31
Philosophy and life / ¹ 1 (12) 2021
Xalqaro miqyosda Yer Xartiyasi ekologik boshqaruvni tashkil etishda
katta rol oynadi. Xartiya jahon jamoatchiligiga: shaxs-jamiyat-davlat tizimi
munosabatlarini boshqarishning ijtimoiy va ekologik yonaltirilgan zamonaviy
demokratik modeli sifatida taqdim etildi. Xartiya manifesti ozining aniq global
mafkuraviy pozitsiyasiga kora: mahalliy, milliy, mintaqaviy, global darajalarda
barqaror turmush tarziga ega yangi universal barqaror global jamiyat
tuzishni asosiy maqsad qilib belgilagan. Maqsad goyat jozibador bolsa ham,
uning tarafdorlaridan muholiflari kuchli bolib chiqdi. Natijada, hujjatni
qabul qilishga ikki marta urinish samarasiz boldi. Bunga, 1992 yilda Rio-de-
Janeyro konferensiyasi qatnashchilarini Xartiyaning ochiq globalizmni
targib qilishlari va milliy manfaatlarnini chegaralashlari asosiy sabab boldi.
Natijada, mutasaddi tashkilotchilar tor doiralarda norasmiy otkazilgan
maslahatlaridan keyin, uni qabul qilish masalasini uchinchi marta ovozga
qoyishga jurat qila olmadilar. Barqaror taraqqiyot konsepsiyasining ilgari
surilishi esa ekologik muammolarni bartaraf etishga xizmat qildi.
Barqaror taraqqiyot konsepsiyasining nazariy asosi, dastlab Italiyalik yirik
biznesmen va siyosatshunos A.Pechchei tomonidan 1969 yilda jamoatchilik
asosida tuzilgan Rim klubi tomonidan kun tartibiga qoyilgan edi. Aynan,
A.Pechchei 1965 yili Buenos-Ayresdagi Milliy harbiy litseyda oqigan: 70-
yillarning hozirgi dunyoga davatlari
1
maruzasida oz global rejasini ilgari
surgan. Rim klubining asosiy oziga xosligi uning nodavlat, yani xususiy
xarakterda ekanligidir. Yani jahon davlatlari hokimiyatini global oligarxiyaning
xususiy hokimiyati bilan almashtirish jarayoni klub tomonidan oldindan
bashorat qilinayotgan futurologik talimot sifatida elon qilinishi, keng ilmiy
jamoatchilikni qamrab olgan edi. Shu jumladan, A.Pechcheining global
rejasini amalga oshirishga, yani Rim klubi faoliyatiga oz vaqtida SSSRdan
qator yirik olimlar ham jalb etildi. Rim klubi azolari tomondan elon qilingan
barcha dokladlar mazmuni, ilmiy va amaliy ahamiyati haqida juda koplab
adabiyotlar nashr etilgan. Shu sababli ular haqida batafsil toxtalishga ehtiyoj
yoq. Ammo 1976 yili gollandiyalik iqtisodchi olim Ya.Tinbergen tomonidan
yozilib, elon qilingan Rim klubining tortinchi dokladi Xalqaro tartibotni
qayta korib chiqish nomli asaridagi global barqaror taraqqiyot haqidagi
fikrlarni ekologik barqaror taraqqiyot kontekstida korib chiqish, boshqa:
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda barqaror taraqqiyotni ilmiy bilish va
futurologik bashoratlari uchun muhim metodologik ahamiyatga ega.
Y.Tinbergenning fikricha, hozir mavjud xalqaro tartibotda davlatlar qolida
boshqarilishi qiyin bolgan qudratli hokimiyat konsentrlashgan va bu holat,
butun insoniyat nuqtai nazaridan nomaqbul ish deb hisoblanishi kerak. Buning
1 https://www.globalistika.ru/rimskij-klub
Do'stlaringiz bilan baham: |