psixoanaliz bilan birga sistematik desensibilizatsiya, oʼziga ishonch treningi,
aversiv va
operant holat kabi tushunchalarga keng oʼrin beriladigan hulqiy terapiyani ham
oʼrganmokdalar. Bundan tashkari, psixologik dasturda soʼzlashuv psixoterapiyasiga katta
ahamiyat berilmokda. Bunday holat amalda har qanday davolash metodini,
shu jumladan
nopsixoanalitik metodlarni ham tanlash imkonini beradi. Biroq, koʼplab psixologlar avval
hulqiy yoki soʼzlashuv terapiyasini qoʼllab koʼrib, natijadan qonikmay psixoanalizga
oʼtishga qaror qiladilar. Vujudga kelgan vaziyat psixoanaliz va davolashning psixoanalitik
metodlariga yangicha koʼz bilan qarashni taqozo qiladi. Shuning uchun avval xulqiy va
soʼzlashuv terapiyasini koʼrib chiqib, soʼng ularni psixoanaliz bilan taqqoslaymiz.
HULKIY TERАPIYa. Hulkiy terapiyaga eksperimental oʼrganish nazariyasi asos
boʼlib xizmat qiladi. Vaqt oʼtishi bilan xulqiy terapiya tushunchasi takomillashdi, hozirda u
mohiyatan mantiqiy, lekin munozarali boʼlgan turli amaliy davolash metodlarini oʼz ichiga
oladi. Ushbu terapiyaning muhim shartlaridan biri davolash
natijalarini eksperiment
vositasida qayta obʼektiv tekshirish boʼlib, bu holat uni psixologiyaning tabiiy ilmiy
boʼlimiga qushish imkonini beradi, bu boʼlimning ajratib turuvchi belgisi esa, umumiy
qonuniyatlarni konkret individga nisbatan qoʼllashdir.
Psixik buzilish modellashtiriladi va oddiy yul bilan: istak-reaktsiya sxemasiga amal
qilinib, laboratoriya sharoitida bartaraf etiladi. Shuning
uchun ham hulqiy terapiyani
oʼrganish oson. Masalan. fobiya — xulk terapiyasiga koʼra, odamga xavf soluvchi vaziyat
oqibatida vujudga kelgan patologik shartli reaktsiyadir, bunda fantaziyalar, siqib
chikarilgan mayllar va himoya mexanizmlari inobatga olinmaydi. Buzilish sababini
bolalikdan emas, patsientning hozirgi hayotidan qidiriladi. Qurquvga sabab boʼluvchi
obʼektning ehtimol tutilgan ramziy ahamiyatiga hech kanday eʼtibor
berilmaydi, unga QURQUV uygʼotuvchi
sifatida qaraladi, qolgan narsalar esa asabiy
qoʼzgʼolishnish oqibati deb hisoblanadi. Bunda hulqiy terapiyaning maqsadi patsientning
noadekvat hulqini adekvat hulq,bilan almashtirishdir. Psixoanaliz hulqiy terapiyadan farq
qilib, ongsiz psixik jarayonlarga katta ahamiyat beradi. Psixoanalizning
tadkikot predmeti
insondir, shuning uchun psixoanalizning hamma terapevtik usullari murakkab va nozik
boʼlgan psixoanalitik shaxs nazariyasi asosiga koʼriladi. Jiddiy tafovutlarga qaramay, hulqiy
terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasida koʼpgina umumiylik bor. Ikkala metod ham oddiy
boʼlmagan psixik fenomenlarni izohlashga yunaltirilgan va ijtimoiy munosabaglarni
sogʼlomlashtirishga katta eʼtibor beradi, har ikkala metod ham tadqiqot jarayonida paydo
boʼladigan xatolarning muqarrarligini tan oladi hamda zaruriy shart sifatida maʼlumotlarni
qayta tekshirishni qabul qiladi. Shuni ham tan olish kerakki, maʼlumotlarni qayta tekshirish
psixoanalizda fakat keyingi vaqtlardagina inobatga olina boshladi. Koʼplab psixoanalitiklar,
xususan Gans-Folker Vertmann hulqiy terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasidagi
keskin farqni
koʼrsatib beradi, lekin hozir har ikkala metodni sintez qilish tarafdorlari ham koʼpayib
bormokda. Rayner Krauze tomonidan taklif qilingan bu ikki metod duduqlikni davolashda
yaxshi samara bermoqda. Psixolog Eva Eggi hulqiy terapiya asosida ishlab chiqilgan
kognitiv terapiya doirasidagi psixik buzilishlarni faqat oʼziga xos “tafakkur xatolari» gina
emas, shu bilan birga irratsional fikrlar va patsient tomonidan anglanmaydigan, ichki
ziddiyatlar oqibati deb biladi. E. Xand hulqiy terapiya bilan psixoanaliz oʼrtasida
yanada
koʼprok oʼxshashlikni taʼkidlaydi. U alohida inson ehtiyojlari, funktsiyalari, motivatsiyalari
va hulqiy buzilishlarni izchil tadqiq qilib, ahamiyati terapiya jarayonida namoyon boʼluvchi
ongli va “ongli boʼlmagan” funktsiyalarni farqdaydi. Paulь Vaxtelь oʼzining “Psixoanaliz
va hulqiy terapiya, ular integratsiyasi himoyasi uchun soʼz” kitobida psixoanalitik
“konstruktsiya” ni tan olishdan qoʼrqmasligini taʼkidlagan. Mazkur kitobida u fobiyalar
paydo boʼlishining kuchsiz hulqiy terapiya nazariyasi bilan psixoanalizni koʼplab
munosabatlarda sintezlab, hulqiy terapiyaga qoʼrquvni keltirib chiqaruvchi obʼektning
ongsiz ahamiyati tushunchasini kiritadi. Psixoanalitiklar
shuni ham hisobga olishlari
zarurki, hulqiy terapiya ham amaliyotda oʼzini oqdaydi va ongsizlik buzilishining
aniqlanishi duduqdanishdan aziyat chekadigan bemorlarni davolashda yordam bermagan
taqdirda bunday bemorni hech ikkilanmasdan hulqiy terapiya bilan shugʼullanadigan
psixolog huzuriga yullash kerak. Hamkorlikning bunday koʼrinishi foyda berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: