi bildim. Aqrab qo‘rboshi, sen asl jigit ekansan, asl jigit!
Chanishev sukut oladi.
— Aqrab qo‘rboshi, — deydi. — Ixtiyor menda bo‘lsa edi, men seni hoziroq ozod etar edim.
Ixtiyor menda bo‘lsa edi, men seni o‘zimga o‘rinbosar qilib olar edim. Ming afsus! Aqrab qo‘rboshi,
men — polkovnik Chanishev, davlat arbobi Kuybishev oldida otdan tushmadim, men — polkovnik
Chanishev, buyuk sarkarda Frunze oldida otdan tushmadim. Aqrab qo‘rboshi, men — polkovnik
Chanishev, Aqrab jigit oldida otdan tushaman!
Chanishev shunday deya, vazmin-vazmin otdan tushadi.
Bir qo‘lida yugan Chanishev otamiz qoshida bosh epib-bosh egib turadi.
— Jigit!.. — deydi Chanishev.
— Chanishev! Bir qadam-da bosmayman! Men mana shu el-yurtda jon beraman!
— Juda bo‘lmasa, Yurchigachayin boraylik, jigit?
— Chanishev! Oshingni yesa-da, mard yesin, boshingni yesa-da, mard yesin! Mana, ko‘krak —
ma!
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |